Pedagogik texnika

Pedagogik texnika

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogik texnika - rasmi

Material tavsifi

1 Pedagogik texnika Pedagogik texnika - o'qituvchining nafaqat ta'lim-tarbiya jarayo­nida, balki butun kasbiy faoliyatida zarur bo'lgan umumiy pedagogik bilim va malakalari majmuidir. 1. Pedagogik texnika haqida tushuncha 2 Pedagogik texnikaning muhim jihatlari - bu avvalo o'qituvchining mahoratini belgilovchi kasbiy ko'nikmalari hisoblanadi, ya'ni uning savodli va ifodali so'zlay olishi, o'z fikr-mulo­hazasini va bilimini tushunarli tilda ta'sirchan bayon qilishi, his-tuy­g'u­sini jilovlay olishi, o'zining shaxsiy xususiyatlariga xos mimik va panto­mimik qobiliyatlarga ega bo'lishi, aniq imo-ishora, ma'noli qarash, rag'batlantiruvchi yoki istehzoli tabassum, so'zning cheksiz qudrati orqa­li o'quvchilar ongiga va tafakkuriga ta'sir o'tkazishi, hozirjavoblik, psixologik bilimlarga ega bo'lishi kabilardir. 3 2. Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari. 4 Pedagogik texnikaning tarkibiy elementlari Hozirgi kunda pedagogik texnika tushunchasi ikkita guruhga bo'lib o'rganiladi. Birinchi guruh komponentlari o'qituvchining shaxsiy axloqiy fazilatlari va xulqi bilan bog'liq bo'lib, ta'lim-tarbiya jarayonida o'z-o'zini boshqarish malakalarida ikkinchi guruh komponentlari o'qituvchining shaxs va jamoaga ta'sir ko'rsatish malakalari bilan bog'liq bo'lib, bu guruh ta'lim-tarbiya jarayonining texnologik tomonini qamrab oladi: 2. Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari. 5 6 7 O'qituvchining tashqi ko'rinishida, pedagogik texnikasi tizimidagi mimik, pantomimik holatlar muhim ahamiyatga ega. 8 9 Pantomimika - bu gavda, qo'l va oyoqlarning harakatidir. U asosiy firkni ajratib ko'rsatishga imkon beradi. O'qituvchi o'z gavdasi, qo'li, oyoq harakatlarining holati orqali har qanday pedagogik ma'­lu­motlarning obrazini chiza olsa, o'quvchilar bundan zavq­lana­dilar, ular ichki his-tuyg'ulari, tashqi hissiyotlari bilan qo'shilib butun ongini o'quv materiallari mazmunini o'zlashtirishga qaratadilar. Mimika - yuz muskullari orqali o'z sezgisi, fikri, kayfiyatini ifodalashdir. O'qituvchining yuz ifodasi va qarashi ba'zan o'quvchilarga so'zdan ham qattiqroq ta'sir ko'rsatadi. Mimika axborotning xususiy ahamiyatini oshiradi, uni puxtaroq o'zlashtirilishini ta'minlaydi. O'quvchilar o'qituvchi kayfiyati va munosabatini uning yuzidan uqib oladilar. 10 tаbаssum bilаn bir pаytdа pаstki qоvоqlаrning ko'tаrilmаsligi - sаmimiyatsizlik; tаbаssum bilаn bir pаytdа ko'zlаrning оlаyishi-qo'rqitish. 11 Оdаmning ichki kеchinmаlаri hаqidа eng to'g'ri mа'lumоtni ko'zlаr nаmоyon qilаdi: ko'zning оdаtiy ifоdаsidаgi o'zgаrish; ko'zlаrning bеiхtiyor hаrаkаtlаri - hаyajоn, оriyat, yolg'оn, qo'rquv, аsаbiylаshuv; yonib turgаn nigоh - qizishish; qоtib qоlgаn nigоh - o'ygа cho'kkаnlik yoki hоlsizlik; qоrаchig'lаrning kаttаrishi qiziqish vа qаbul qilinаyotgаn ахbоrоtdаn, аtrоfdаgilаrdаn, tаоmdаn vа bоshqа shungа o'хshаsh оmillаrdаn qоniqish his etаyotgаnligi yoki qаttiq оg'riq: mа'lum dоri-dаrmоn yoki nаrkоtik qаbul qilgаnligi; qоrаchiqlаrning kichrаyishi - g'аzаblаnish yoki mа'lum turdаgi nаrkоtiklаrni qаbul qilgаnligi vа bоshqаlаr. 12 Pedagogik texnikani egallashning asosiy yo'llari o'qituvchining ma­la­ka oshirish kurslariga ishtiroki ustoz murabbiylar rahbarligidagi mash­g'ulotlar (ulardan pedagogik texnika sirlarini o'rganish) mustaqil (kasbiy jihatdan o'z-o'zini tarbiyalash) ishlashdir. 13 Pedagogik texnika ko'nikma va malakalarini egallash individual-shaxsiy salohiyat ekanli­gini hisobga olib, pedagogik texnikani egallashda va uni takomil­lash­tirishda kasbiy jihatdan o'z-o'zini tarbiyalash, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.96 MB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:48 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.96 MB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga