Pedagogik texnologiya nazariyasining mohiyati va ustuvor tamoyillari

Pedagogik texnologiya nazariyasining mohiyati va ustuvor tamoyillari

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogik texnologiya nazariyasining mohiyati va ustuvor tamoyillari - rasmi

Material tavsifi

Pedagogik texnologiya nazariyasining mohiyati va ustuvor tamoyillari Reja: 1.Pedagogik texnologiya haqida tushuncha. 2. Pedagogik texnologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishi. 3.Pedagogik texnologiyaning mohiyati va tamoyillari. 4.Pedagogik texnologiya nazariyasi va amaliyotining qo'llanishining asosiy qonunlari va prinsiplari. Pedagogik texnologiya haqida tushuncha. Pedagogik texnologiya - bu ta'lim shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik vositalar, inson salohiyati hamda ularning o'zaro ta'sirini inobatga olib o'qitish va bilim o'zlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish va qo'llashning tizimli metodidir. Pedagogik texnologiya haqida boshqa bir qancha ta'riflar mavjud: -pedagogik texnologiya amaliyotga joriy etish mumkin bo'lgan ma'lum pedagogik tizim loyihasi; -pedagogik texnologiya ta'lim-tarbiyadan ko'zlangan maqsadga erishish uchun o'quv jarayonida qo'llaniladigan usullar vositalar majmuidir. -pedagogik texnologiya oldindan belgilangan, loyihalashtirilgan o'quv-tarbiya jarayonini izchil amalga oshirishdir. Yuqoridagi ta'riflar pedagogik texnologiya usulining mazmunini anglash va aniqlash jarayoni xali payoniga yetmaganligidan dalolat beradi. Bu masalaga oydinlik kiritish uchun, avvalo pedagogik texnologiya tushunchasining muhim belgilarini aniqlash talab etiladi, jumladan ta'lim jarayonini oldindan loyihalash va sinfda o'quvchilar bilar qayta ishlab chiqish; -ta'limning maqsadi real, aniq diagnostik bo'lishi va o'quvchining bilim uzlashtirish sifatini xolisona baholash; -ta'lim jarayonining tuzilish va mazmunin yaxshilash, o'zaro bog'liq va o'zaro ta'sirda bo'lishi; -ta'lim shakllarini optimallashtirish; -ta'lim jarayonida texnik vositalar va inson salohiyatining o'zaro ta'sirini hisobga olish; -ta'lim maqsadlarini ko'zlagan etalon asosida o'quvchining kuzatiladigan, o'rganadigan harakatlari shaklida juda oydinlashtirish; -o'quvchining faoliyatiga qarab o'qitish; -bilim uzlashtirish jarayonida yul qo'yilgan xatolarni aniklab, kuzatib borish; -belgilashni mezonlarga asoslangan test vazifalarini bajarish; -ta'limning rejalashtirilgan natijasiga erishishning kafolotlanganligi; -ta'lim samaradorligining yuqoriligi; Pedagogik texnologiya tushunchasiga doir mavjud ta'riflar hamda pedagogik texnologiya usulining muhim belgilari, xususiyatlari umumlashtirilgan holda keltirishi…. Pedagogik texnologiya-tizimi, texnologik yondashuvlar asosida ta'lim shakllarini qulaylashtirish, natijasini kafolatlash va xolisona baholash uchun inson salohiyati hamda texnik vositalarining o'zaro ta'sirini inobatga olib, ta'lim maqsadlarini oydinlashtirib, o'qitish va bilim uzlashtirish jarayonlarida qo'llaniladigan usul va metodlar majmuidir. Xullas, pedagogik texnologiya-o'qitish usuli, ma'lum ma'noda ta'lim-tarbiya jarayonlari vositalari shakl va metodlari majmuidir. Pedagogik texnologiyaning mustaqil fan sifatda shakllanishi. Pedagogik texnologiya atamasi va bu sohadagi ilk ishlanmalar AQSH da XX asrning 50-yillarida paydo bo'ldi. 15-20 yildan so'ng pedagogik texnologiya barcha rivojlangan mamlakatlar ta'lim sohasini qamrab oldi. So'nggi yillarda pedagogik texnologiyadan foydalanish geografiyasi uzluksiz kengayib bormoqda. Pedagogik texnologiyaning ilk paydo bo'lish davri ilmiy-texnik taraqqiyotning (ITT) jadallashuvi bilan belgilanadi. Mazkur davrdagi fanning natijalari kashfiyotlar oqimlari bo'Iib, ular asosida texnika va texnologiyalaming yangi avlodlari yaratildi. Ishlab ehiqariladigan mahsulotlar o'zining ilmtalabligi, originalligi, murakkabligi, yuqori sifati va sermahsulligi bilan ajrala boshladi. Ishlab chiqarish usuli va shart-sharoiti uzluksiz jadal o'zgarib bordi, ta'lim tizimi oldiga tamoman yangi talablar qo'yila bordi. Ilmiy texnik taraqqiyot jadallashuvi va ta'lim ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.05 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.05 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga