Pedagogika - tarbiya haqidagi fan Reja: 1. Pedagogikaning vujudga kelishi va rivojlanishi 2. Pedagogika fanining maqsadi va vazifalari 3. Pedagogikaning asosiy kategoriyalari 4. Pedagogika fanlari tizimi 5. Pedagogika fanining ilmiy -tadqiqot usullari Pedagogikaning vujudga kelishi va rivojlanishi Pedagogika o'sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash to'grisidagi fandir. Kishilik jamiyati taraqqiy etishi bilan u kam o'sib boradi. Kishilik jamiyati paydo bo'lishi bilan odamlarning mehnat faoliyati jarayonida ularning ishlab chiqarish tajribalari, mehnat malakalari paydo bo'ldi va ular o'zgarib, orta bordi, ularda turli mehnat qurollarini ishlata bilish ko'nikmalari hosil bo'ldi va bu qurollarni takomillashtirish qobiliyati, nutq va tafakkur o'sib, rivojlanib bordi. Keksa avlod mehnat jarayonida orttirgan tajribasi asosida o'sib kelayotgan yosh avlodni xam mehnatda ishtirok etishga o'rgatdi. Shunday qilib, tarbiya kishilik jamiyati amaliy ehtiyojining obyektiv zaruratidan kelib chikdi, shu jamiyat bilan birga rivojlana bordi. Ijtimoiy hayotning turli sohalarida kishilar orttirgan ribalarning boyib borishi bilan, tabiat va ijtimoiy hayot haqidagi bilimlarning orta borishi bilan mehnatda orttirgan tajribalarni yosh avlodga o'rgatish jarayoni xam murakkablashib bordi. Tarbiya moxirlik va ishning ko'zini bilishni talab etdi. Tarbiyani amalga oshirish jarayonini anglash va bu sohadagi tajribalarni o'rganishga ehtiyojning tug'ilishi natija pedagogika fani yuzaga keldi. Pedagogikaning nomi bola etaklovchilik degan manoni bildiruvchi grekcha paydagogos so'zidan kelib chikkan. qadimgi Yunonistonda o'z xo'jayinining bolalarini maktabga olib borib ko'yish va yo'lda ularning kitob va boshqa o'quv asboblarini ko'tarib yurish ishi topshirilgan kul pedagog (so'zma-so'z tarjimasi - bola etaklovchi) deb atalgan. Keyinchalik esa maxsus o'kitilgan, pedagoglikni kasb qilib olgan kishilarni pedagog deb atay boshladilar. Bolalar va yoshlarni tarbiyalash to'grisidagi fan sifatida paydo bo'lgan pedagogika tarbiya ishining chegaralari va jamiyat hayotida subyektiv omillarning ta'sir doirasi kengaygan sari tobora ko'prok xamma yoshdagi kishilarga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishning umumiy qonuniyatlari haqidagi fanga aylandi. Pedagogika fanining maqsadi va vazifalari Respublikada pedagogika fanning asosiy maqsadi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda bozor islohoti, milliy-madaniy va an'anaviy xususiyatlar, ma'naviy-axloqiy va ilmiy merosimiz, umuminsoniy qadriyatlarni hisobga olgan holda uzluksiz ta'lim tizimi (UTT) da eng muhim fundamental va amaliy tadqiqotlarnng istiqbolini oldindan belgilash va ishlab chiqishdan iboratdir. Ko'rsatilgan maqsadning amalga oshuvi jamiyatni rivojlantirish va bosh muammoni yechishga kodir bo'lgan barkamol shaxsni shakllantirishga xizmat qiladi. Pedagogika fanining vazifalari: uzluksiz ta'lim tizimi faoliyatining metodologik va nazariy asoslarini ishlab chiqish; uzluksiz ta'lim tizimi (UTT)nint davlat, jamiyat va shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy - axloqiy taraqqiyotidagi ahamiyati va o'rni, burch va vazifalarini aniqlash; jamiyatning ijtimoiy talablari va shaxs ehtiyojlarini hisobga olgan holda ta'lim mazmunining eng kulay tamoyillari, mezonlari, mexanizmlarini aniqlash; o'quv-tarbiyaviy jarayonining sifati va samaradorligini oshirish, rakobatbardosh kadrlar tayyorlashni tamin etadigan davlat ta'lim standartini ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.81 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:50
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.81 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:50 ]
Arxiv ichida: doc