Pedagogik texnologiyalarning mazmuni, maqsadi va vazifalari

Pedagogik texnologiyalarning mazmuni, maqsadi va vazifalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogik texnologiyalarning mazmuni, maqsadi va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Pedagogik texnologiyalarning mazmuni, maqsadi va vazifalari Reja: 1. Pedagogik texnologiyalarning vujudga kelishi va shakllanishi. 2. Pedagogik texnologiyalarning maqsadi, mazmuni va vazifalari. 3. Bugungi kunda pedagogik texnologiyalarga berilayotgan ta'riflarning tahlili. Pedagogik texnologiyalarning vujudga kelishi va shakllanishi Pedagogika fanining bir qismi bo'lib hisoblanuvchi metodika o'qitish usullari o'quv jarayonining samaradorligini oshirish kabi masalalar bilan shug'ullanar ekan, u uch yo'nalishda ish olib boradi. a) o'z faoliyati davomida qanday natijaga erishmoqchi, hozirgi davr talablari jamiyatning rivojlanish bosqichi va davlatning o'z oldiga qo'ygan vazifalaridan kelib chiqqan holda metodika fani ish olib boradi. Demak, birinchi vazifa maqsadni belgilashdir. ta'lim maqsadlarini belgilashda yoshlarning intellektual va ma'naviy rivojlanish darajasi, moddiy-texnika baza, yani iqtisodiy ta'limot, o'qituvchi kadrlarni malakaviy tayyorgarlik darajasi, fan-texnikaning rivojlanganlik darajasi kabilar hisobga olinadi. Ana shu omillarni o'rganib mavjud holatga baho beriladi va ulardan kelib chiqqan holda ta'lim maqsadlari belgilanadi. b) O'qitish zarur bo'lgan bilimlarning hajmini belgilash jarayonida birinchi galda belgilangan maqsadlarga asoslanadi. Biz qanday natijaga erishmoqchimiz va qanday bilimlar zarur va shart bo'lib hisoblanadi? Tobora kengayib va chuqurlashib borayotgan bilimlarning qaysilarini o'rganish lozim? Yoshlarning sog'lom, jismoniy va ruhiy rivojlanishlarini hisobga olish, miya reflekslarini ishlash imkoniyatlarini hisobga olish, bilimlar hajmini belgilashda hisobga olinishi zarur bo'lgan omillar qatoriga kiradi. Demak: 1. Maqsad omili. 2. Fan-texnikaning rivojlanish darajasi. 3. Inson imkoniyatlarini hisobga olish. Avval umumiy bilimlar hajmi, so'ngra esa o'rganish bosqichlari bo'yicha bilimlar hajmi belgilanadi. v) ta'limning maqsadi va o'rganish lozim bo'lgan bilimlar hajmi aniqlab olingach, ana shu bilimlarni qanday yo'llar va usullardan foydalangan holda egallash masalasi maydonga chikadi. Belgilab olingan bilimlarni kam mehnat va kam vaqt sarflab osonlik bilan egallash usullarini ishlab chiqish muhim masala bo'lib hisoblanadi. Metodika fani mana shu vazifani bajarishga bel bog'laydi Ammo bugungi kunda metodika fani umumiy yo'nalishlarni ko'rsatishga xususiy xulosalar chiqarishga pedagoglarning ilg'or tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan bo'lib, o'z vazifasini to'la qonli ravishda bajara olmayapti. Shuning uchun metodika fani bugungi kunda yangi pedagogik texnologiyalar bilan boyitilishi talab etilmoqda. Yangi pedagogik texnologiyalar metodikadagi umumiylikni aniqlik bilan to'ldirishga qaratilgan. Yangi pedagogik texnologiyalar o'quv jarayonining natijasini kafolatlash yuqori samaradorlikka erishish kam vaqt sarflab katta hajmdagi bilimlarni egallash imkonini tug'diradi. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat kursi bo'lajak pedagoglarda o'rgangan ta'lim va tarbiyaviy texnologiyalarni to'g'ri o'z o'rnida va yuqori samara bilan qo'llash malakasini hosil etishga qaratilgan bo'lib, u o'qituvchiga nutq malakasini, psixologik holatni boshqarish malakasini, o'quv jarayonini tashkil etish malakasini hosil etish yo'l-yo'riqlarini ko'rsatadi. ta'lim tizimida ta'lim jarayonini tashkil etish tarixiga nazar tashlasak, ta'limning rivojlanish tendensiyasini ko'rish mumkin: 1. Xotira maktabi. 2. Tushunib o'rganish maktabi. 3. Fikrlash maktabi. 4. Yangi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.77 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.77 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga