Pedagogik va boshqaruv muloqati

Pedagogik va boshqaruv muloqati

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogik va boshqaruv muloqati - rasmi

Material tavsifi

Pedagogik va boshqaruv muloqati R e j a : 1. Pedagogik muloqot psixologiyasi. 2. Boshqaruv muloqoti psixologiyasi. 3. Boshqaruv muloqotining psixologik qonunlari. 4. O'zaro tushunish qonuni. 5. Sabr-toqatli tinglovchi usuli. Tayanch so'z va iboralar. Muloqot, pedagogik muloqot, boshqaruv muloqoti, rahbar, xodim, o'qituvchi, o'quvchi, tinglovchi, o'zaro tushunish, kompliment. K I R I Sh Rivojlanib borayotgan jamiyatimizda sog'lom avlodni, komil insonlarni voyaga yetkazish masalasiga katta etibor berilmoqda. Komil insonning muhim sifatlaridan biri muloqot madaniyatidir. Muloqot inson hayoti va faoliyatining muhim shartidir. Aynan muloqot yordamida insonlar tabiatni o'zlashtirish va o'z ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda harakat qilish imkoniyatlariga ega bo'ladilar. Hozirgi kunda ijtimoiy amaliyotda muloqot va shaxslararo munosabatlar muammosi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Muloqot va uning asosiy xususiyatlari, samarali muloqotning psixologik aspektlari, muloqotga o'rgatishga oid psixologik mashqlar, samarali muloqotning psixologik vositalarini o'rganish ishbilarmonlik faoliyatida asosiy o'rinni egallamoqda. Muloqot psixologiyasi fani muloqotning yuqorida keltirilgan va boshqa jihatlarini nazariy va amaliy jihatdan chuqur o'rganishga yordam beradi. Shuningdek talabalarda muloqot psixologiyasi bo'yicha amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Pedagogik muloqot-pedagogik ta'sirning ajralmas sifatidir. Bu o'qituvchi va o'quvchining ta'lim-tarbiya jarayonidagi professional muloqoti bo'lib, unda ma'lumot almashinadi va o'quvchilarga o'quv-tarbiyaviy ta'sir o'tkaziladi. Bunda ikki yoqlama muloqot yuzaga kelishi lozim. Uning asosi sifatida o'zaro hurmat va ishonch xizmat qiladi. Pedagog o'quvchilar bilan muloqotga kirishish jarayonida ulardan hurmat kutadi. O'quvchilar ham o'qituvchidan hurmat va ishonchni talab etadilar. Bu pedagogik ta'sirning samarali yo'li bo'lib, tajribali pedagoglar bolani o'z-o'zini hurmatlashga asoslangan holda munosabatlarni tashkil etadilar va shu orqali o'zaro munosabatlarni amalga oshiradilar. Muloqotning o'ziga xos 3 ta darajalari mavjud. Bular: makro darajada (katta)-insonlar bilan muloqot qilish barcha odob-axloq normalariga suyangan holda amalga oshiriladi. Mezo darajada(o'rta)-muloqot malum mavzu asosida kechadi (masalan, askiyada malum mavzudan chekinmaslik). Mikro daraja (kichik) -muloqotning oddiy shakllari, savol-javob tariqasida yuz beradi. Muloqotning turlari: shaxslararo (inson-inson), shaxsiy-guruhiy (guruh-guruh), ommaviy kommunikatsiya (radio, televideniye, ro'znomalar va jurnallar) kabi turlari mavjud. Ijodiylik o'zaro munosabatlardan boshlanadi. Har bir pedagog o'z tajribasidan, uslubidan kelib chiqib bolalar bilan muloqotda bo'lishi lozim. Yani nostandart usullarni izlab topishi kerak. Pedagogik ta'sir ham pedagogik muloqotdagi ijodiylik orqali amalga oshiriladi. Ijodiylikni amalga oshirish uchun quyidagilarga ahamiyat berish lozim: - bir necha o'qituvchilarning darslarini kuzatish, unda o'quvchilarning kayfiyatini, o'qituvchining bolalar bilan bo'ladigan munosabatlarini aniqlash; - o'qituvchining darsda qanday usullarni qo'llashi, muloqotni qanday tashkillashtirish, o'quv-tarbiyaviy muammolarni yechishini aniqlash; - o'zining muloqot texnologiyasini boshqa o'qituvchining texnologiyasiga taqqoslashi; - tajribali o'qituvchilarning tarbiyaviy soatlarida qatnashish orqali muloqot jarayonidagi o'quvchilarning individual xususiyatlarini aniqlash; - o'zining darsidagi muhiti bilan boshqa tajribali o'qituvchining darsidagi muhitni taqqoslash orqali xulosa chiqara olish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.98 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.98 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga