Pedagogik texnologiyalar pedagogikaning mustaqil sohasi sifatida Reja: Pedagogik texnologiyalar fan sifatida. Pedagogik texnologiyalarning asosiy kategoriyalari. Texnologiya tushunchasi. Pedagogik texnologiyalar tushunchasining paydo bo'lishi. Pedagogik texnologiyalarning tarixiy rivojlanish davrlari Pedagogika fani bugungi kunda ma'lum bir yuksalish bosqichiga ko'tarilmoqda. Buning albatta, obyektiv sabablari mavjud. Tarbiya maqsadining har bir davrda turlicha bo'lishi ijtimoiy tuzum, mafkuraviy qarashlarning o'zgarishi bilan bog'liq. Ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy rivojlanish davomida tarbiya maqsadiga erishish jarayoniga nisbatan pedagogik yondashuvlar ham turlicha bo'lgan. Demak ta'lim-tarbiyaning maqsadi, uning amalga oshirish jarayoni nazariy va amaliy jihatdan takomillashib borishi bilan pedagogika fani zamonaviy tus ola boshlaydi. Bizning zamonaviy pedagogikamiz bugungi kunda aynan shunday holatni boshdan kechirmoqda. Milliy mustaqillik qo'lga kiritilishi bilan istiqbol yo'llarimiz, milliy g'oya va mafkuramiz aniq qilib belgilab olindi. Biz o'z ta'limi-tarbiyaviy maqsadimiz va vazifalarimiz, uni amalga oshirish dasturlarimizni belgilab oldik. Prezidentimizning ma'naviy mafkuraviy, barkamol avlodni voyaga yetkazish borasida bir qator asarlarida ushbu yo'nalishdagi davlat siyosati ustivor masala ekanligi bir necha bor ta'kidlab o'tiladi. Bobokalonlarimizning azaliy orzulari, milliy va umumbashariy qadriyatlari, ma'naviy yodgorliklar zamonaviy pedagogikaning maqsadi va vazifalarini shakllanishiga asos bo'lmoqda. Davlatimiz tomonidan qabul qilinadigan Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ushbu maqsad yoritib berilgan. Zero, zamonaviy pedagogikaning bosh maqsadi ham yetuk, yuksak malakali, ma'naviyatli, ma'rifatli, mustaqil fikr yurita oluvchi, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdan iboratdir. Ko'zlangan maqsadga erishish uchun uzluksiz ta'lim tizimi tubdan isloh qilinmoqda. Ta'lim jarayoniga tabaqalashtirilgan yondashuv, o'quvchilarni turli kasb-hunar kollejlari, akademik litseylarda taxsil olishlarini ta'minlash zamonaviy pedagogika fani oldiga yuksak vazifalarni qo'ymoqda. Masalan, ushbu o'quv muassasalari uchun davlat ta'lim standartiga muvofiq keluvchi o'quv dasturlarini va darsliklar, o'quv qo'llanmalarini yaratish bugungi kun talablariga javob bermog'i lozim. Har biri turli variantlarda bo'lsagina, maqsadga to'g'ri xizmat qila oladi. O'quv -tarbiya jarayonlarini tashkil etishda ham an'anaviy usullardan farqli o'laroq, yangicha pedagogik yondashuvlarni o'zlashtirish va ta'lim jarayonida qo'llash zamon talabidir. Milliy dasturda bu masalaga alohida e'tibor berilgan. Albatta, ilg'or pedagogik texnologiyalar bizning fanimizga endigina kirib kelmoqda. Aslida esa ta'limga texnologik yondashuv masalasi rivojlangan demokratik xorijiy davlatlard bundan 30-yillar muqaddam paydo bo'lgan va ular bu sohada katta yutuqlarni qo'lga kiritgan. Bugungi kunda biz pedagogika sohasidagi ilg'or texnologiyalarni kengroq va chuqurroq o'zlashtirishimiz, ularni o'z mintaqamizga mos holda qayta ishlab chiqishimiz kerak bo'ladi. Pedagogik texnologiya tushunchasiga hozirgi kunda turlicha ta'riflar berilmoqda. Muhimi shuki, pedagogik texnologiya ko'zlagan maqsadga kafolatlangan natija sifatida erishishni ifodalovchi jarayondir. II. Pedagogika fani va amaliyotida turli yondashuvlar qo'llaniladi. An'anaviy yondashuv, tizimli yondashuv, texnologik yondashuv, funktsional, kompleks, faoliyatli yondashuvlar shular jumlasidandir. An'anaviy yondashuv. Uning asosiy xususiyati-o'qituvchi ma'lum axborotni, gapirib beradi, tushuntiradi, talaba esa bu blimni xotirasida saqlaydi. Bilim tushunchasi xotirada saqlanadigan ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.82 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:48
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.82 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:48 ]
Arxiv ichida: doc