Pedagogik texnoligiya konsepsiyasining rivojlanish tarixi Yangi o'zbek davlatchiligining tamal toshi kuyilyapti: ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy, mafkuraviy sohalarda tub islohatlar amalga oshirilmokda. ta'lim-tarbiya sohasining isloh qilinishi pedagogika fanini rivojlantirish uchun kulay imkoniyatlar yaratib berdi. Endilikda kishilik jamiyati tomonidan uzoq yillar davomida yaratilgan tarbiyashunoslik tajribalarini o'rganish va tadqiq qilish ishlari keng yulga kuyildi. Shurolar tuzumi davrida barcha ijtimoiy fanlar kabi pedagogika xam kommunistik mafkura kobigi bilan uralgan, uning rivojlanish me'yori cheklangan, ilg'or chet mamlakat g'oyalari esa burjua g'oyalari, deb tanqid kilinar va rad etilar edi, xolbuki xar qanday g'oya xam uzida malum ijobiy jihatlarni mujassamlashtirishi mumkin, ularni amaliyotga joriy etish foydadan xoli emas edi. Jumladan, pedagogik texnologiya (PT) xam burjua didaktikasiga tegishli yo'nalish sifatida karab kelindi va bu muammoni tadqiqot obyektiga aylantirishning iloji yuk edi. Bugun mamlakatimiz istiqlol sharofati tufayli barcha fan sohalarini rivojlangan davlatlarda tuplangan tajribalar asosida tahlil qilish va yanada takomillashtirish imkoniyatlari mavjud. Umuminsoniy qadriyatlarni ijodiy o'rganish va hayotimizga tadbiq etish davri keldi. Milliy dasturda takidlanganidek, yaqin kelajakda kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikning xalqaro huquqiy bazasi yaratiladi, xalqaro hamkorlikning ustuvor yo'nalishlari ruyobga chikariladi, xalqaro ta'lim tizimlari rivojlantiriladi. Bu faslda biz pedagogik texnologiya nazariyasining vujudga kelishi va rivojlanishi tarixiga nazar tashlaymiz. 30-yillarda pedagogik texnika tushunchasi maxsus adabiyotlarda paydo buldi va u o'quv mashg'ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga yo'naltirilgan usul va vositalar yig'indisi sifatida karaldi. Shuningdek, bu davrda PT deb o'quv va laboratoriya jihozlari bilan muomala qilishni uddalash, ko'rgazmali qurollardan foydalanish tushunildi. 40-50 yillarda o'quv jarayoniga o'qitishning texnik vositalarini joriy etish davri boshlandi. ayniqsa kino, radio, nazorat vositalari, ulardan foydalanish metodikasi PTga tenglashtirildi. 60-yillarning o'rtalarida bu tushuncha mazmuni chet el pedagogik nashrlarda keng muxokamaga tortildi. 1961 yildan boshlab A£Shda Pedagogik texnologiya (Educational Technology), 1964 yildan Angliyada Pedagogik texnologiya va dasturli ta'lim (Technology and programmed Learning), Yaponiyada esa 1965 yildan Pedagogik texnologiya (Educational Technology) jurnallari chop etila boshlandi. 1971 yilda xuddi shu nomli jurnal Italiyada chikarila boshlandi. PT muammosining o'ta dolzarbligi hisobga olinib, uning ilmiy asoslarini tadqiq qilish maqsadida maxsus korxonalar tuzildi. Misol uchun, 1967 yilda Angliyada pedagogik texnologiya Milliy Kengashi (National council for Educational Technology) tashkil etildi va 1970 yildan boshlab Pedagogik texnologiya jurnali (Journal of Educational Technology) chika boshladi. AKShning kator universitetlari va ilmiy markazlarida xam PT muammolariga jiddiy etibor berildi. 1971 yilda maxsus Kommunikatsiya va texnologiya Assotsiatsiyasi (Association for Educational Communications and Technology) faoliyat kursata boshladi. hozirgi kunda bu tashkilotning barcha shtatlarda va Kanadada 50 dan ziyod filiallari ishlab turibdi. Yaponiyada PT muammolari bilan turtta ilmiy jamiyat shugullanmokda, faol harakatdagi pedagogik ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.96 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:48
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.96 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:48 ]
Arxiv ichida: doc