Pedagogik texnologiya fanining nazariy mashg'ulotlar mazmuni

Pedagogik texnologiya fanining nazariy mashg'ulotlar mazmuni

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogik texnologiya fanining nazariy mashg'ulotlar mazmuni - rasmi

Material tavsifi

Pedagogik texnologiya fanining nazariy mashg'ulotlar mazmuni Reja: Pedagogik texnologiyalar pedagogikaning mustaqil sohasi sifatida Pedagogik texnologiyalarning rivoji. Ta'lim jarayonida ta'lim oluvchi shaxsi. Pedagogik texnologiyalarning ilmiy asoslari. O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyotining demokratik-huquqiy, fuqarolik jamiyati qurish yo'lidan dadil bormoqda. Iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy, xalq ta'limi sohalarida islohotlar va yangilanish jarayonlari bosqichma-bosqich, izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Mustaqillik tufayli pedagogika fanining taraqqiyotida ham olamshumul o'zgarishlar yuz berdi. Mamlakatimizning ma'naviy salohiyatini oshirish, ta'lim tizimini tubdan isloh qilish, kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, Ta'lim to'g'risidagi Qonunni tayyorlash va amalga oshirish pedagogika fanining zimmasiga tushdi. Pedagogikaning predmeti shaxsni shakllantirish muammosi Kadrlar tayyorlash Milliy modelida o'z aksini topdi. Mustaqil O'zbekiston taraqqiyotida hal qiluvchi muammolar: xalqimizning ming-ming yillik qadriyatlarini, pedagogik merosini o'rganish va ta'lim-tarbiya jarayonini milliylashtirish, jamiyat taraqqiyotida ma'naviyatning ustivorligini ta'minlash va ma'naviy tarbiya nazariyasini, amaliyotini takomillashtirish; yoshlar ongiga milliy mafkura, milliy g'oyani singdirish, vatanparvarlik tarbiyasini yangi mazmun va metodikasini ishlab chiqish; jahon andozalariga mos ta'lim tizimini yaratish, ilg'or pedagogik tajribalarni ommalashtirish, pedagogik kadrlarni hozirgi davr talabi asosida ta'lim-tarbiya ishiga tayyorlash, pedagogik texnologiya bilan qurollantirish kabilar pedagogika fanining dolzarb vazifasi bo'lib qoldi. O'zbekistonda kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi ta'lim-tarbiyani tubdan isloh qilish ilg'or pedagogik texnologiyalarni joriy etish; «Ta'lim berishning ilg'or pedagogik texnologiyalarni, zamonaviy o'quv-uslubiy majmualari yaratish va o'quv -tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta'minlashga bog'liqligi ko'rsatiladi. Ma'lumki, Milliy dastur bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Birinchi bosqich (1997-2001 yy) mavjud kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, ilmiy-uslubiy, moliyaviy moddiy shart-sharoitlar yaratish jumladan pedagog va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash hamda ularni malakasini oshirishni zamon talablariga javob beradigan darajada tashkil etish. Ikkinchi bosqich: (2002-2005 yy) Milliy dasturini to'la ro'yobga chiqarish8, mehnat bozorini rivojlantirish va real ijtimoiy-iqtisodiy sharotlarini hisobga olgan holda unga aniqlik kiritish, Ta'lim muassasalarini moddiy texnika va axborot bazasini mustahkamlash davom ettiriladi, o'quv-tarbiya jarayoni yuqori sifatli o'quv adabiyotlar va ilg'or pedagogik texnologiya bilan ta'minlanadi. Uchichnchi bosqich: (2005 va undan keyingi yillar) to'plangan tajribalar tahlil etiladi. Ular umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish ko'zda tutiladi. Ta'lim muassasalarini resurs, kadrlar va axborot bazalari yanada mustahkamlanadi o'quv tarbiya jarayoni yangi o'quv-uslubiy majmualar, ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan to'liq ta'minlanadi. Bunda biz pedagogik texnologiya Milliy dasturni amalga oshirishning muhim vositasi ekanini ko'ramiz. Pedagogik texnologiya asrimizning 60-yillarida amerika Qo'shma Shtatlarida, 70-80 yillarda boshqa rivojlangan mamlakatlarda keng qo'llanila boshlandi. YUNESKOning 1996 yildagi xalqaro konferentsiyasida Mamlakatning ma'naviy iqtisodiy salohiyatini oshirishda va ta'lim-tarbiyani intensivlashtirishda pedagogik texnologiya muhim ahamiyatga ega ekanligi ilmiy asoslanadi. Pedagogik texnologiya bilimlarni o'rganish yaxlit jarayonida ta'lim shakllarini optimallashtirish, texnikaviy, insoniy imkoniyatlar, ularning o'zaro hamkorligi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.69 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.69 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga