Pedagogik texnologiyalar orqali odobnoma darslarida o'quvchilar ma'naviyatini o'stirish

Pedagogik texnologiyalar orqali odobnoma darslarida o'quvchilar ma'naviyatini o'stirish

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogik texnologiyalar orqali odobnoma darslarida o'quvchilar ma'naviyatini o'stirish - rasmi

Material tavsifi

Pedagogik texnologiyalar orqali odobnoma darslarida o'quvchilar ma'naviyatini o'stirish Reja: Ma'naviyat-qalb ko'zgusi. Odobnoma darslari orqali o'quvchilarga odob-axloq me'yorlarini o'rgatish; Ajdodlar merosidan foydalanib o'quvchilar ma'naviyatini o'stirish. Odob-axloq insoniy fazilatlar yig'indisi. Inson jamiyatda yashar ekan nimalarnidur istaydi, orzu qiladi va intiladi.Yashashga bo'lgan intilish ortida ehtiyojlar turadi. Ehtiyojlar deb kishilarning yashashi, mehnat qilishi va ma'lum ijtimoiy mavqega ega bo'lishi uchun iste'mol etilishi zarur bo'lgan mahsulotlar va xizmatlar yig'indisiga aytiladi. Tabiiyki, har bir insonda hohish,istak turlicha bo'ladi. Ehtiyojlarning ko'rinishlari ko'p bo'lib, ularni bir-birlariga o'xshash tomonlarini e'tiborga olib,asosan 3 qismga bo'linadi. Moddiy ehtiyojlar ma'naviy ehtiyojlar Ijtimoiy ehtiyojlar MODDIY EHTIYOJLAR Insoniyat paydo bo'lishi bilan yuzaga keladigan ehtiyojlar moddiy ehtiyojlar deyiladi. Moddiy ehtiyojlar kundalik birlamchi ehtiyojlar bo'lib, ular oziq-ovqat,kiyim -kechak,uy-joy va boshqalardir. MA'NAVIY EHTIYOJLAR Bu ehtiyojlar jamiyat rivojlanib borishi natijasida yuzaga keladi. Bunday ehtiyojlarga bilim olish,malaka oshirish, dam olish davolanish kabilar kiradi. IJTIMOIY ehtiyojLAR Bu ehtiyojlar asosan mehnat qilishga bo'lgan ehtiyojlar bo'lib, kishilarning maqsadli faoliyatini bildiradi. Bugungi darsimizda Sizlar bilan ma'naviy ehtiyojlarni qoniqtirish natijasida yuzaga keladigan inson ma'naviyati haqida so'zlamiz. MA'NAVIYAT-arabcha ma'no so'zidan olingan bo'lib ruh, aql-idrok, ong, ruhiy holat, ichki kayfiyat, dadillik ma'nolarini bildirib, u insonning, xalqning, davlatning kuch- qudratidir. Ma'naviyat deganda odamning butun ruhiy va aqliy olami tushuniladi. Ma'naviyat kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini qamrab oladi. Malumki, insonnig tashqi va ichki olami bo'ladi. Tashqi olamiga uning bo'y-basti, ko'rinishi, qiyinishi, xatti-harakati, muomalasi va boshqalar kiradi. Ichki olami esa uning yashsashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu-istaklari, his-tuyg'ularini o'z ichiga oladi. Insonnig ana shu ichki olami MA'NAVIYATdir. Oziq-ovqatlar odamga jismoniy quvvat bersa, ma'naviyat unga ruhiy oziq va qudrat bag'ishlaydi.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Ma'naviyat degamda, avvalombor, odamni ruhan poklashga, qalban ulg'ayishga chorlaydigan, inson ichki dunyosini, irodasini baquvvat, iymon-e'tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg'otadigan kuchni tasavvur qilaman-deb aytgan. Ma'naviyat, bu - o'zligimizni anglash, milliy g'urur uyg'otishi, ya'ni milliy qadriyatlarimizning tiklanishi, til sofligi, dil sofligi, o'zligimizni nomoyon etish bilan millatimizni yuksaltirish. O'zlikni anglash deganda, bu - tarixni bilish, madaniyat merosni saqlash, til sofligiga erishish tushuniladi. Milliy qadriyatlar, bu - millatning qoidari, e'tiqodlari, orzu-istaklari va turmush tarzini ifoda etuvchi boyliklardir. Qadriyatlar inson tomonidan qadrlanadigan boyliklardir. O'z madaniy merosini bilmaslik, qadriyatlarini mensimaslik madaniyatsizlikdir, zero madaniyat yuksak ma'naviy fazilatdir. Jamiyatning yuksak darajada rivojlanishiga ongli ravishda o'z hissasini qo'shmagan, o'z ona tilini bilmagan, ta'lim-tarbiya ko'rmagan, millatni qadrlamagan insonlar ma'naviy qashshoqdir. Shuning uchun ham biz, o'qituvchilar, o'quvchilar ongiga Vatanparvarlik, yurtga sadoqat, insonparvarlik g'oyalarini singdirishmiz kerak-ki, toki biz tarbiyalayotgan farzandlar ma'nan qashshoq bo'lib qolmasin. Ma'naviy va axloqiy poklanish, iymon-e'tiqod, insof-diyonat, or-nomus, mehr-oqibat kabi insoniy fazilatlar o'z-o'zidan kelmaydi, albatta, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.19 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.19 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga