Pedagogika - ijtimoiy fan sifatida

Pedagogika - ijtimoiy fan sifatida

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogika - ijtimoiy fan sifatida - rasmi

Material tavsifi

Pedagogika - ijtimoiy fan sifatida Reja: Pedagogika fanining paydo bo'lishi va rivojlanishi. Pedagogika fanining obyekti, predmeti va funksiyalari. Pedagogikaning asosiy kategoriyalari. Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari Pedagogika fanining paydo bo'lishi va rivojlanishi. Pedagogika fanida tarbiya asosiy kategoriya hisoblanib, u jamiyat va oilada har tomonlama rivojlangan insonni shakllantirishdagi muayyan faoliyatni ifodalaydi. Tarbiyaning ilk shakllari ibtidoiy jamiyat davridayoq paydo bo'lgan. Keksa avlod mehnat jarayonida orttirgan tajribalarni yosh avlodga o'rgatgan. Quldorlik jamiyatida Sharqda tarbiyaga oid turli qarashlar vujudga keldi. Feodalizm davrida ta'lim-tarbiya ishlari hukmron feodal sinfi maqsadini ko'zlab ish tutar, shuning uchun ta'lim-tarbiya muassasalarida diniy mafkura gegemonlik qilar edi. Bu asosan, O'rta Osiyodagi pedagogik fikr, maktab va madrasalarga katta ta'sir ko'rsatdi. O'rta asr uyg'onish davrida Sharqda dunyoviy ta'lim keng rivojlandi. Biroq keyingi asrlarda butun madaniyatda bo'lgani singari ta'lim-tarbiyada diniy mafkura ustunlikni o'z qo'liga oldi. Biroq dunyoviy ta'lim tizimida ham, diniy ta'lim tizimida ham xalq og'zaki ijodiyotidan, jumladan rivoyatlar, ertaklar, masallardan fozil inson tarbiyasida foydalanildi. Xalq og'zaki ijodiyotidagi fikrlarni ijtimoiy ong va axloqni shakllantirishda qo'llash samarali natija berishi zamonaviy pedagogika tomonidan tan olindi. Pedagogikaning fan sifatida shakllanishi yosh avlodni hayotga tayyorlash, ular tarbiyasini samarali amalga oshirish ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Bu ehtiyoj tarbiya borasida orttirilgan tajribalar to'plangandan keyin o'sha tajribalarni umumlashtirish, yoshlar tarbiyasi haqida qonun-qoidalarni ishlab chiqarish zaruratini taqozo etadi. Qadimdan inson tarbiyasiga oid bo'lgan fikrlar xalq maqollarida, afsonalarda, dostonlarda o'z ifodasini topgan. «Alpomish», «To'maris», «Kalila va Dimna», «Siyosatnoma», «Qutadg'u bilig», «Devoni lug'atit turk» kabi doston, masal va ertaklarda rostgo'ylik, ota-onaga hurmat-ehtirom, vatanparvarlik, insonparvarlik kabi tuyg'ular, fazilatlar tarannum etilgan. Tarbiya kishilik jamiyati ibtidosida paydo bo'lgan va bashariyat manfaatlari uchun xizmat qilib kelgan. Tarbiya avlodlar o'rtasidagi aloqani ta'minlaydi. Kattalar o'zlari turmush jarayonida orttirgan tajribalarini o'zidan keyingi avlodga o'rgatib borganlar. Kichik avlod esa, faoliyati davomida yangi-yangi muammolarga duch kelib, ularning yechimini topish barobarida bilim va ko'nikmalarni egallab, oldingi avloddan meros qolgan bilimlarini yanada boyitib, o'zidan keyingi avlodga qoldiradi. Insoniyat tarixiy taraqqiyot mobaynida katta yo'lni, bu yo'lda u turli ijtimoiy bosqichlarni bosib o'tdi. Formasiyalarning o'zgarishi natijasida ish munosabati bilan ishlab chiqarish munosabatlari taraqqiy etdi. Bu hol tarbiya jarayonining takomillashib borishiga o'z ta'sirini ko'rsatdi. Mustaqil O'zbekiston bugungi kunga kelib jahonga o'z nomini tanitdi. Iqtisodiy-siyosiy jihatdan yuksaldi. Ayniqsa, mahsulot ishlab chiqarish oshdi, hamkorlikdagi korxonalar kuchaydi. O'zbekiston dunyoning katta bozoriga shaxdam qadam tashladi. Shu bilan birga O'zbekistonning rivojlangan mamlakatlar qatoridan o'rin olishida bugun va kelajak uchun zarur bo'lgan zamonaviy kadrlarga ham ehtiyoj sezila bordi. Mustaqillik, erkinlik, bunyodkorlik esa ijodiy, amaliy, nazariy tashabbusda namoyon bo'ladi. Tashabbus iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishning, insonlarning yangi talabiga mos keladigan moddiy, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 35.67 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:49 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 35.67 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga