Pedagogik texnologiya - ta'lim taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi

Pedagogik texnologiya - ta'lim taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogik texnologiya - ta'lim taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi - rasmi

Material tavsifi

Pedagogik texnologiya - ta'lim taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi Reja: 1. ta'limni rivojlantirishning yangi bosqichida pedagogik texnologiya mohiyati va muammolari 2. Pedagogik texnoligiya konsepsiyasining rivojlanish tarixi 3. Pedagogik texnologiya loyihalari: ilmiy yondashuvlar va yechimlar ta'limni rivojlantirishning yangi bosqichida pedagogik texnologiya mohiyati va muammolari O'zbekistonda ta'lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri shaxs manfaati va ta'lim ustuvorligidir. Bu omil davlatimizning ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi tufayli ta'limning yangi modeli yaratildi. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan bu modelni amalga oshirish bilan hayotimiz jabhalarida ruy beradigan portlash effekti natijalari ruy-rost kursatib berildi, yani: - ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy tsir qiladi va natijada mamlakatimizdagi mavjud muhit butunlay uzgaradi.; - insonning hayotidan o'z o'rnini topish jarayoni tezlashadi; - jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin Shaxsning shakllanishiga olib keladi; - jamiyatimizning potentsial kuchlarini ruyobga chiqarishda juda katta ahamiyat kasb etadi; - fuqarolik jamiyati ko'rishni ta'minlaydi, model vositasida dunyodan munosib urin olishga, o'zbek nomini yanada keng yoyib tarannum etishga erishiladi (3, 21). Portlash effekti sari shijoat bilan kadam tashlash, yullarda uchraydigan qiyinchiliklarni bosqichma-bosqich va izchil xal etish masalalari nafaqat pedagog nazariyachi va amaliyotchilarni junbushga keltiradi, balki jamiyatimizni tulik pedagoglashtirish muammosini ijtimoiy buyurtma sifatida keltirib chikaradi. Demak, jamiyatimizning xar bir fuqarosini tarbiyashunoslik asoslari bilan tanishtirish, yosh avlodni barkamol inson qilib voyaga yetkazish jarayonini yangi pedagogik qurol va vositalar bilan ta'minlash davr takozosidir. Pedagogik texnologiya (PT) - shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida 3-ming yillikda davlatimiz ta'lim sohasida tub burilishlar yuz beradi, o'qituvchi faoliyati yangixlanadi, talaba yoshlarda xurfikrlilik, bilimga chankoklik, Vatanga mexr-muhabbat, insonparvarlik tuyg'ulari tizimli ravishda shakllantiriladi ma'lumotlilik asosida yotuvchi bosh g'oya xam tabiat va inson uzviyligini anglab etadigan, avtoritar va soxta tafakkurlash usulidan voz kechgan, sabrbardoshli, kanoatli, uzgalar fikrini xurmatlaydigan, milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlar kabi shaxs sifatlarini shakllantirishni kuzda tutgan insonparvarlik hisoblanadi. Bu masalaning yechimi kaysi darajada ta'limni texnologiyalashtirish bilan bog'liq? Dastlab texnologiya tushunchasiga aniklik kiritaylik. Bu so'z texnikaviy taraqqiyot bilan bog'liq holda fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha ikki so'zdan - texnos (techne) - san'at, hunar va logos (logos) - fan so'zlaridan tashkil topib hunar fani manosini anglatadi. Birok bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni tulik tavsiflab berolmaydi. Texnologik jarayon xar doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni (operatsiyalarni) muayyan ketma-ketlikda bajarishni kuzda tutadi. Yanada anikrok aytadigan bulsak, texnologik jarayon - bu mehnat qurollari bilan mehnat obyektlari (xom ashyo)ga bosqichma-bosqich ta'sir etish natijasida mahsulot yaratish borasidagi ishchi (ishchi-mashina)ning faoliyatidir. Ana shu ta'rifni tadqiqot mavzusiga kuchirish mumkin, yani: PT - bu o'qituvchi (tarbiyachi)ning o'qitish (tarbiya) vositalari yordamida o'quvchi(talaba)larga muayyan sharoitda ta'sir ko'rsatishi va bu faoliyat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 63.84 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 63.84 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga