Pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish Reja: 1. Aniqlashtirilgan o'quv maqsadlarini shakllantirish. 2. O'quv jarayonini ishlab chiqish. 3.O'quv maqsadlariga erishish monitoringini loyihalashtirish. 4. To'la o'qitish konsepsiyasi va qayta takrorlanadigan o'qitish sikli tarkibi va tuzilmasi 1. Aniqlashtirilgan o'quv maqsadlarini shakllantirish. O'quv maqsadiga erishilganligini tekshirish uchun ishonchli usul bo'lgandagina, pedagogda uni baholash imkoniyati bo'ladi. Aynan shu bilan, yani aniq qo'yilgan maqsad va maqsadga erishilganligini baholashning ishonchli usul mavjudligi bilan, pedagogik texnologiya an'anaviy pedagogikadan ajralib turadi. o'quv fanlarining an'anaviy o'quv dasturlarda maqsadlar odatda «tushunmoq», «o'zlashtirmoq» kabi fellarni qo'llab umumiy ifodalanadi. Aniq qo'yilmagan maqsadlarga erishilganligini baholash imkoniyati bo'lmaydi. Pedagoglar maqsadlarni odatda qo'yidagicha qo'yadilar (M.V.Klarin bo'yicha): O'quv maqsadini o'rganiladigan mazmun orqali aniqlash. O'quv maqsadini bu usulda qo'yish bilimning fan mazmuniga yo'naltirilganligidan darak beradi. Masalan: beshinchi mavzu mazmunini o'rganing! O'quv maqsadi bunday qo'yilganda, maqsadga erishganligini tekshirish imkoniyati bo'lmaydi!. O'quv maqsadini pedagog faoliyati orqali aniqlash, o'quv maqsadini bu usulda qo'yilganida, pedagog diqqat markaziga o'z faoliyatini qo'yadi. Masalan: talabalarni avtomobilning pnevmatik tormozlarning ishlash prinsiplari bilan tanishtirish. Maqsadni ifodalashidan ko'rinib turibdiki, bu maqsad haqiqiy o'qitish natijasi bilan bog'liq emas. O'quv maqsadi bunday qo'yilganida, maqsadga erishganligini baholash umuman hisobga olinmagan. O'quv maqsadlarini talabaning ichki rivojlanish (aqliy, hissiy, shaxsiy…) jarayonlari orqali aniqlash. Ushbu usulda bir necha fanlar (masalan: umumta'lim fanlari) yoki alohida fan bo'yicha umumlashgan ta'lim maqsadlari aniqlanadi. Masalan: korxonaning moliya faoliyatini tahlil qilish ko'nikmalarini shakllantirish. Bu usul bir mavzu yoki mavzuning tayanch tushunchalari doirasiga mutlaqo to'g'ri kelmaydi. Bu usulda alohida bir mashg'ulot bo'yicha aniq maqsad qo'yib bo'lmaydi, demak o'qitish natijalarini baholash imkoniyati ham bo'lmaydi. O'quv maqsadini talabalar faoliyati asosida belgilash. O'quv maqsadini bunday qo'yganda, darsni rejalashtirish va aniqligi nazarda tutiladi. Ammo bunda ham eng muhim narsa, kutilajak natija hisobga olinmaydi. Masalan: dars maqsadi - korxona balans daromadini aniqlash bo'yicha masalalarni yechish. Bu holatda qo'yilgan maqsadga erishishni belgilovchi mexanizm nazarda tutilmagan. Pedagogik texnologiya negizida aniq qo'yilgan maqsadlarga ketma-ket yo'naltirish, yaxlit o'quv jarayonini qamrab olgan tezkor aloqa va talaba xatti-harakati orqali o'qitish yotadi. Talabalar xatti-harakati orqali o'qitish - pedagogik texnologiyalar falsafasining negizidir. Pedagogik texnologiyada o'quv maqsadlarni qo'yish usuli, bu o'quv maqsadlarining talaba xatti-harakatlari bilan ifodalangan o'quv natijalari orqali shakllantirishdan iboratdir. Bunda pedagog yoki boshqa ekspert talaba xatti-harakatini aniq ko'rishi yoki o'lchashi mumkin. Talabalar xatti-harakatlari orqali ifodalangan rejalashtirilgan o'quv natijalarini to'la tashxislash va o'qitishni qayta takrorlanish imkoniyat yaratish uchun, o'quv maqsadlari shundan aniq qo'yilishi kerakki, unga erishilganligini ikkilanmasdan aniqlash mumkin bo'lsin. Bazan ularni identifikatsion o'quv maqsadlari deb ham ataydilar. Maqsadni to'la identifikatsiya qilish g'oyasi asosida, talabalar faoliyatini an'anaviy umumiy qilib emas, balki aniq kuzatiladigan, o'lchamli qilib ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
72.7 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:48
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
72.7 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:48 ]
Arxiv ichida: doc