Pedagogik texnologiyaning mazmuni va interaktiv metodlari Pedagogik texnologiyaning rivojlanishini 4 bosqichga bo'lish mumkin: 1-bosqich - 40-50 yillar. Pedagogik texnologiya ta'lim jarayonida audiovizual (texnik vositalar) vositalardan foydalanish deb tushunilgan. 2-bosqich. 50-60 yillar. Ta'lim texnologiyasi programmalashtirilgan ta'lim sifatida qaralar edi. 3- bosqich. 60-70 yillar. Ta'lim jarayonini loyihalashtirib, aniq belgilangan maqsadning kafolatlangan natijasiga erishish sifatida qaraladi. 4- bosqich. Ta'lim jarayoniga kompyuter texnologiyasi va axborot texnologiyalarining kirib kelishi bilan bog'liq. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA BMT ning nufuzli idoralaridan biri bo'lgan YUNESKO ta'rificha: Ta'lim texnologiyasi - ta'lim modellarini optimallashtirish maqsadida, inson va texnika resurslari va ularning o'zaro ta'sirini hisobga olgan holda, butun o'qitish va bilimlarni o'zlashtirish jarayonini aniqlash, yaratish va qo'llash tizimidir. V.P.Bespalko: «har qanday faoliyat yoki texnologiya, yoki san'at bo'lishi mumkin. San'at ichki sezgi (intuitsiya)ga, texnologiya esa fanga asoslanadi. hammasi san'atdan boshlanadi va texno-logiya bilan tugaydi va yana qaytadan boshlanadi» - degan edi. M.Ochilov Pedagogik texnologiya - tizimli, texnologik yondashuvlar asosida ta'lim shakllarini qulaylashtirish, natijasini kafolatlash va obyektiv baholash uchun inson salohiyati hamda tex-nik vositalarning o'zaro ta'sirini inobatga olib, ta'lim maqsadlarini oydinlashtirib, o'qitish va bilim o'zlashtirish jarayonlarida qo'llani-ladigan usul va metodlar majmuidir, degan ta'rifni beradi. Pedagogik texnologiyaga professor N.Saidahmedov: Pedagogik texnologiya bu o'qituvchi (tarbiyachi) tomonidan o'qitish (tarbiya) vositalari yordamida o'quvchilarga ta'sir ko'rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni-degan ta'rifni beradi. Ta'lim texnologiyasi - oldindan belgilangan o'quv maqsadlariga erishishni kafolatlaydigan, ta'lim jarayonida inson va texnika resusrlaridan foydalanishning loyihalashtirilgan muayyan tizimi. XTV Multimediya umumta'lim dasturlarini rivojlantirish markazi ta'rifi. Pedagogik texnologiya ning uchta aspekti Nazariya: Pedagogik texnologiya pedagogika fanining, ta'limning maqsadi, mazmuni va metodlarini ishlab chiquvchi, pedagogik jarayon loyihasini tuzuvchi qismi. Harakatli jarayon : Ta'limning rejalashtirilgan natijasiga erishish uchun uning maqsadi, mazmuni, metod va vositalariga erishishni tasvirlash jarayonini yoki algoritmi Amaliy jarayon: Pedagogik texnologiya jarayonini amalga oshirish, shaxsga ma'lum sifatlarning shakllanishi uchun pedagogik jarayon vositalarini ishga solish. Pedagogik texnologiyani o'quv amaliyotida uzviy bog'liq uch ierarxik(uch xil) darajada ko'rsatish mumkin: Pedagogik texnologiya tarkibiga quyidagilar kiradi. Pedagogik texnologiya quyidagilarni ta'minlaydi. Ta'lim jarayonini amalga oshirish va baholashni rejalashti-rishda quyidagi mezonlarga tayaniladi:. Konseptuallik: Har bir pedagogik texnologiya o'z tarkibida falsafiy, psixologik, didaktik, ijtimoiy pedagogik asosni qamrab olgan aniq ilmiy kontseptsiaga tayanishi lozim. Tizimlilik: Pedagogik texnologiya hamma o'zaro bog'liq qismlardan iborat tizimning mantiqiy jarayoni belgilariga ega bo'lishi va yaxlit bo'lishi lozim: Jarayonning mazmun-mohiyati uning qismlarining uzviy bog'liqligi, yaxlitligidan iborat. Samaradorlik. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar raqobatli shartlar asosi-da mavjud bo'lib, natijalar bo'yicha samara berishi, optimal hara-katli bo'lishi va ta'limning ma'lum bir standartlarini kafolatlashi shart. Qo'llanuvchanlik. Pedagogik texnologiya bir xil ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
604.85 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:49
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
604.85 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:49 ]
Arxiv ichida: pptx