Pedagogik texnologiya turlari va dars modullari Reja: Pedagogik texnologiya turlari Pedagogik texnologiya bilan metodika orasidagi farq Pedagogik texnologiyaning asosiy yo'nalishlari. Dars moduli va algoritimi Ta'lim-tarbiya mazmuni,maqsad va vazifalari davrlar o'tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda.Hozirda inson faoliyatining asosiy yo'nalishlari ulardan ko'zda tutilgan maqsadlarni to'liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimlar, ya'ni texnologiyalarga aylanib bormoqda. Xuddi shu kabi ta'lim-tarbiya sohasida ham so'nggi yillarda pedagogik texnologiya amal qila boshladi. Pedagogik texnologiya tushunchasi ta'lim-tarbiya amaliyotini rivojlantirish ehtiyojlari asosida kelib chiqqan, va hozirda pedagogika, psixologiya fanlarida o'z o'rniga ega bo'lgan keng ko'lamli serqirra tushunchadir. Pedagogik texnologiyada ishlab chiqarish sohalaridagi turli texnologiyalardan farqli ravishda ishlov beriladigan material o'quvchi (ta'lim oluvchi)ning aqliy, ruhiy, axloqiy sifatlari bo'lib, ularga o'qituvchi, tarbiyachi tamonidan ma'lum maqsadlarga erishish yo'lida har turli ta'sirlar o'tkaziladi. Pedagogik texnologiya tushunchasi dastlab XX asrning o'rtalarida AQSHda paydo bo'lib, 1940-50 yillar o'rtasigacha Ta'lim texnologiyasi deb yuritilib kelgan va bu ibora texnika vositalaridan foydalanib o'qitishga nisbatan qo'llanilgan. 50-60 yillarda programmalashtirilgan ta'lim nazarda tutilgan, 70- yillarda pedagogik texnologiya iborasi qo'llanilib u avvaldan loyihalashtirilgan va aniq belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi o'quv jarayonini bildirgan.1979 yilda AQSHning Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar assotsiatsiyasi tomonidan Pedagogik texnologiyani kompleks, integrativ jarayon deb asoslangan va 80- yillarning boshidan esa pedagogik texnologiya deb ta'limning kompyuterli va axborot texnologiyalarini yaratishga aytilgan.Hozirda bu tushunchaga quyidagi turli ta'riflar berilgan: Texnologiya - biror ishda, san'atda, mahoratda qo'llaniladigan usullar, yo'llar yig'indisi. (Izohli lug'at). Texnologiya - ishlov berish, ahvolni o'zgartirish san'ati, mahorati, qobiliyati metodlar yig'indisi. (V.M.Shepel). Pedagogik texnologiya - Bu o'qituvchi (tarbiyachi)ning o'qitish (tarbiya) vositalari yordamidao'quvchi ( talaba)larga muayyan sharoit va ketma-ketlikda ta'sir ko'rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayondir. (N.Saydaxmedov ). Pedagogik texnologiya - o'qitishning, ta'limning shakllari, metodlari, usullari, yo'llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig'indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi;u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat ( B.T.Lixachev). Pedagogik texnologiya - texnika resurslari, odamlar va ularning o'zaro ta'sirini hisobga olgan holda ta'lim shakllarini optimallshtirish vazifasini qo'yuvchi o'qitish va bilimlarni o'zlashtirishning hamma jarayonlarini yaratish, qo'llash va aniqlashning tizimli metodi. (YUNESKO). Pedagogik texnologiya - bu o'qitishga o'ziga xos yangicha (innovatsion) yondashuvdir.U pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik tafakkurining ifodalanishi, texnokratik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ko'chirilgan tasviri, ta'lim jarayonining muayyan standartlashuvi hisoblanadi.( B.L.Farberman) Ushbu aytilganlar asosida pedagogik texnologiyaning quyidagi eng qisqa va umumlashtirilgan ta'rifini keltirishimiz mumkin: Pedagogik texnologiya - barkamol insonni shakllantirish faoliyati. Shu bilan birga pedagogik texnologiyaning keng ko'lamli, serqirra tushuncha ekanligini hisobga olgan holda uning quyidagi yana bir nechta ta'riflarini keltirishimiz mumkin. Pedagogik texnologiya ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.15 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:48
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.15 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:48 ]
Arxiv ichida: doc