Pedagogik texnologiyani qo'llash bilan bog'liq tashkiliy-uslubiy ishlar RYeJA: Ayrim pedagogik va psixologik tajribalar Pedagogik texnologiyaning tajriba-sinovlari Ayrim pedagogik va psixologik tajribalar Uzluksiz ta'lim tizimida davlat buyurtmasi va ijtimoiy talabga muvofiq har bir ta'lim muassasasi va unda xizmat qiluvchi pedagog-kadrlar zimmasiga ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish, ilm-fanning so'nggi yutuqlarini amaliyotga joriy etish orqali ijodkor, ijtimoiy faol, yuksak ma'naviyatli, kasb-hunarli, el-yurtga sadoqatli milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalangan, ijodiy va mustaqil fikr yurita oladigan, davlat, jamiyat va oila oldida o'z burchi va javobgarlini his eta oladigan, raqobatbardosh barkamol shaxsni tarbiyalash va kamolga yetkazish, ularning ongi va qalbiga milliy istiqlol g'oyasini singdirish kabi muhim vazifalarni amalga oshirish yuklatilgan. Ushbu vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishi ta'lim-tarbiya jarayonida zamonaviy ta'lim texnologiyalardan foydalanish bilan uzviy ravishda bog'liq. ta'lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish, eng avvalo, pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratizatsiyalashni talab qiladi. Bunday munosabatlarni tashkil etmasdan turib qo'llangan har qanday pedagogik texnologiya kutilgan samarani bermaydi. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratizatsiyalash asosidagi pedagogik texnologiya avtoritar texnologiyaga qarama-qarshi bo'lib, unda hamkorlik, g'amxo'rlik, bilim oluvchi shaxsini hurmat qilish kabilardan iborat o'quv faoliyati tashkil etiladi. Pedagogning o'quvchi yoki talabaning shaxsiga bo'lgan insonparvarlashtirilgan munosabati bolalarni sevish, ularning taqdiri uchun qayg'urish, shaxsga bo'lgan yuksak ishonch, o'zaro hamkorlik, mukammal muloqot madaniyati, ixtiyoriylik va erkinlik, rag'batlantirish va kamchiliklarga chidamlilik hisobiga amalga oshadi. Ko'zlangan maqsadga erishish uchun o'quv jarayonidagi barcha ishtirokchilarning faolligi va teng huquqliligi talab etiladi. ta'lim-tarbiya jarayonini demokratizatsiyalash - bilim beruvchi va bilim oluvchilarning fuqarolik huquqlarini tenglashtirish, o'quvchilarda tanlash va o'z fikri hamda nuqtai nazarini erkin bayon etish sharoitining yaratilishiga olib keladi. Bu O'zbekiston Respublikasining asosiy Qonuni -Konstitutsiyasi bilan kafolatlangan me'yorlarga ham muvofiq keladi. Yangi munosabatlarning o'zida xos jihati, an'anaviy ta'limdagidan farq qilib, o'quvchilarning mustaqilligi va ijodiy o'quv faoliyatini taqiqlamasdan ularni belgilangan maqsadga yo'naltirish, o'quv faoliyatini hamkorlikda tashkil etish, qiziqtirish, ehtiyojlarni hisobga olish va erkin hamda faol mehnatga undash tufayli amalga oshirilishi bilan xarakterlidir. ta'lim-tarbiya jarayonida vujudga kelgan yangi pedagogik munosabatlar mazkur jarayonda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llashni taqozo etadi. Buning uchun pedagogik texnologiyalarni joriy etishning o'ziga xos vositalari zarur bo'ladi. Ular xilma-xildir. Verbal (nutq so'zlash, ma'ruza, suhbatlashish, savol-javoblar, bahs-munozara, muzoqara, axborot va ma'lumot berish, kengashish, maslahatlashish, nasihat yoki tanbeh berish kabilar), noverbal (imo-ishora, qo'l va gavda harakatlari yordamida malum mano-mazmunni ifodalash yoki takidlash), vizual (ko'rgazmalilik elementlari-plakatlar, jadvallar, suratlar, diagrammalar, sxemalar, yozuv va tasvirlar, fotosuratlar, tarqatma materiallar, video lavhalar, jonli va jonsiz obyektlar, turli buyumlar va boshqalar), audio (magnit yozuvlari, lingofon va radio vositalar, musiqa va nutqiy asarlar kabilar), tabiiy (odam, hayvon, o'simlik, mashina va ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.25 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.25 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:49 ]
Arxiv ichida: doc