Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat uyg'unlashuvining istiqbollari RYeJA: Oliy ta'limda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llashning ahamiyati Ilmiy-texnik taraqqiyot va ta'lim jarayonini texnologiyalashtirish vazifalari Oliy ta'limda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llashning ahamiyati O'zbekiston Respublikasida amal qilayotgan yagona va uzluksiz ta'lim tizimini tashkil etuvchi 7 ta ta'lim turi-maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta ta'lim, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta'limi, maktabdan tashqari ta'lim kabilar orasida oliy ta'lim turi malakali mutaxassislar va xalq xo'jaligi hamda jamiyat hayotining turli jabhalarida xizmat qiluvchi kadrlar tayyorlashning samarali «o'chog'i» sifatida alohida o'rin egallaydi. Shuning uchun ham bu ta'lim turiga alohida va jiddiy etibor berilishi hayotiy zaruratimiz darajasiga ko'tarilgan. Oliy ta'limning mazmuni va uning hajmini standartlashtirish masalasi 2001yilning 16 avgustida Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori bilan rasmiy vazifa tarzida tasdiqlandi. Shundan keyingi o'tgan tarixan qisqa vaqt mobaynida ushbu ta'lim turi bilan shug'ullanuvchi muassasalar va ularning mutasaddilari tomonidan ko'pgina ijobiy ishlar amalga oshirildi. Fanlar bo'yicha davlat ta'lim standartlarini yaratish, o'quv reja va namunaviy o'quv dasturlarini barpo etish, darslik va boshqa o'quv adabiyotlarining yangi avlodini nashrga tayyorlash va ularni o'quv amaliyotiga kiritish kabi ishlar shu jumladandir. ta'lim mazmunini chuqurlashtirish, ta'limning amaliy tamoyillarini takomillashtirish, ta'lim jarayonlarini intensivlashtirish, ta'lim texnologiyalarini mukammallashtirish, ta'lim va tarbiyaning birligini kuchaytirish, xususan, ushbu ta'lim turining mazmuniga nafaqat bilim, ko'nikma va malaka, balki umuminsoniy madaniyatni tashkil qiluvchi - ijodiy faoliyat tajribasi, atrof-muhitga nisbatan ijobiy munosabatlarni ham kiritish g'oyasi kun tartibiga ko'ndalang qilib qo'yildi. Bunday ulkan vazifalarning maqsadga muvofiq tarzda bajarilishi ko'pgina omillarga bog'liqdir. Ularni ijtimoiy hayotning quyidagi komponentlari ro'yobga chiqarishi mumkin: - faoliyat turlari (moddiy, amaliy, ijtimoiy, ma'naviy); - ijtimoiy ong shakllari (axloq, san'at, siyosat, falsafa, fan va boshqalar); - ijtimoiy munosabatlar tizimi (moddiy va mafkuraviy); - moddiy, ijtimoiy va tabiiy borliq (keyingi avlodlarga meros qilib qoldirilgan boyliklar). ta'lim mazmuni, uning komponentlari, tarkibi, vazifalari haqida so'z ketganda dalillar bilan qonuniyatlar, yaqqollik bilan mavhumlik, bilimlar bilan haqiqatni mustaqil bilish metodlari o'rtasidagi maqbul keladigan munosabatlarni aniqlash zarur. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da takidlanganidek, «Zamonaviy iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarni rivojlantirish asosida kadrlar tayyorlashning takomillashgan tizimini yaratish-mamlakatni taraqqiy ettirishning eng muhim sharti hisoblanadi. Tizimning amal qilishi kadrlarning istiqbolga mo'ljallangan vazifalarini hisobga olish va hal etish qobiliyatiga, yuksak umumiy va kasbiy madaniyatga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda yo'nalish ola bilish mahoratiga ega bo'lgan yangi avlodni shakllantirishni ta'minlaydi». Kadrlar tayyorlash sohasida hozirga qadar amalga oshirilayotgan o'zgarishlar faqat mavjud ta'lim tizimini isloh qilishga qaratilgan edi. U shaxs, jamiyat va davlatning ehtiyojlari bilan kasbiy tayyorgarlikning ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.01 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:48
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.01 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:48 ]
Arxiv ichida: doc