Pedagogik texnologiya tamoyillari va prinsiplari

Pedagogik texnologiya tamoyillari va prinsiplari

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogik texnologiya tamoyillari va prinsiplari - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Pedagogik texnologiya tamoyillarining mazmuni va mohiyati. 2.Pedagogik texnologiya tamoyillarining o'ziga xos xususiyatlari. Pedagogik texnologiya tamoyillarining mazmuni va mohiyati. Yangi pedagogik texnologiyalarni loyihalash va ulardan ta'lim tarbiya jarayonida foydalanish ma'lum qonuniyatlarga asoslanadi. Bu asoslar pedagogik texnologiya (PT)ning o'ziga xos jihatlarini ifoda etadi va metodikadan farqli tomonlarini ko'rsatib beradi. Boshqacha aytgada, ularni PT prinsiplari deb atash mumkin. Prinsip - yunoncha «prinsipium» so'zidan olingan bo'lib, asos, dastlabki holat, boshqaruvchi g'oya, umumlashgan talab kabi ma'nolarni anglatadi. Didaktikada olimlar prinsiplarni turlicha talqin qilishadi: pedagogik holatni yo'lga soladigan didaktik holatlar, tavsiyalar (V.I. Zagviyazinskiy, L.I. Grisenko), o'qitishning me'yoriy asoslari (M.A.Danilov), didaktik maqsdga erishish usullari (I.A.Lerner) va xokazo. Biz pedagogik texnologiya prinsiplari deganda loyihalangan o'quv tarbiyaviy jarayonni amalga oshirishda yuqori natijalarga erishish uchun rioya qilinadigant umumiy me'yorlar va talabalarni tushunamiz. Demak, u yoki bu pedagogik hodisa prinsip bo'lishi mumkin, qachonki uni o'quv jarayonida hisobga olish (rioya qilish) zarur bo'lsa, ya'ni unga tayanilsa. PT prinsiplari didaktik prinsiplardan tubdan farq qiladi va o'zida muhim sifat ko'rsatkichlarini mujassamlashtiradi. Ta'lim prinsiplari o'quv-tarbiya jarayoniga qo'yiladigan ijtimoiy talablar, ta'limni tashkil etish va boshqarishda rioya qilinadigan qoidalar sifatida amal qilinadi. Ta'lim prinsip (tamoyil)lari o'quv-tarbiya jarayonining barcha komponentlariga, o'qituvchi va o'quvchi faoliyatiga, barcha o'quv predmetlarini o'qitish masalalariga daxldor umumiy talablar, qoidalardir. Prinsiplar umumdidaktik kategoriya bo'lib, ular ta'limning barcha turlari: (individual, guruh, umumsinf), darajalari (boshlang'ich, o'rta, o'rta maxsus, oliy), subyektlari (o'qituvchi, o'quvchilar jamoasi), o'quv-tarbiya jarayonining hamma komponentlari(ta'limning maqsadi, vazifasi, natijalariga dahldor umumiy qoidalardir. Ta'lim prinsiplari quyidagilar: Ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashuvi Sharoitida, «Pedagogika» va «Texnologiya» fanlar ulashuvida paydo bo'lgan, pedagogik texnologiya mustaqil fanga aylandi. Har bir mustaqil fan o'z mohiyatiga ko'ra uning nazariy asoslarini tashkil etuvchi o'zining tamoyillariga ega bo'ladi, pedagogik texnologiya tamoyillari, «Pedagogika» va «Texnologiya» fanlarining negizini tashkil etuvchi qoidalar yig'indisiga tayanadi. Pedagogik texnologiya maqsadlari, vazifalari, tarkibi, mazmunining tahliliga ko'ra uning quyidagi asosli tamoyillari Shakllantirilgan: ilmiylik, loyihalanish, tizimlilik, yo'naltirilganlik, faoliyatli yondashuvlik, boshqariluvchanlik, tuzatuvchanlik, natijaviylik, qayta takrorlanuvchanlik, tejamlilik. Ushbu barcha tamoyillar o'zaro bog'liq bo'lib, biri birini talab etadi va to'ldiradi. Bu tamoyillar asosida o'quv jarayoni tashkil etiladi, ya'ni uning tayyorgarligi va o'qitish jarayoni amalga oshiriladi. Pedagogik texnologiyaning tamoyillarida pedagogik va texnologik fanlarning yutuqlari qamrab olingan. «Pedagogik texnologiya» fani ko'rinishidagi mazkur tamoyillar majmuasi aniqligi, isbot talab etmasligi, amaliyligi tufayli, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda ajoyib natijalarni beradi. Pedagogik texnologiyaning mohiyati - didaktik maqsad, talab etilgan o'zlashtirish darajasiga erishish va uni tatbiq etishni hisobga olgan holda ta'lim jarayonini ilgaridan loyihalashtirishda namoyon bo'ladi. O'qituvchining faol tarzda faoliyat ko'rsatishiga yo'naltirilgan, darsning uslubiy ishlanmasidan farqli o'laroq, ta'limning pedagogik texnologiyasi ta'lim oluvchilarga yo'naltirilgan bo'lib, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.1 KB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.1 KB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga