Pedagogik va axborot texnologiyalariga oid bilim va ko'nikmalarni shakllantirish Reja: 1.ta'lim tizimiga yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etish 2.Axborotlashtirish zamonaviy dunyo taraqqiyotining eng muhim yo'nalishlaridan biri 3.hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti axborotlar oqimi ta'lim tizimiga yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etish Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo'yiladigan Davlat talablari, ta'lim to'g'risida gi va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimiga qo'yiladigan majburiy talablarni belgilaydi. Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo'yiladigan davlat talablarining bajarilishi idoraviy majburligi va mulkchilik shakllaridan qatiy nazar O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha turdagi ta'lim muassasalari uchun majburiydir. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ta'lim, fan va maorif sohasiga tegishli asarlarini, Respublika hukumati va xalq ta'limi vazirligining shu sohadagi qaror, farmoyish, buyruq va me'yoriy hujjatlarini, ta'lim to'grisida va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'grisidagi qonunlarni, 2004-2009 yillarda Maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umumilliy dasturini, kimyo fani bo'yicha Davlat ta'lim standartlari (DTs)ning yangi taxrirdagi variantini, umumiy o'rta ta'lim muassasalari haqidagi Nizomni, o'quv dasturlarini bilishi; Kurs tinglovchilari: ta'lim tizimiga yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining kirib kelishi va istiqbollari haqida tushunchaga ega bo'lishi; yangi axborot va pedagogik texnologiyalardan, o'quvchilarning faoliyatini faollashtiruvchi usullardan xabardor bo'lishi va mashg'ulotlarda ulardan foydalanish malakasiga ega bo'lishi; axborot tushunchasi, ularning turlari, xossalari va o'lchov birliklarini bilishi, axborotning kompyuterda tasvirlanishi haqida aniq tasavvurga ega bo'lishi; axborotlarni yig'ish, qayta ishlash usullari haqida tasavvurga ega bo'lishi hamda mazkur jarayonlarni avtomatlashtirish ijtimoiy zaruriyat ekanini tushuntira bilishi; zamonaviy kompyuterlar tarkibiy qismlari va qo'shimcha qurilmalarining vazifalari to'g'risida ma'lumotga ega bo'lishi; kompyuter tarmoqlari haqida ma'lumotga ega bo'lishi, Internet tarmog'i, elektron pochta va undan foydalanish yo'l-yo'riqlarini egallashi; matn muharriri (Word), jadval protsessori (Excel), taqdimot dasturi (Power Point) yordamida dars ishlanmalarini yaratish texnologiyasini o'zlashtirishi; ta'lim tizimi uchun joriy etilgan elektron darsliklardan foydalanish asoslarini bilishi, ularni dars jarayonida samarali qo'llay olish malakasiga ega bo'lishi kerak. Hozirgi davrda bir obyektiv muammo mavjuddir. Umumiy o'rta ta'limning DTSlarini ishlab chiqilib, ta'lim jarayoniga bosqichma-bosqich joriy etildi. Fan o'qituvchilarimiz birmuncha murakkablashtirilgan, yuqori saviyaga ega, jahon talablariga mos fanlar standartlarini amalga oshirishga tayyormi? Mana shu qarama-qarshiliklarni yechish qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimidagi muammodir. ta'lim tizimidagi islohotlarning taqdiri DTS ishlab chiqildi, yangi darsliklar yaratildi, dastur va metodik qo'llanmalar, tavsiyalar ishlab chiqildi ana endi ishlayvering o'qituvchilar degani emas. Chunki o'qituvchi faoliyati yangilanmasa ta'limda samardorlikka erishib bo'lmaydi. Pedagogik faoliyat tug'ma talant emas, nasldan-naslga o'tuvchi xususiya emas balki uning asosida izlanish, ijodiy mehnat yotadi. ta'lim tarbiya jarayonidagi innovatsiyalar, ilg'or pedagogik texnologiyalar, yangiliklar, dars o'tishning interfaol usullari o'z-o'zidan ta'limga kirib ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.85 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.85 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:49 ]
Arxiv ichida: doc