REJA: Pedagogik texnologiyaning nazariy asoslari. O'qitishga texnologik yondashuvni vujudga kelishi va rivojlanishi. O'zbekistonda pedagogik texnologiyaga oid ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan olimlar. Ta'lim tizimida pedagogik texnologiyani paydo bo'lishi. Pedagogik texnologiyaning nazariy asoslari. O'zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (1997 y.) ni amalga oshirishning ikkinchi bosqichida «o'quv-tarbiyaviy jarayonni ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan ta'minlashning muhimligi» alohida qayd qilingan. Shuning uchun ham mamlakatimiz o'quv yurtlarida pedagogik texnologiyaga qiziqish ortib unga turlicha qarashlar, va bu tushunchani o'ziga xos talqin qilishlar, shuningdek, pedagogik texnologiyani o'quv jarayoniga joriy etishga ham turlicha yondashuvlar sodir bo'lmoqda. Ushbu bo'limda o'tgan asrning 60-yillarida AQSH (B. Blum, D. Kratvol, N. Gronland, J.Kerrol) da yaratilgan va jahondagi 30 ga yaqin mamlakatlar ta'lim tizimida muvaffaqiyatli qo'llanib kelinayotgan pedagogik texnologiyaning mohiyati, uning nazariy asoslari, o'ziga xos xususiyatlari hamda bu texnologiyaning mamlakatimiz ta'lim tizimiga joriy etishning ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Zero, o'qitishga texnologik yondashuvning o'zbek xalq pedagogikasi g'oyalari bilan uyg'unlashtirib o'quv jarayoniga tadbiq etish, kadrlar tayyorlash sifatini jahon ta'lim standartlariga muvofiqlashtirishda alohida o'rin tutishi muqarrardir. Shuni ta'kidlash lozimki, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan barcha o'quv yurtlarda ilg'or pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo'yicha aniq maqsad sari samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 1997 yil aprel-iyun oylarida o'tkazilgan Respublika ilmiy-amaliy seminarlar dasturida pedagogik texnologiyani o'quv jarayoniga joriy etish masalasi o'z aksini topgan. O'sha yili avgust oyida «Muammolar» institutida «Ilg'or pedagogik texnologiyalar» bo'yicha jadallashtirilgan malaka oshirish kursi tashkil qilinib, unda professor B. L. Farberman qiziqarli ma'ruzalar o'qidi. U ta'kidlaganidek: «Ko'p bosqichli ta'lim tizimi, yangi standart va o'quv dasturlari joriy etilayotgan hozirgi davrda o'qitishni eskicha uslub bilan olib borishga yo'l qo'ymaslik kerak». O'tgan davr mobaynida bu institut tomonidan Respublikamizdagi bir nechta oliy o'quv yurtlarida pedagogik texnologiyani o'quv jarayoniga joriy etish masalasiga bag'ishlangan maxsus kurs va seminarlar o'tkazildi. Xususan, 199 yilning o'zida Respublika (8-9 aprel) va 7 ta hududiy seminarlar o'tkazildi («Ta'lim muammolari» 199 y. № 1-2). Bu esa, hozirgi kunda pedagogik texnologiyani o'quv jarayoniga joriy etish, Vazirlik miqyosida eng dolzarb masalalardan biri ekanligini yaqqol ko'rsatib turibdi. 2. O'qitishda texnologik yondashuvni vujudga kelishi va rivojlanishi. Vazirlik ko'rsatmalariga amal qilgan holda Toshkent Kime-txnologiya institutida ham pedagogik texnologiyani o'quv jarayoniga qo'llash bo'yicha bir muncha ishlar qilinmoqda. Jumladan, institut ilmiy kengashi yig'ilish qarori bilan professional-pedagogik tayyorgarlik yo'nalishi ishchi o'quv rejasiga 122 soat hajmda «Ilg'or pedagogik texnologiyalar» fani kiritildi va u hozirgi kunlarda ham o'qitilmoqda. 199 yildan esa ta'lim standartlariga muvofiq Respublikamizdagi pedagogik kadrlar tayyorlovchi barcha oliy o'quv yurtlarida bu fanni o'qitilishi joriy qilindi. Uning ahamiyati shundaki, mazkur ta'lim yo'nalishi bitiruvchilarining asosiy qismi akademik ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
54.4 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
54.4 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:49 ]
Arxiv ichida: doc