Pedagogik tizim yangi pedagogik texnologiya asosi sifatida

Pedagogik tizim yangi pedagogik texnologiya asosi sifatida

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogik tizim yangi pedagogik texnologiya asosi sifatida - rasmi

Material tavsifi

Pedagogik tizim yangi pedagogik texnologiya asosi sifatida Reja: 1.Pedagogik texnologiyaning hozirgi zamondagi ahamiyati. 2.ta'lim texnologiyasi. 3.Pedagogik texnologiyaning tamoyillari. 4.ta'lim-tarbiya ishini tashkil etishda o'qituvchi va o'quvchi orasidagi o'zaro munosabat. 5.Pedagogik texnologiya turlarini tanlash. 6.Pedagogik texnologiyani boshqarish. 7.Pedagogik texnoloiyani ishlab chiqarishning bosqichlari. Oliy Majlisning I chakirik IX sessmiyasida O'zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov shunday degan edi: «Demokratik jamiyatda bolalar, umuman xar bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni urganmasa, berilgan samarasi past bo'lishi mukarrar». («Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori», «sharq» nashriyoti, Toshkent, 1997 yil, 9-bet). O'zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»dagi yetakchi vazifalardan biri ta'lim-tarbiya sifatini ko'tarish, ta'lim mazmunini yangilash, yosh avlodning aqliy intelektual taraqqiyotini ta'minlashga yo'naltirilgan uzluksiz ta'lim-tarbiyaning yangi modelini ilmiy-pedagogik jihatdan ta'minlangan holda muntazam takoimllashtirib borishdan iboratdir. o'qituvchilar o'z ish faoliyatini quyidagi texnologik jarayonga buysundirishlari kerak: tartibga solish, bir tizimga keltirish, ilgaridan loyihalashtirilgan ta'lim jarayonini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish. ta'lim texnologiyasi tushunchasi «ta'lim metodikasi» tushunchasiga nisbatan kengdir. ta'lim metodi - o'quv jarayonining kompleks vazifalari yechishga yo'naltirilgan o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikda faoliyat ko'rsatish usuli hisoblanadi. ta'lim metodikasi esa muayyan o'quv fanini o'qitishning ilmiy asoslangan metod, qoida va usullari tizimini ifodalaydi. ta'lim texnologiyasi tushunchasi - ta'lim metodiga erishish, yani ilgaridan loyihalashtirilgan ta'lim jarayonini yaxlit tizim asosida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish va shu maqsadga ta'lim jarayonini boshqarishni ifodalaydi. Pedagogik texnologiyaning mohiyati didaktik maqsad, talab etilgan uzlashtirish darajasiga erishish va uni tatbik etishning hisobga olgan holda ta'lim jarayonini ilgaridan loyihalashtirishda namoyon bo'ladi. o'qituvchining aktiv faoliyat ko'rsatishga yo'naltirilgan, darsning metodik ishlanmasidan farqli ularok ta'limning pedagogik texnologiyasi ta'lim oluvchi (o'quvchi)larga yo'naltirilgan bo'lib, bolalarning shaxsiy hamda o'qituvchi bilan birgalikdai faoliyatini hisobga olgan holda, o'quv materiallarini uzlashtirishga karatiladi. Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi o'quvchi shaxsini rivojlantirish orqali ta'lim maqsadiga erishishni ta'minlashdan iborat. Pedagogik texnologiyaning tamoyillari kuyidagilardir: kafolatlangan yakuniy natija, ta'limning samaradorligi, teskari aloqaning mavjudligi, ta'lim maqsadining aniq shakllanganligi. U yoki bu pedagogik texnologiyani tanlash rejalashtirilgan dars va mashђulotda kaysi darajadagi bilim va ko'nikmalarni uzlashtirish nazarda tutilganligiga boђlikdir. Pedagogik texnologiya doirasida yangi o'quv materialni uzlashtirishning boshlanђich, algoritm, ijodiy, evristik xarakterdagi darajalari mavjud. Boshlanђich xarakterdagi daraja - o'quvchining eshitganlari, ularga berilgan namunalar, takdim etilgan algoritmi va ko'rsatmalar asosida topshiriqlarni bajarish ko'nikmasini ifodalaydi. Algoritm xarakterdagi daraja - bilim va ko'nikmalar mazmunini tatbik kila olish mahorati, bir xildagi masalalarni echa olish, yozib olish va eslab qolish faoliyatini amalga oshirish ko'nikmasini ifodalaydi. Ijodiy xarakterdagi daraja - o'quv materialini, shuningdek, ilgari uzlashtirilgan bilim va ko'nikmalarni turli holatlarda tatbik eta olish mahorati bilan xarakterlanadi. Evristik xarakterdagi daraja - takdim etilgan o'quv masalalarini yechish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.19 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.19 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga