RYeJA: O'zbekiston ta'lim tizimining dolzarb muammolari Pedagogik texnologiyaning umumiy asoslari Pedagogik texnologiyaning paydo bo'lishi, rivojlanishi va uning ta'riflari O'zbekiston ta'lim tizimining dolzarb muammolari Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturini bosqichma-bosqich va muvaffaqiyatli amalga oshirish ko'p jihatdan o'qituvchi faoliyati, uning kasbiy nufuzini oshirish bilan bog'liqdir. Shunday ekan, sog'lom va har tomonlama barkamol avlodni etishtirish uzluksiz ta'lim tizimida mehnat qilayotgan pedagogning saviyasiga, tayyorgarligiga va fidoiyligiga, uning yosh avlodni o'qitish va tarbiyalash ishiga bo'lgan munosabatiga bog'liqdir. O'qituvchi jamiyatning ijtimoiy topshirig'ini bajaradi, har tomonlama yetuk mutaxassislarni tayyorlashda o'qituvchi muayyan ijtimoiy-siyosiy, pedagogik va shaxsiy talablarga javob berishi lozim. Shunday ekan, o'qituvchi mustaqillik g'oyasiga e'tiqodli, har tomonlama rivojlangan ilmiy tafakkurga ega, kasbiga tegishli ma'lumoti bor, yani o'z fanining chuqur bilimdoni, pedagogik muloqot ustasi, pedagogik-psixologik va uslubiy bilim hamda malakalarni egallagan bo'lishi hamda turli pedagogik vazifalarni tezda yechishi, vaziyatlarni sezishi, o'rganishi va baholay olishi kerak. U pedagogik ta'sir ko'rsatishning eng maqbul usul va vositalarini tanlay olish qobiliyatiga ham ega bo'lishi lozim. Mustaqil O'zbekistonning kelajagi bo'lgan avlodni tarbiyalash nozik, nihoyatda katta diqqat-etiborni talab qiladigan, ichki ziddiyatli jarayondir. Shunday ekan, o'qituvchi o'quvchi yoki talabaning shakllanish jarayonini zo'r havas va sinchkovlik bilan kuzatishi lozim. U pedagogik jarayonni boshqarar ekan, pedagogik bilim va mahorat egasi bo'lishi lozim. Shundagina o'qituvchi pedagogik hodisalarning mohiyatini va dialektikasini, pedagogik mehnat metodi, kasb va texnologiyasini va professional pedagogikani tushunib etadi. Pedagogik bilim va mahorat egasi bo'lgan o'qituvchi, avvalo, pedagogika fanining metodologik asoslarini, shaxs rivojlanishining qonuniyatlari va omillarini, kadrlar tayyorlash milliy dasturining mohiyati, maqsad va vazifalarini bilishi kerak. ta'lim tizimida mehnat qilayotgan pedagoglarning ko'pchiligi ta'lim va tarbiya jarayonida pedagogik mahoratning zaruriyati va ahamiyatini tobora chuqur anglab bormokdalar. Shu sababli ular o'z mahoratlarini uzluksiz oshira borishga, hozirgi kunning yuksak talablariga mos zamonaviy bilim va tajribalarni o'zlashtirishga, ijodiy mehnat qilishga intilmoqdalar. Ammo shuni ham etirof etishimiz kerakki, o'quv yurtlarida ayrim o'qituvchilar o'z pedagogik mahoratlarini oshira borishning ahamiyatini etarli darajada his qilmaydilar, ta'lim to'g'risidagi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning talablarini chuqurroq o'rganishga qiziqmaydilar, o'quv jarayonining ilmiyligiga, zamon talablariga mosligiga, turmush va amaliyot bilan bog'lanishiga yuzaki qaraydilar, o'qitilayotgan o'quv fanlarining ilmiy va g'oyaviy-tarbiyaviy birligini doimo esda tutmaydilar. Bu esa ular qo'lida ta'lim olayotgan o'quvchi va talabalarning bilim darajasi va saviyasining etarli bo'lmasligiga, o'quv dasturlarini o'zlashtirishdan orqada qolishlariga sabab bo'lmoqda. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida amalga oshirilayotgan ta'lim sohasidagi islohotlarning birinchi va ikkinchi bosqichlari vazifalari muvaffaqiyatli hal qilinib, uchinchi bosqichdagi o'zgarishlar davom etmoqda. Bu bosqichda o'quv-tarbiya ishlarini butunlay yangi asosda tashkil qilish, yuqori sifat ko'rsatkichiga erishish talab qilinadi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
57.32 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:48
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
57.32 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:48 ]
Arxiv ichida: doc