Pedagogik texnologiyalarni turkumlashtirish

Pedagogik texnologiyalarni turkumlashtirish

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogik texnologiyalarni turkumlashtirish - rasmi

Material tavsifi

Pedagogik texnologiyalarni turkumlashtirish Режа: Pedagogik texnologiyalarni turkumlashtirish: qo'llanish darajasiga ko'ra, falsafiy asosiga ko'ra, yetakchi omiliga ko'ra, ilmiy konsepsiyasiga концепциясига ko'ra, anglash faoliyatini tashkil etish va boshqarish turiga ko'ra va boshqalar. Pedagogik texnologiyaning mohiyati. Pedagogik texnologiyalar tizimli yondashuv sifatida. Ta'lim texnologiyalarining tarkibiy qismi. Pedagogik texnologiyalarning asosiy belgilari. 1.Qator yillar davomida pedagogik texnologiya nazariyasi va amaliyoti bir-biriga bog'liq bo'lmagan holda o'rganib kelindi va u turli faoliyat doiraisda edi. Bugungi kunda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini birlashtirishga mamlakatimizda ham imkoniyatlar mavjud. Nazariya va amaliyot birligining ta'minlanishi zamonaviy pedagogik texnologiyaning mohiyatini aniqlashga yo'l ochadi. Pedagogik texnologiyalarni quyidagicha turkumlashtirish mumkin: qo'llanish darajasiga ko'ra, falsafiy asosiga ko'ra, yetakchi omiliga ko'ra, ilmiy konsepsiyasiga концепциясига ko'ra, anglash faoliyatini tashkil etish va boshqarish turiga ko'ra va boshqalar. Pedagogik texnologiya, o'z tamoyillariga, binoan, tegishli tabiiy qobiliyatga va zaruriy o'qituvchilik ish tajribasiga ega bo'lgan yetuk pedagoglar tomonidan loyihalanadi. Pedagogik texnologiyaning tamoyillari, qayta takrorlanadigan o'rgatuvchi sikl sifatida ro'yobga chiqariladigan o'quv jarayonini yaratishga imkon beradilar. Qayta takrorlanadigan o'qitish shakli sifatida, qo'llaniladigan pedagogik texnologiyaning umumiy tarkibi (tuzilmasi) 1.5-rasmda tasvir etilgan. Pedagogik texnologiya quyidagi asosiy elementlardan iborat: O'ta aniqlashtirilgan o'quv maqsadlarini ishlab chiqish. Ularni o'lchash va baholash mezonlarini o'rnatish; O'quv maqsadlariga erishishga yo'naltirilgan, o'quv jarayonini ishlab chiqish va aniq tasvirlash; Butun o'quv jarayonini, o'qitish natijalariga kafolatli erishishga qaratish; Pedagogik texnologiyalarni yaratish amaliyoti shuni ko'rsatadiki, o'ta aniqlashtirilgan o'quv maqsadlarini ishlab chiqish uchun, amerikalik pedagog-olim B.Blum taksonomiyasidan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. O'lchov mezonlarini o'rnatish va ularni baholash ishlab chiqilgan diagnostik testlar yordamida bajariladi. Bunda, har bir o'quv materialining minimal o'zlashtirilish darajasini belgilash muhit ahamiyatga ega. Butun o'quv jarayoni, unga qaratilgan taqdirdagina, o'quv maqsadlariga erishish mumkin bo'ladi. O'quv jarayonini o'quv maqsadlariga erishishga yo'naltirish, o'quv rejasini ishlab chiqishdan boshlanadi. Birinchi navbatda o'quv rejadagi har bir fanning, mutaxassis tayyorlashdagi o'rni va va ahamiyatini aniq o'rnatish zarur. Bu esa, Davlat ta'lim standartlari va mutaxassis faoliyatining chuqur tahlili asosida bajariladi. O'quv fanining mutaxassis tayyorlashdagi roliga ko'ra, mashg'ulotlar turlari - ma'ruzaviy, amaliy (seminar), laboratoriya, mustaqil ishlar orasidagi munosabatlar o'rnatiladi. Yo'nalish fanlari uchun amaliy va laboratoriya mashg'ulotlariga ajratilgan o'quv soatlari ma'ruzaviy soatlardan ko'p bo'lishi kerak, chunki bu yerda olingan bilimlarni qo'llash, tahlil etish, sintez, baholash 1.5-rasm. «Pedagogik texnologiya» ning blok-sxemasi darajasida bo'lishi muhimdir. YA'ni, mutaxassis faoliyati uchun zarur bo'lgan malakalarga ega bo'lishi lozim. Boshqa turdagi o'quv fanlari uchun mashg'ulotlar turlari orasidagi munosabat o'zgacha nisbatlarda rejalashtiriladi. Shu bilan bir qatorda Oliy maktab o'quv jarayonining tashkil etish samaradorligiga, auditoriya soatlari va mustaqil ish uchun ajratilgan soatlar orastdagi nisbatlarni maqbullashtirish ta'sir ko'rsatadi. Ta'lim kursi oshishi bilan mustaqil ishlash malakalari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.36 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.36 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga