Pedagogik texnologiyaning ilmiy asoslari

Pedagogik texnologiyaning ilmiy asoslari

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogik texnologiyaning ilmiy asoslari - rasmi

Material tavsifi

Pedagogik texnologiyaning ilmiy asoslari Reja: 1. Pedagogik texnologiya-ta'lim taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi. 2. ta'limni rivojlantirishning yangi bosqichida pedagogik texnologiya mohiyati va muammolari. 3.Pedagogik texnologiya fanining maqsad va vazifalari. 4.Pedagogik texnologiya taraqqiyoti tarixi. 5.ta'lim va tarbiya texnologiyasi. Tayanch iboralar: texnologiya, pedagogik texnologiya, pedagogik texnologiya tarixi, ta'lim texnologiyasi,tarbiya texnologiyasi, pedagogik texnologiya darajalari. O'zbekistonda ta'lim - tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri «shaxs manfaati va ta'lim ustivorligi»dir. Bu omil davlatimizning ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi tufayli ta'limning yangi modeli yaratildi. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan bu modelni amalga oshirish bilan hayotimiz jabhalarida ro'y beradigan «portlash effekti» natijalari ro'yi-rost ko'rsatib berildi, yani: -ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta'sir qiladi va natijada mamlakatimizdagi mavjud muhit butunlay o'zgaradi.; - insonning hayotdan o'z o'rnini topish jarayoni tezlashadi; - jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi; - jamiyatimizning potentsial kuchlarini ro'yobga chiqarishda juda katta ahamiyat kasb etadi; - fuqarolik jamiyati qurishni ta'minlaydi, model vositasida dunyodan munosib o'rin olishga, o'zbek nomini yanada keng yoyib tarannum etishga erishiladi «Portlash effekti» sari shijoat bilan qadam tashlash, yo'llarda uchraydigan qiyinchiliklarni bosqichma-bosqich va izchil hal etish masalalari nafaqat pedagog nazariyachi va amaliyotchilarni junbushga keltiradi, balki jamiyatimizni to'liq pedagoglashtirish muammosini ijtimoiy buyurtma sifatida keltirib chiqaradi. Demak, jamiyatimizning har bir fuqarosini tarbiya asoslari bilan tanishtirish, yosh avlodni barkamol inson qilib voyaga yetkazish jarayonini yangi pedagogik «qurol» va vositalar bilan ta'minlash davr taqazosidir. Pedagogik texnologiya (PT) - shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida 3 - ming yillikda davlatimiz ta'lim sohasida tub burilishlar yuz beradi, o'qituvchi faoliyati yangilanadi, talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg'ulari tizimli ravishda shakllantiriladi. ma'lumotlilik asosida yotuvchi bosh g'oya ham tabiat va inson uzviyligini anglab etadigan, avtoritar va soxta tafakkurlash usulidan voz kechgan, sabrbardoshli, qanoatli, o'zgalar fikrini hurmatlaydigan, milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlar kabi shaxs sifatlarini shakllan-tirishni ko'zda tutgan insonparvarlik hisoblanadi. Bu masalaning yechimi qaysi darajada ta'limni texnologiyalashtirish bilan bog'liq? Dastlab «texnologiya» tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so'z tenikaviy taraqqiyot bilan bog'liq holda fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha ikki so'zdan - «texnos» (techne) - san'at, hunar va «logos» (logos) - fan so'zlaridan tashkil topib «hunar fani» manosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni to'liq tavsiflab berolmaydi. Texnologik jarayon har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni (operatsiyalarni) muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko'zda tutadi. Yanada aniqroq aytadigan bo'lsak, texnologik jarayon - bu mehnat qurollari bilan mehnat obyektlari (xom ashyo)ga bosqichma-bosqich ta'sir etish natijasida mahsulot yaratish borasidagi ishchi (ishchi-mashina)-ning faoliyatidir. Ana shu ta'rifni tadqiqot mavzusiga ko'chirish mumkin, yani: PT - bu o'qituvchi (tarbiyachi)ning o'qitish (tarbiya) vositalari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.8 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.8 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga