Pedagogik texnologiyalarning ilmiy nazariy asoslari Reja: Kirish. Pedagogik texnologiya haqida tushuncha. Pedagogik texnologiya nazariyasi va amaliyotining kullanishining asosiy qonunlari va prinsiplari. Pedagogik texnologiyaning psixologik masalalari. Pedagogik mahorat-oliy ijodkorlik Adabiyotlar. Kirish Pedagogikada qayta takrorlanadigan pedagogik jarayonni yaratish oson emas. Bunga o'quv tarbiya vazifalarining turli tumanligi, ta'lim-mazmunini va o'quv materiallarining har xilligi, o'quvchilarning bilim uzlashtirish qobiliyatlari, xotira-xususiyatlari bir xil emasligi kabi kator omillar sabab bo'ladi. Shunga qaramay, rivojlangan mamlakatlarda omillar pedagogik texnologiya usulini ishlab chichdilar. Ular yaratgan pedagogik texnologiya usuli qayta takrorlanadigan pedagogik sikl bo'lib ta'lim olishda rejalashtirilgan natijalarni kafolatlaydi. Pedagogik texnologiya haqida tushuncha. Pedagogik texnologiya - bu ta'lim shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik vositalar, inson salohiyati hamda ularning o'zaro ta'sirini inobatga olib o'qitish va bilim uzlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish va qo'llashning tizimli metodidir. Pedagogik texnologiya haqida boshqa bir kancha ta'riflar mavjud: -pedagogik texnologiya amaliyotga joriy etish mumkin bo'lgan malum pedagogik tizim loyihasi; -pedagogik texnologiya ta'lim-tarbiyadan kuzlangan maqsadga erishish uchun o'quv jarayonida qo'llaniladigan usullar vositalar majmuidir. -pedagogik texnologiya oldindan belgilangan, loyihalashtirilgan o'quv-tarbiya jarayonini izchil amalga oshirishdir. Yukaridagi ta'riflar pedagogik texnologiya usulining mazmunini anglash va aniqlash jarayoni xali payoniga yetmaganligidan dalolat beradi. Bu masalaga oydinlik kiritish uchun, avvalo pedagogik texnologiya tushunchasining muhim belgilarini aniqlash talab etiladi, jumladan ta'lim jarayonini oldindan loyihalash va sinfda o'quvchilar bilar qayta ishlab chiqish; -ta'limning maqsadi real, aniq diagnostik bo'lishi va o'quvchining bilim uzlashtirish sifatini xolisona baholash; -ta'lim jarayonining tuzilish va mazmunin yaxshilash, o'zaro bog'liq va o'zaro ta'sirda bo'lishi; -ta'lim shakllarini optimallashtirish; -ta'lim jarayonida texnik vositalar va inson salohiyatining o'zaro ta'sirini hisobga olish; -ta'lim maqsadlarini kuzlagan etalon asosida o'quvchining kuzatiladigan, o'rganadigan harakatlari shaklida juda oydinlashtirish; -o'quvchining faoliyatiga karab o'qitish; -bilim uzlashtirish jarayonida yul qo'yilgan xatolarni aniklab, kuzatib borish; -belgilashni mezonlarga asoslangan test vazifalarini bajarish; -ta'limning rejalashtirilgan natijasiga erishishning kafolotlanganligi; -ta'lim samaradorligining yuqoriligi; Pedagogik texnologiya tushunchasiga doir mavjud ta'riflar hamda pedagogik texnologiya usulining muhim belgilari, xususiyatlari umumlashtirilgan holda keltirishi…. Pedagogik texnologiya-tizimi, texnologik yondashuvlar asosida ta'lim shakllarini kulaylashtirish, natijasini kafolatlash va xalisona baholash uchun inson salohiyati hamda texnik vositalarining o'zaro ta'sirini inobatga olib, ta'lim maqsadlarini oydinlashtirib, o'qitish va bilim uzlashtirish jarayonlarida qo'llaniladigan usul va metodlar majmuidir. Xullas, pedagogik texnologiya-o'qitish usuli, malum manoda ta'lim-tarbiya jarayonlari vositalari shakl va metodlari majmuidir. Pedagogik texnologiya nazariyasi va amaliyotining kullanishining asosiy qonunlari va prinsiplari. Pedagogik texnologiya nazariyasi va amaliyoti quyidagi qonuniyat va prinsiplarga asoslangan; -ta'lim-tarbiya tuzilish jarayoni va mazmuni jixotdan ta'lim jarayonini optimallashtirish, kulay sharoit yaratish o'z vaqt, kam kuch sarflab, yuqori natijaga erishish, zamonaviylik; pedagogik amaliyotga ilmiy asoslangan didaktik yangiliklarni yangi tartib qoidalarni joriy etish; ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.36 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.36 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:49 ]
Arxiv ichida: doc