Pedagogik texnologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishi RYeJA: Pedagogik texnologiyalarning tarixiy rivojlanishi. Pedagogik texnologiyaning mohiyati Pedagogik texnologiya tamoyillari. Pedagogik texnologiyaning umumiy tuzilmasi Pedagogik texnologiyalarning tarixiy rivojlanishi. Pedagogik texnologiya atamasi va bu sohadagi ilk ishlanmalar AQSH da XX asrning 50-yillarida paydo bo'ldi. 15-20 yildan so'ng pedagogik texnologiya barcha rivojlangan mamlakatlar ta'lim sohasini qamrab oldi. So'nggi yillarda pedagogik texnologiyadan foydalanish geografiyasi uzluksiz kengayib bormoqda. Pedagogik texnologiyaning ilk paydo bo'lish davri ilmiy-texnik taraqqiyotning (ITT) jadallashuvi bilan belgilanadi. Mazkur davrdagi fanning natijalari kashfiyotlar oqimlari bo'lib, ular asosida texnika va texnologiyalarning yangi avlodlari yaratildi. Ishlab chiqariladigan mahsulotlar o'zining ilmtalabligi, originalligi, murakkabligi, yuqori sifati va sermahsulligi bilan ajrala boshladi. Ishlab chiqarish usuli va shart-sharoiti uzluksiz jadal o'zgarib bordi, ta'lim tizimi oldiga tamoman yangi talablar qo'yila bordi. Ilmiy texnik taraqqiyot jadallashuvi va ta'lim tizimga u tomonidan qo'yiladigan talablar nima bilan belgilanadi? Birinchidan - fanning o'sib borayotgan o'rni bilan, XX asrda ayniqsa uning ikkinchi yarmida, fanning taraqqiyoti eng yuqori suratlarga erishdi. Har 10-15 yilda fan faoliyatining asosiy ko'rsatkichlari ikki martadan oshib bordi. Shuning uchun, fanning taraqqiyot qonuni eksponenta qonuniga bo'ysunadi deb faraz qilinadi. Hozirgi zamonda fan taraqqiyotining yuqori suratlari, aqliy mehnatni avtomatlashtirish orqali saqlab turilmoqda. Fanning jadal taraqqiyoti, ilmi-texnik informatsiyaning tegishli taraqqiyotiga olib keladi. Fanning eksponenta bo'yicha rivoji uning ko'chkisimon rivojini anglatadi. Zero ilmiy-texnik informatsiyaning ham rivoji ko'chkisimon jarayon hisoblanadi. Informatsiya oqimining ko'chkisimon o'sish suratini saqlash, uchun zamonaviy telekommunikatsion informatsion tizimlar yaratilmoqda va faoliyat ko'rsatmoqda. Ko'rinib turganidek, fan va axborot hozirgi zamondagi o'sish surati va hajmi, 20-30 yil oldingi ularning holatidan keskin farq qiladi. Fan tarqqiyoti, bu oliy ma'lumotli mutaxassislarning faoliyati doirasiga kiradi. Shuning uchun, oliy ma'lumotli mutaxassislarni tayyorlovchi tizim - zamonaviy axborot oqimini o'zlashtirish, ilmiy-tadqiqot malakalari, individual va mustaqil ishlash, ilmiy-texnikaviy axborotlar va o'quv-ilmiy adabiyotlar bilan ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish imkoniyatini ta'minlashi lozim. Ikkinchidan - zamonaviy fanning ko'chkisimon rivoji 2, 3 va undan ortiq malum fanlar ulanmalarida yangi fanlar paydo bo'lishi bilan ham ta'minlanadi. Masalan: biofizika, biokimyo, informatika, fiziko-kimyoviy mexanika va ko'pgina boshqa fanlar. Fan daraxti paydo bo'ladi. Malum fanlar ulanmalarida tug'ilgan yangi fan - yangi ilmiy yo'nalishlar, muammolar, mavzular va ilmiy masalalarni o'z ichiga oladi. Bu masalalarni oliy maktabning iqtidorli bitiruvchilari yechishi lozim. Shuning uchun kadrlar tayyorlovchi tizim original va noan'anaviy fikrlash qobiliyatini, o'z ustiga tizimli va mashaqqat bilan ishlash malakalarini rivojlantirishi lozim. Talaba ajablana olishi, hayratlana olishi lozim, shundagina u boshqalarni o'zining ijodiy mehnati bilan hayratlantira oladi. Uchinchidan - faning ko'chkisimon rivoji va shu qonuniyat bilan o'suvchi ilmiy-texnikaviy axborot, axborotni uzatish va qayta ishlash tezligini oshirishga olib ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
98.57 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
98.57 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:49 ]
Arxiv ichida: doc