Pedagogik texnologiyaning didaktik masalalari Reja: 1. o'quv jarayonini texnologiyalashtirish. ta'lim texnologiyasining tarkibiy tuzilmasi. 2. o'quv jarayonini loyihalash bosqichlari. 3. ta'limni tashkil etish shakllari. ta'lim metodlari, usullari va vositalari. 4. Pedagogik texnologiya turlari. Tayanch so'zlar: ta'lim mazmuni, ijtimoiy ehtiyoj, ta'lim maqsadi, ta'lim shakli, metod, usul, vosita, muammoli ta'lim. Muayyan o'quv mashg'uloti jarayonining loyihasini ishlab chiqish quyidagi bosqichlardan iborat bo'ladi: 1-bosqich. ta'lim jarayonini loyihalashning dastlabki bosqichi o'quv predmetining mundarijasidan joy olgan mavzu yoki faoliyat mazmuniga doir manbalarni o'rganish, chunonchi, materiallarni yigish va ularning g'oyasi (mohiyati) bilan tanishib chiqish, ularda ilgari surilgan g'oyalarni umumlashtirish, turkumlashtirish hamda yaxlitlashdan iborat. o'quv predmetining mavzusi yoki faoliyat mazmuniga doir manbalar mohiyatini urganib chiqish o'qituvchi uchun o'quvchilar etiboriga takdim etilayotgan mavzu (faoliyat mazmuni) xususida ularga batafsil, mukammal ma'lumotlarni bera olish, ta'limning umumiy jarayonini tasavvur etish imkonini beradi. 2-bosqich. Ikkinchi bosqich o'quv predmetining mavzusi (faoliyat mazmuni) yuzasidan yagona, umumiy maqsadni aniq belgilash, umumiy maqsad doirasida kichik bo'lim (band)lar bo'yicha xal etiluvchi xususiy maqsadlarni xam belgilash, ta'lim maqsadiga erishish yo'lida ijobiy xal etib borilishi lozim bo'lgan vazifalarni ishlab chiqishga yunaltiriladi. ta'lim maqsadi va vazifalarining aniq, puxta belgilab olinishi o'qituvchi, shuningdek, o'quvchilar faoliyatini muayyan yo'nalishga solish, ta'lim maqsadiga erishishda vaqtdan unumli foydalanish, ta'lim jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan didaktik va tarbiyaviy muammolarning oldini olish, mavjud shart-sharoitlardan oqilona foydalanishga zamin hozirlaydi. Ikkinchi bosqich natijasi o'quv predmeti (faoliyat mazmuni)ning mavzusi bo'yicha yagona, umumiy hamda xususiy maqsadlar, shuningdek, vazifalarni kayd etish bilan tavsiflanadi. 3-bosqich. ta'lim jarayonini loyihalashning uchinchi bosqich ta'lim maqsadi va vazifalariga tayanilgan holda, o'quv jarayonining mazmunini ishlab chiqishdan iboratdir. ta'lim jarayoni o'quv materiali mazmunini yoritishga xizmat qiluvchi muayyan mavzu (faoliyat mazmuni) bo'yicha nazariy va amaliy bilimlar majmuini ifoda etish imkonini beradi. ta'lim mazmunida, shuningdek, o'quvchilar tomonidan uzlashtirilishi lozim bo'lgan tushuncha, ko'nikma hamda malakalarning xajmi xam o'z ifodasini topa olishi lozim. Zero, ta'lim mazmunining g'oyaviy jihatdan mukammalligi o'quvchi tomonidan muayyan bilim, ko'nikma va malakalarning uzlashtirish darajasi bilan belgilanadi. Uchinchi bosqich samarasi o'quvchi tomonidan malum tushunchalarning uzlashtirilishi, ko'nikma va malakalar shakllanishini taminlovchi shartlarning ishlab chikilganligida namoyon bo'ladi. 4-bosqich. ta'lim jarayonini loyihalashning eng muhim bosqichi sanalgan turtinchi bosqichda mashgkulotning shakli, metod va vositalarini tanlash kabi harakatlar amalga oshiriladi. Mazkur bosqichning muhimligi shundaki, aynan mashg'ulot shakli, metod va vositalari ta'lim jarayonining muvaffakiyatini ta'minlanishiga olib keladi. Ular yordami bilangina o'quv predmetining mavzusi (faoliyat mazmuni) borasidagi nazariy bilimlar o'quvchilarga uzatiladi, o'quvchilar tomonidan esa ushbu bilimlar kabul qilib olinadi. Muayyan mashg'ulot uchun eng makbul deb topilgan shakl, metod va vositalarning belgilanishi ta'lim jarayonining kariyib 90 foizlik muvaffakiyatini kafolatlaydi. Yangi, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.65 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.65 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:49 ]
Arxiv ichida: doc