Pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish tamoyillari, muommolar va yechimlar

Pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish tamoyillari, muommolar va yechimlar

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish tamoyillari, muommolar va yechimlar - rasmi

Material tavsifi

Pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish tamoyillari, muommolar va yechimlar Reja: 1. Ta'lim jarayonida testlardan foydalanish, noan'anaviy dars shakllari. 2. Og'zaki-ko'rgazmali yondashuv. 3. Ta'lim jarayonini tahlil qilib olish. Fanning ichki bog'lanishi va fanlararo bog'liqlik. 4. Pedogogik texnologiya va uning istiqbollari. 1. Ta'lim jarayonida testlardan foydalanish, noan'anaviy dars shakllari. Mustaqil shaxsni shakllantirish jarayoni uzoq va murakkab bo'lib, bir tomondan, barcha davlat tuzilmalari hamda ijtimoiy tashkilotlarning va ayniqsa, ta'lim tizimi mazmunining takomillashtirilishini, ikkinchi tomondan esa, bevosita ushbu masalani amalga oshirilishini ta'minlovchi yagona tarbiya tizimini barpo etish lozimligini taqozo etadi. Bu jarayonda kadrlar tayyorlashning yaqin kunlardagi va istiqboldagi vazifalari quyidagilardan iborat: 1.Erkin tafakkur qila oladigan shaxsni, mustaqillik va demokratiya g'oyalariga sodiq bo'lgan ongli fuqaroni, o'z Vatanining jonkuyari sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotga ongli ishtirok etishga, ijtimoiy jarayonga faol ta'sir ko'rsatishga, mamlakat taqdiri uchun zimmasiga mas'uliyat olishga qodir shaxsni kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish. 2. Mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga, tub ma'nodagi fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish ishiga demokratiya asoslarini joriy etish jarayonlarini jadallashtirish, tafakkur va bahslashish madaniyatini rivojlantirish, shaxsning ichki dunyosini boyitish, binobarin, yangicha ijtimoiy qadriyatlar va munosabatlarni shakllantirishdir. Boshqacha aytganda, yosh avlodda yangicha ong shakllanishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmog'i lozim. 3. Yosh avlod milliy istiqlol g'oyasini anglab olishi, bu g'oyaning har bir fuqaro uchun, Vatanning obod va farovon bo'lishi uchun hayotiy zarurat ekanligiga ishonch hosil qilish uchun aniq maqsadga yo'naltirilgan chora-tadbirlar tizimini ro'yobga chiqarish lozim. Tabiiyki, bu uzoq davom etadigan, barcha davlat tuzilmalari va jamoat tashkilotlarining, eng avvalo, uzluksiz ta'lim tizimi muassasalarining faoliyati va ayniqsa, mazmunini tubdan qayta ko'rib chiqishni talab etadigan murakkab jarayondir. Yoshlarni barkamol qilib yetishtirish jarayonida shaxsning tarbiyasi va har tomonlama rivojlanishini ta'minlashga e'tiborni kuchaytirish va ta'lim sohasida shaxsning tarbiyasi va har tomonlama rivojlanishiga ustunlik berishni ta'minlashdan iborat. Ta'lim-tarbiya jarayonining uch tarkibiy birligi - tarbiya, ta'lim, shaxsni rivojlantirish to'liq darajada amalga oshirilishiga erishish lozim. Ta'lim-tarbiya ishida rasmiyatchilik va beparvolik kabi illatlardan voz kechish kerak. Bu maqsadda mustaqil fikrlaydigan shaxsni tarbiyalashga yo'naltirilgan yangi uslub va vositalar ishlab chiqilishi hamda joriy etilishi zarur. Bugungi kunda pedagogikada o'quvchi-talabalarning ta'lim jarayonidagi faolligini oshirishga qaratilgan bir nechta o'qitish uslublari ishlab chiqilgan: muammoli o'qitish, ish faoliyatini ifodalovchi o'yinlar, rolli o'yinlar, mavzu bo'yicha o'qitish va h.k. Ularni oliy ta'lim tizimida keng qo'llaniladi, deb bo'lmaydi. Bizningcha, buning sababi har bir mashg'ulotga tayyorgarlik pedagogik izlanishni ko'zda tutishi, yuksak kasbiy bilim va mahoratni, ishda ijodiy yondashuv va ko'p vaqtni sarflashni talab qilishida bo'lsa kerak. Chunki har bir o'tiladigan mashg'ulot ishlanmasi o'ziga xos xususiyatga ega. An'anaviy o'qitish usuli Respublikamizda keng tarqalgan, biroq ta'lim sohasidagi islohotlarni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.84 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.84 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga