Mavzu: Pedagogik texnologiya tushunchasi ilmiy asoslari, uning kategoriya va tamoyillari Reja: 1. Pedagogik texnologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishi. 2. Pedagogik texnologiyaning mohiyati. 3. Pedagogik texnologiya tamoyillari. 4. Pedagogik texnologiyaning umumiy tuzilmasi. Pedagogik texnologiya atamasi va bu sohadagi ilk ishlanmalar AQSH da XX asrning 50-yillarida paydo bo'ldi. 15-20 yildan so'ng pedagogik texnologiya barcha rivojlangan mamlakatlar ta'lim sohasini qamrab oldi. So'nggi yillarda pedagogik texnologiyadan foydalanish geografiyasi uzluksiz kengayib bormoqda. Pedagogik texnologiyaning ilk paydo bo'lish davri ilmiy-texnik taraqqiyotning (ITT) jadallashuvi bilan belgilanadi. Pedagogik texnologiya ilmiy texnika taraqqiyoti jadallashuvi talabalari darajasida kadrlar tayyorlashuvi talablari darajasida kadrlar tayyorlashni ta'minlash imkoniyatini yaratdi. O'sha asrda pedagogikaning mustaqil fan sifatdagi maqomi, mashhur chex pedagogi Yan Amos Komenskiyning (1542-1670 yy.) asarlari va obro'yi tufayli mustahkamlanadi. U o'zining mashhur «Buyuk didaktika» asarida, o'quv ishining nazariyasi va uni tashkil etishining asosiy masalalarini ishlab chiqdi. XVII asrning boshlarida ingliz faylasufi va tabiatshunos olimi Frensis Bekon (1561-1626 yy.) tomonidan, pedagogika falsafa bilimlari tizimidan chiqarib olingan edi. U 1623 yili «Afzalliklar va fanlarning ko'payishi haqida» chop etilgan asarida, pedagogikani bilimning alohida sohasi sifatida «O'qishga qo'llanma» haqidagi fan deb atadi. «Texnologiya» fani ham qadimgi Yunonistonda paydo bo'ldi va u ikkita so'z - «texne» - san'at va «logos» - o'rganish - dan iborat Pedagogik texnologiya bu - texnikaviy va insoniy manbalarni va ularning o'zaro bog'liqligini inobatga olib, o'z oldiga ta'lim shakllarini maqbullashtirish vazifasini qo'yadigan, butun o'qitish va bilim olish jarayonini, yaratish, qo'llash va aniqlash bo'yicha tizimli qarashdir. Pedagogik texnologiyaning maqsadi - ommaviy ta'lim sharoitida ta'lim jarayonining zaruriy samaradorligini ta'minlash va talabalar tomonidan o'qishning ko'zlangan natijalariga erishish kafolatidan iboratdir. Pedagogik texnologiyaning bosh vazifasi - ommaviy ta'lim sharoitida «oddiy» pedagoglarga o'qitishning yetarli samarasiga erishishni ta'minlovchi, o'quv jarayonini yaratish hisoblanadi. Pedagogik texnologiyaning predmeti - o'quv jarayoining o'zi hisoblanadi. Pedagogik texnologiyaning obyekti -o'quv jarayonining tarkibiy qismlari hisoblanadi. Pedagogik texnologiya O'quv jarayoni Pedagogik texnologiya atamasi, ishlab chiqarish - texnologik sohasidan olingan, o'ziga xos ma'lum qoida va tamoyillarga ega bo'lgan, «texnologiya» tayanch iborasini o'z ichiga oladi. Ishlab chiqarish sohasida, mahsulotni tayyorlash uchun, ishlab chiqarishni tayyorlash talab etiladi, u turli xildagi ilmiy-tadqiqot konstruktorlik, texnologik, tashkiliy-rejaviy tadbirlarni qamrab oladi O'quv maqsadlarning shakllanish piramidasi Pedagogik texnologiyaning xususiyati shu bilan belgilanadiki, unda qo'yilgan maqsadlarga erishish kafolatini beruvchi o'quv jarayoni yaratiladi va ro'yobga chiqariladi. Ishlab chiqarish texnologik jarayon ma'lum mahsulot uchun ishlanganidek, xuddi shunday pedagogik texnologiya ham har qaysi fan uchun o'qitish texnologiyasining asosiy elementlarini o'z ichiga olgan umumiy uslubiyot asosida ishlab chiqiladi. Pedagogik texnologiyaning afzalligi ham, ahamiyati ham shu bilan belgilanadi. Bu ommaviy o'qitish sharoitida, talabalarni ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.92 MB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:48
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.92 MB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:48 ]
Arxiv ichida: pptx