Pedagogik texnologiyaning mohiyati Reja: Loyihalanish tamoyili Tizimlilik tamoyili Pedagogik texnologiyaning mohiyati Pedagogika talabalar guruhi bilan ishlashda yuqori natijaga erishish yo'llarini doimo izlab kelgan va o'z vosita, usul va shakllarini hamma vaqt takomillashtirib kelgan. Ko'zlangan maqsadga erishish imkoniyatini beruvchi, qandaydir usul yoki usullar majmuasini topish ilinjida bo'ldi. Buning natijasida turli uslubiyotlar paydo bo'ldi. Pedagogik tajriba to'planishi bilan yangi, samaraliroq uslubiyotlar yaratila bordi. Ammo, yangi uslubiyotlarni yaratish borasidagi amaliy ishlar natijasi, o'sib borayotgan talablarga hamma vaqt ham javob bermas edi. O'qitishdagi doimiylik, rejalashtirilgan natijalarga erishish kafolati kabi muammolar o'z yechimini kutar edi. O'quv maqsadlarning noaniq va mujmal qo'yilishi, shu bilan bog'liq o'qitishdan kutilgan natijaning yo'qligi, an'anaviy ta'lim maktabining kamchiligi hisoblanadi. Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti sharoitida, oliy ta'lim muassasasi, o'qitishdan kutiladigan natija yo'qligidek, ortiqcha daxmazaga yo'l qo'ya olmaydi. O'qitish natijasi aniq va erishiladigan bo'lishi lozim, aks holda, tayyorlangan mutaxassislarga ehtiyqj ham noaniq bo'ladi va ular talab qilib olinmaydi. An'anaviy o'qitish maktabiga tayangan oliy ta'lim muassasasi, hozirgi zamon ishlab chiqarish va boshqa sohalarning aniq talablariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlashga qodir bo'lmaydi. Shuning uchun, o'quv jarayonini takomillashtirish, talabalar qiziqishini oshirish, o'qitish natijalarini yaxshilashning eng samarali yo'llarini izlash ishlari uzluksiz davom ettirilmoqda. O'qitish sifatini oshirish, obyektiv zaruriyatga aylanganligi tufayli, alohida o'qitish uslublaridan pedagogik texnologiyaga o'tish muammosining dolzarbligi ortib bormoqda. O'quv jarayonini birinchi marta ushbu tarzda talqinlash Y. A.Komenskiyning pedagogikasida uchratish mumkin. Коменский асарларида, инсон табиати қонуниятига уйғунлашган ўқитиш tartibini izlash urinishlari mavjud. O'qitish texnologiyasining asosiy elementlari - dars tamoyili, sinf tamoyili, o'qitishning predmetligi, o'quv materialini bayon etishning umumtartibi - aynan Y.A.Komenskiy tomonidan ishlab ehiqilgan edi, bu esa uning pedagogik tizimining individual jamiyatdagi uning ommaviy so'ngra umumiy ta'limi ehtiyoji uchun uzoq yillar xizmat qilishini ta'minlaydi. U o'qitishning yagona takomillashgan usulini ko'z oldiga keltirib, uni soat mexanizmining aniq va ravon ishi bilan taqqoslagan edi. Komenskiy Y.A. bu haqda - «O'qitish san'ati - vaqt, fanlar va usullarning mohirona taqsimotidan boshqa heeh narsani talab etmaydi. Agar biz bu taqsimotni aniq o'rnata olsak, maktab yoshlarini ulaming soni qanehaligidan qat'iy nazar, tipografiya asboblari bilan minglab qog'ozlarni nafis harflar bilan bezatishdan yoki Arximed mashinasini o'matib, uylar, minoralar yoki xilma-xil og'irliklarm ko'chirishdan, yoki minglab kemada okearmi kestb o'tib, Yangi Olamga (Amerikaga) jo'nab ketishdan ham osonroq bo'ladi. Hamma narsa soatdek yengillik bilan, shunday zavq va shavq bilan oldinga yuradiki, shunday zavq va shavq bilan unga o'xshash avtomatni kuzatamiz va nihoyat, faqat bunaqa epehil asbobda erishilishi mumkin bo'lgan ishonch bilan unga qaraymiz. Shunday qilib, Olloh taolo haqi, soatga to'la o'xshagan shunday maktab tuzihnasini ishlab chiqishga urinib ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.32 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.32 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:49 ]
Arxiv ichida: doc