Pedagogik va boshqaruv muloqoti Reja: 1.Pedagogik muloqot- ijodiy jarayon sifatida. 2.Pedagogik muloqotchanlik va uni o'z-o'zini tarbiyalashdagi yo'llari. 3.Muloqotda pedagogning ijodiylik hissi va uni boshqarish yo'llari. 4.Kasbiy-pedagogik muloqot uslubi va uning turlari. 5.Kasbiy-pedagogik muloqot texnikasi va treningi. 6.Oilada pedagogik muloqot. 7.Rahbarning ko'rsatmalarini vijdonan bajarishga erishishning asosiy qoidalari 8.Og'zaki ko'rsatma berishni shakllantirishning asosiy qoidalari. 9.Noto'qlik mahorati (ritorika) psixologiyasi 1.Pedagogik muloqot- ijodiy jarayon sifatida. Pedagogik muloqot-pedagogik ta'sirning ajralmas sifatidir. Bu o'qituvchi va o'quvchining ta'lim-tarbiya jarayonidagi professional muloqoti bo'lib, unda ma'lumot almashinadi va o'quvchilarga o'quv-tarbiyaviy ta'sir o'tkaziladi. Bunda ikki yoqlama muloqot yuzaga kelishi lozim. Uning asosi sifatida o'zaro hurmat va ishonch xizmat qiladi. Pedagog o'quvchilar bilan muloqotga kirishish jarayonida ulardan hurmat kutadi. O'quvchilar ham o'qituvchidan hurmat va ishonchni talab etadilar. Bu pedagogik ta'sirning samarali yo'li bo'lib, tajribali pedagoglar bolani o'z-o'zini hurmatlashga asoslangan holda munosabatlarni tashkil etadilar va shu orqali o'zaro munosabatlarni amalga oshiradilar. Muloqotning o'ziga xos 3 ta darajalari mavjud. Bular: makro darajada (katta)-insonlar bilan muloqot qilish barcha odob-axloq normalariga suyangan holda amalga oshiriladi. Mezo darajada(o'rta)-muloqot malum mavzu asosida kechadi (masalan, askiyada malum mavzudan chekinmaslik). Mikro daraja (kichik) -muloqotning oddiy shakllari, savol-javob tariqasida yuz beradi. Muloqotning turlari: shaxslararo (inson-inson), shaxsiy-guruhiy (guruh-guruh), ommaviy kommunikatsiya (radio, televideniye, ro'znomalar va jurnallar) kabi turlari mavjud. (Davletshin M.G. Umumiy psixologiya. T.2002.62-bet). Pedagogik muloqotda ijodiylik quyidagilarga bog'liq: - o'quvchilar bilan o'zaro birgalikda harakat qilish;(A.A.Bodalev) - bolaga ta'sir qilishda uning xulq-atvorini boshqarish, o'zaro harakatning turli yo'llarini qo'llash; - o'qituvchining o'z-o'zini boshqara olishi; - o'zaro munosabatlar jarayonidagi ijodiylik xarakterini saqlay bilish. (Ya.L.Kolominskiy, A.V.Petrovskiy). Demak, o'qituvchi o'quvchilar bilan ziddiyatlarga borsa, qandaydir muammo tug'ilsa darhol hal qilishi lozim. Pedagogik muloqotdagi ijodiylik ham shunda bilinadi. Pedagogik muloqotda o'qituvchi bolani ko'ziga qarab uning xayolidan nima kechayotganligini bilib olishi kerak. Ijodiylik o'zaro munosabatlardan boshlanadi. Har bir pedagog o'z tajribasidan, uslubidan kelib chiqib bolalar bilan muloqotda bo'lishi lozim. Yani nostandart usullarni izlab topishi kerak. Pedagogik ta'sir ham pedagogik muloqotdagi ijodiylik orqali amalga oshiriladi. Ijodiylikni amalga oshirish uchun quyidagilarga ahamiyat berish lozim: - bir necha o'qituvchilarning darslarini kuzatish, unda o'quvchilarning kayfiyatini, o'qituvchining bolalar bilan bo'ladigan munosabatlarini aniqlash; - o'qituvchining darsda qanday usullarni qo'llashi, muloqotni qanday tashkillashtirish, o'quv-tarbiyaviy muammolarni yechishini aniqlash; - o'zining muloqot texnologiyasini boshqa o'qituvchining texnologiyasiga taqqoslashi; - tajribali o'qituvchilarning tarbiyaviy soatlarida qatnashish orqali muloqot jarayonidagi o'quvchilarning individual xususiyatlarini aniqlash; - o'zining darsidagi muhiti bilan boshqa tajribali o'qituvchining darsidagi muhitni taqqoslash orqali xulosa chiqara olish. (V. A. Kan-Kalik . Uchitelyu o pedagogikheskom obhenii. M. 15-16 betlar). Kasbiy-pedagogik muloqot-murakkab hodisa. Shaxs kasbiy- pedagogik muloqot qilishdan avval o'z oldiga bir ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
46.79 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
46.79 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:49 ]
Arxiv ichida: doc