Pedagogik texnologiyalarni turlari va klassifikatsiyasi. Reja: 1. Pedigogik texnologiyalarning turlari. 2. Pedagogik texnologiyalarni shaxsni psixik xususiyatlarni rivojlantirish jihatidan guruhlash. 3. O'zlashtirish jarayoniga yondashuv jihatidan texnologiyalarni guruhlash. 4. Ta'lim tizimida munosabatlarni shakllanishi. Tayanch iboralar: O'qish, o'qitish, assotsiatsiya, yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlar, baholash texnologiyasi, pedagogik talab texnologiyasi, nutqiy-axborot, pedagogik konflikt tushunchasi; 1. Pedigogik texnologiyalarning turlari. Ijtimoiy voqelik ta'limni boshqarish muammolarini ko'rib chiqish va hal qilishni mustaqil yo'nalish sifatida ajratib olish, ta'lim-tarbiya jarayonini boshqarishning asoslangan usul, vositalarini ishlab chiqish va joriy qilish zaruratini belgilab berdi. Uning o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirish o'rtasidagi tashkiliy-boshqaruv, axborot aloqalari, ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik shaxsni shakllantirishdagi yaxlit jarayonning tarkibiy qismlari sifatini oshirdi. Bugungi kunda erkin va mustaqil fikrlovchi, ijtimoiy-siyosiy hayotda ongli ravishda faol ishtirok etishga qodir yosh avlodni shakllantirish «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning asosiy ustuvor yo'nalishidir. Bu esa mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga demokratik asoslarini joriy etishni, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishni tezlashtirish imkonini beradi. Dastur ta'lim muassasalari mustaqilligini kengaytirish orqali ta'lim boshqaruvini demokratlashtirishni o'z ichiga oladi. O'qish, o'qitish - inson faoliyatining boshqa sohalari singari ijtimoiy foydali faoliyatdir. Iqtisodiy tuzumlar nima ishlab chiqarayotgani bilangina emas, balki qanday va qanaqa mehnat qurollari bilan ishlab chiqarayotganligi bilan biri ikkinchisidan farq qiladi, degan g'oya o'qish-o'qitish faoliyatiga ham taalluqlidir. Pedagogika fanida ta'lim usullari rivojlanishiga shu nuqtai nazardan qarab, uni shartli ravishda quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin: 1. Muallim «o'z qo'l kuchi» bilan o'qitish bosqichi, ya'ni o'quvchi uchun axborot manbai - o'qituvchi bo'ladi. 2. O'quv kitoblari, darsliklar yaratilgan va keng qo'llanilgan bosqich. 3. Audiovizual vositalar qo'llanilgan bosqich. 4. O'qitishni boshqarishda oddiy avtomatlashtirish vositalarini qo'llash bosqichi. 5. O'qitishni zamonaviy EHM vositasida boshqarishni avtomatlashtirish bosqichi. Insoniyatning rivojlanish davrlari almashganda pedagogik texnologiyalar butunlay yo'q bo'lib ketmaydi, balki pedagogik texnologiyalar keyingi davrlarga assotsiatsiya orqali fikran bog'lanadi, yangi sifatlar, xususiyatlarga ega bo'lib, kuchayadi va boyiydi. Ushbu jarayon borgan sari tezlashib boradi. Kishilik tarixida 1-bosqich uzoq muddat davom etgan. Unda o'qituvchi o'z kuchiga, o'z bilim va mahoratiga asoslanib ish bajargan. Keyinchalik dunyoviy va diniy mazmundagi qo'lyozma kitoblar yaratildi, lekin o'quvchi ularning mazmunini o'qituvchi faoliyati vositasida o'zlashtiradi. 2-bosqich darsliklar yaratish va ulardan foydalanish texnologiyasi mukammal rivojlanmagan, lekin o'qitishning 1,2,3-bosqichlariga xos ta'lim vositalari maktablarga jadal kirib bormoqda. O'quv adabiyotlarini joriy etish qarama-qarshiliklar kurashi natijasida sodir bo'lgan. Keyingi davrlarda ham ta'lim sohasidagi jiddiy o'zgarishlar oson kechmagan. Bugungi kunda ham 1-bosqich texnologiyasi ruhida shakllangan ayrim pedagoglarda keyingi davrlarda vujudga kelgan o'quv vositalarini o'zlashtirib olishga, ta'lim-tarbiya jarayonini shu asosda tashkil etishga intilish sust darajada. 1-bosqich o'quv vositalari o'qituvchidan ko'p mehnat talab etadi va o'quvchining bilim, tayyorgarlik darajasi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.84 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.84 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:49 ]
Arxiv ichida: doc