Pedagogik texnologiyalar bo'yicha izohli tayanch so'z va iboralar Dadamirzaev G'. Pedogogik texnologiyalar bo'yicha izohli tayanch so'z va iboralar. Metodik qo'llanma. Namangan, NamMPI, 2008 yil, 30 bet. Metodik qo'llanmani tuzishda Pedagogik texnologiya-larda qo'llanadigan asosiy tayanch so'z va iboralarni to'plab olindi va ularni izohlarini oxirgi vaqtlarda Respublikamiz va xorij adabiyotlarida, ilmiy jurnallarida va internet materiallarida berilgan ma'lumotlar asosida shakllantirildi Pedagogik texnologiyalar jadal suratlar bilan rivojlanib va uning qo'llanish doirasi kengayib borayotgan hozirgi sharoitda tayanch so'z va iboralarning barchasini qamrab olishga kafolat berib bo'lmaydi. Shuning uchun har qanday taklif va mulohazalarni mamnuniyat bilan qabul qilinadi va kelgusida hisobga olinadi. Metodik qo'llanmadan uzluksiz ta'lim tizimining pedagoglari va oliy ta'lim muassalari Kasb ta'limi bakalavriat va magistratura talabalari foydalanishlari mumkin. Metodik qo'llanma NamMPI ilmiy-metodik kengashining 2008 yil 20 noyabr yig'ilishida muhokama qilingan va chop etishga ruxsat berilgan. Kirish Respublikamizda rivojlangan mamlakatlar qatori jahon ta'lim tizimida yuqori samara berayotgan ilg'or ta'lim texnologiyalarini o'zlashtirish va amalda qo'llash jadal suratlar bilan amalga oshirilmoqda. Buning yorqin misoli sifatida O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligining tashabbusi bilan bir guruh pedagog olimlari tomonidan ijodiy hamkorlikda Pedagogik texnologiya tamoyillari va qoidalari ni ishlab chiqilgani va uni amalda foydalanish uchun tavsiya qilinganini ko'rsatish mumkin. ta'lim texnologiyasining asosini ta'lim jarayonini va ta'lim oluvchilarning belgilangan sharoit va vaqt ichida ko'zlangan maqsadga erishishlarini kafolatlash maqsadida boshqarishga yo'naltirilgan g'oyasi tashkil qiladi. Sodda qilib aytganda, ta'lim texnologiyasi - bu ta'lim jarayonida o'quv maqsadlariga kafolatli erishish uchun talabalar va pedagoglar o'zaro faoliyatining samarali tashkil etilishidir. ta'lim texnologiyasi elementlari (usullar, vositalar, yo'llar va shakllar) ni tanlashda avvalo ularning nazariy asoslarini o'rganish va undan keyin amalda qo'llash talab etiladi. Buning uchun pedagogik texnologiyalarga tegishli tayanch so'z va iboralarning mazmunini tushunib etish kerak. O'quv adabiyotlaridan ularni izlash va topish vaqt talab qiladi. Pedagogika va pedagogik texnologiyalar bo'yicha mutaxassis bo'lmagan o'qituvchilar uchun terminlar tushunarsiz bo'lishi mumkin. Ularning manosini esa maxsus ensiklopediyalardan qidirishga to'g'ri keladi. Pedagogik texnologiyalar fanini o'qiyotgan talabalarda ham yuqoridagi muammolar hosil bo'ladi. Ushbu metodik qo'llanmaning maqsadi pedagoglarning va ta'lim oluvchilarning yuqorida ko'rsatib o'tilgan qiyinchiliklarini tezkorlik bilan bartaraf etishlariga ko'mak berishdir. Tayanch so'z va iboralarni izohlashda ilmiy terminlarni kamroq ishlatishga, sodda va qisqa mazmunda yozishga harakat qilindi. Ularning keraklisini topishga qulaylik yaratish maqsadida alfavit (alifbe) tartibida terib chiqildi hamda mundarija kiritildi. Metodik qo'llanmadan foydalanuvchida paydo bo'lgan yangi tayanch so'z va iboralarni yozib qo'yish uchun ochiq bet qoldirildi, ularni muallifga taqdim qilish orqali Metodik qo'llanma hajmi va mazmunining boyishiga hissa qo'shgan bo'lasiz. 1. Aqliy hujum- mikroguruhlar yordamida yangi-yangi g'oyalarni yaratish, muammolarni hal ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
42.32 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:48
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
42.32 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:48 ]
Arxiv ichida: doc