Pedagogik texnologiyani joriy etish muammolari RYeJA: Muammoli ta'lim texnologiyasining maqsad va vazifasi Innovatsion texnologiyalar asosida iqtisodiy fanlarni o'qitish Fikrlar hujumi (aqliy hujum) Muammoli ta'lim texnologiyasining maqsad va vazifasi Oliy o'quv yurtlarida o'quv-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishning muhim sharti mazkur jarayonga tizimli yondashuv sanaladi va o'qituvchilarga quyidagi dars turlari tavsiya etiladi: ma'ruza (kirish ma'ruzasi, mavzuli ma'ruza, umumlashtiruvchi ma'ruza) mashg'ulotlari. Seminar (bilimlarni mustahkamlovchi, yangi bilimlarni mustaqil egallashga mo'ljallangan) darslari. Modulli dars. Muammoli (aqliy hujum) darslar. Munozarali (ilmiy munozara va erkin fikrlash) darslar. Didaktik-o'yinli (syujetli-rolli, ijodiy, ishbilarmonlar, konferensiyalar, o'yin-mashqlar) darslar. Sinov (didaktik kartochkalar, test topshiriqlari, o'zaro nazorat varag'i yordamida, AKT nazorat dasturlari vositasida o'tkaziladigan) darslari. Mazkur darslarning o'ziga xos jihati dars davomida vujudga keltirilgan muammoli vaziyatlarga asoslanadi. Muammoli ta'lim deyilganda, o'qituvchi (pedagog) rahbarligida muammoli vaziyat yuzaga keltirilib, mazkur muammo o'quvchi-talabalarning faol mustaqil faoliyati natijasida bilim, ko'nikma va malakalarni ijodiy o'zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta'lim jarayonini tashkil etish nazarda tutiladi. Shuningdek, muammoli o'qitishning mohiyatini o'qituvchi (pedagog) tomonidan o'quvchi-talabalarning o'quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o'quv vazifalarini, muammolarini va savollarini hal qilish orqali yangi bilimlarni o'zlashtirish bo'yicha ularning bilish faoliyatini boshqarish tashkil etadi. Bu esa bilimlarni o'zlashtirishning ilmiy-tadqiqot usulini yuzaga keltiradi. Muammoli ta'limning muvaffaqiyati quyidagi omillarga bog'liq: O'quv materialini muammolashtirish; O'quvchi-talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish; ta'lim jarayonini o'yin, mehnat faoliyati bilan uyg'unlashtirish; O'qituvchi (pedagog) tomonidan muammoli metodlardan o'z o'rnida samarali foydalanish ko'nikmasiga ega bo'lish; Muammoli vaziyatni hal etish yuzasidan muammoli savollar zanjirini tuzish va mantiqiy ketma-ketlikda o'quvchi-talabalarga bayon etish. Muammoli metodlar muammoli vaziyatlarni vujudga keltirib, o'quvchi-talabalarning muammoni hal etish, murakkab savollarga javob topish jarayonida alohida obyekt, hodisa va qonunlarni tahlil qilish ko'nikmalari va bilimlarni faollashtirishga asoslangan faol bilish faoliyatini taqozo etadi. Muammoli vaziyat muayyan pedagogik vositalarda maqsadga muvofiq tashkil etiladigan o'ziga xos o'qitish sharoitida yuzaga keladi hamda o'rganilgan mavzular xususiyatlaridan kelib chiqib, bunday vaziyatlarni yaratishning maxsus usullarini ishlab chiqish zarur. O'qitishda muammoli vaziyat shunchaki «fikr yo'lidagi kutilmagan to'siq» bilan bog'langan aqliy mashaqqat holati emas, balki u bilish maqsadlari maxsus taqozo qilgan aqliy taranglik holatidir. Bunday vaziyat negizida avval o'zlashtirilgan bilim izlari va yangi yuzaga kelgan vazifani hal qilish uchun aqliy va amaliy harakat usullari yotadi. Bunda har qanday mashaqqat muammoli vaziyat bilan bog'liq bo'lmasligi mumkin, yani yangi bilimlar avvalgi bilimlar bilan bog'lanmasa, aqliy mashaqqat muammoli bo'lmaydi. Muammoli vaziyat har qanday fikrlash mashaqqatlaridan farq qilib, unda o'quvchi-talaba mashaqqat talab qilgan tushuncha yoki faktning unga avval va ayni vaqtda malum bo'lgan vazifa, masala bo'yicha ichki, yashirin aloqalarini anglab etadi. Muammoli vaziyatning belgilari quyidagilar: - o'quvchi-talabaga ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.48 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.48 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:49 ]
Arxiv ichida: doc