MAVZU: PYeDAGOGIK TYeXNOLOGIYa TARAQQIYoTI VA ISTIQBOLLARI Pedagogik texnologiya AQSH va Yevropamamlakatlarida «ta'lim texnologiyasi» sifatida etirof etilgan nazariya bo'lib, uning yaratilishi to'g'risida ma'lumot beruvchi manbalarni o'rganish natijalari shuni ko'rsatdiki, ta'lim tizimini texnologiyalashtirish g'oyasi o'tgan asrning boshlarida G'arbiy Yevropahamda AQSHda ta'lim tizimini isloh qilish, ta'lim samaradorligini oshirish, shaxs ijtimoiylashuvini ta'minlash va bu borada muayyan muvaffaqiyatga erishish borasidagi ijtimoiy ehtiyojni qondirishga urinish natijasida vujudga kelgan. Ushbu g'oya XX asrning 30- yillarida ta'lim jarayoniga «pedagogik texnika» («ta'lim texnikasi») tushunchasining olib kirilishi bilan asoslangan. Bu sohadagi mavjud adabiyotlarda «ta'lim texnikasi» tushunchasi o'quv mashg'ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga ko'maklashuvchi usul, vositalar yig'indisi deya talqin qilinadi. ta'lim samaradorligini oshirishga yordam beruvchi yetakchi omillar sifatida o'quv jarayoniga o'quv va laboratoriya jihozlarining olib kirilishi, ulardan unumli foydalanish yo'llarining ishlab chiqilishi, material mazmunini ko'rsatmali qurollar vositasida talabalarga yetkazib berish kabilar kayd etiladi. ta'lim texnologiyasi nazariyasining shakllanish bosqichlari Pedagogik texnologiyalarni o'quv jarayoniga olib kirish zarurligini MDHga kiruvchi mamlakatlar ichida birinchilar qatorida har tomonlama ilmiy asoslab bergan rossiyalik olim akdemik V.P.Bespalkoning fikricha, PT - bu o'qituvchi mahoratiga bog'liq bo'lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o'quvchi shaxsini shakllantirish jarayoni loyihasidir. Rossiya olimlaridan V.M.Monaxov: PT - avvaldan rejalashtirilgan natijalarga olib boruvchi va bajarilishi shart bo'lgan tartibli amallar tizimidir, - degan qisqacha ta'rifni bera turib, uning asosiy xususiyatlariga etiborni qaratadi. M.V.Klarin fikricha, PT - o'quv jarayoniga texnologik yondashgan holda, oldindan belgilab olingan maqsad ko'rsatkichlaridan kelib chiqib, o'quv jarayonini loyhalashdir. I.Ya.Lernerning fikriga ko'ra, PT - o'quvchilar harakatlarida aks etgan o'qitish natijalari orqali ishonchli, anglab olinadigan va aniklanadigan maqsadni ifodalaydi. B.L.Farberman pedagogik texnologiyaga quyidagicha ta'rif beradi: PT - ta'lim jarayoniga yangicha yondashuv bo'lib, pedagogikada ijtimoiy-muhandislik ong ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnika imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri asosida standart holga solib, uning optimal loyihasini tuzib chiqish bilan bog'liq pedagogik tadbirdir. O'.Tolipovning fikricha, Pedagogik texnologiya - vaqt taqsimotiga muvofik loyihalanib, ilmiy jihatdan asoslangan hamda kutilgan natijaga erishishni kafolatlovchi pedagogik jarayonning barcha bosqich va qismlarining vazifalari aniq belgilangan tizim . Bu ta'riflarni uzoq xorijdagi berilgan ta'riflar bilan solishtirib ko'rish uchun yapon pedagog olimi T.Sakamoto bergan ta'rifni keltiramiz; PT, - deydi T.Sakamoto, - bu majmuli fikr yuritish usulini pedagogikaga singdirish, boshqacha qilib aytganda, pedagogik jarayonni muayyan bir majmuga keltirishdir. Birlashgan millatlar tashkilotining nufuzli idoralaridan YuNYeSKOning ta'rifi bo'yicha, PT - bu bilim berish va uni egallashda texnika va inson resurslarini o'zaro uzviy bog'liq holda ko'rib, butun ta'lim jarayonini loyihalashda va amalda qo'llashda majmuli yondashuv, usulidan foydalanishdir. Pedagogik texnologiyaning an'anaviy uslub(metodika)lardan asosiy farqi, uning to'la-to'kis tizimli yondashuv nazariyasi qonuniyatlaridan kelib ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
101.25 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:48
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
101.25 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:48 ]
Arxiv ichida: pptx