Pedagogik texnologiya sifat va samaradorlik Reja: ta'lim jarayonida talabalarning o'zlashtirish darajalari Talabalar tanqidiy fikrini rivojlantirishda interfaol metodlarning o'rni ta'lim jarayonida talabalarning o'zlashtirish darajalari Pedagog va talabaning dasturli faoliyati ta'lim jarayonidan jamiki ortiq harakatlarni yo'qotishga, yuqori hamjihatlikni ta'minlashga va pirovard natijada - ko'zlangan yakuniy natijalarni qo'lga kiritishga intilishni ifodalaydi. Didaktik jarayonni loyihalashda pedagog «texnolog» sifatida faoliyat ko'rsatadi: har bir darsda ta'lim maqsadini aniq o'rnatishi, o'tilayotgan o'quv materiallarini mazmunan saralashda talabalarning o'zlashtirish faoliyati darajalarini, fanni bayon qilishning ilmiy tilini hisobga olishi lozim. Shuningdek, tashkiliy shakllarning mosini tanlab, belgilangan vaqt doirasida samarali didaktik jarayonni tashkil etadi. Bu ko'rsatkich talabiga mos holda o'quv-bilish faoliyatini amalga oshirish uchun unga oldindan alohida tayyorgarlik ko'rish kerak bo'ladi. Umuman ta'lim jarayoniga oldindan ishlov bermasdan, yakuniy natijalarining ta'lim maqsadiga mos kelishini chamalamasdan, o'qitish davomida yuzaga keladigan noqulay holatlarga bog'liq holda boshqarish imkoniyatlarini hisobga olmasdan turib ta'lim jarayonini texnologiyalashtirish mumkin emas. Baholash joriy, oraliq va yakuniy nazoratni o'z ichiga oladi. Joriy nazorat uzluksiz qayta bog'lanishni ta'minlaydi va odatda baholashsiz o'tkaziladi, shuning uchun u bilimlarni shakllantirishda ishtirok etadi. Pedagogik texnologiyada qayta bog'lanish nafaqat o'qitish jarayonini tuzatib borish uchun, balki o'quv maqsadlarini aniqlashtirish uchun ham xizmat qilishadi. Yakuniy nazoratda rejalashtirilgan o'quv maqsadlariga erishganlik darajasi baholanadi. Reyting nazorati og'zaki, yozma va test usulida bo'lishi mumkin: Og'zaki va yozma nazorat. Og'zaki nazoratning afzalliklariga shaxsiy munosabat, o'qituvchining o'quvchi-talaba bilan jonli muloqoti, uning fikrlarini nutq shaklida ifodalashga mashq qildirish, bilimlarni yanada chuqurroq tekshirish maqsadida pedagog tomonidan qo'shimcha savollar berish imkoniyatlari kiradi. Pedagog tomonidan qo'yilgan savolga og'zaki javob berishga tayyorlanish doimo talabaning faol fikrlashi bilan bog'langan. Og'zaki javob yaxshi tayyorlangan talabaga o'zining iqtidorini, qo'shimcha egallagan bilimlarini namoyish etishga ikmon beradi. Bevosita muloqot tufayli pedagogda savol-javob davomida talabaning bilimlari to'g'risidagi barcha gumonlarni bartaraf etish imkoni bo'ladi. Shu bilan bir vaqtda og'zaki nazoratda talabalar bilimlarini baholashda malum darajada pedagog shaxsiyatining aks etishi namoyon bo'ladi. Har bir pedagogda talabalarning o'zlashtirish darajalarini baholashda doimo xolis va shaxsiy munosabat bir vaqtning o'zida ro'yobga chiqadi. Yuqorida tilga olganimizdek, xorijda xorijda olib borilgan ko'p sonli tadqiqotlar ko'rsatadiki, «qisqa vaqt oralig'ida bir-biridan mustaqil ravishda bitta o'quvchi-talabani bitta bilimlar sohasida bitta o'quv maqsadlarida tekshirish ikkita imtihon oluvchi bahosining mos kelishi faqat 40-60% hollarda mos kelgan». Bunda bitta imtihon topshiruvchi bir imtihon oluvchida eng yuqori bahoni, boshqasida esa eng past bahoni olgan. Shuningdek, turli pedagoglar tomonidan bitta yozma nazorat ishiga qo'yilgan baholarning ancha farq qilishi ham tasdiqlangan. Shunday qilib, talabaning yozma va og'zaki nazoratda olgan bahosi bazan xolisona bo'lmaydi. Talabaning bahosi, odatda, nafaqat uning bilimlari darajasiga bog'liq ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
47.59 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:48
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
47.59 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:48 ]
Arxiv ichida: docx