Pedagogika didaktika metodika sohasida mavjud amaliy va nazariy tushunchalarga asoslanib bo'lajak mutaxassislarni tayyorlash

Pedagogika didaktika metodika sohasida mavjud amaliy va nazariy tushunchalarga asoslanib bo'lajak mutaxassislarni tayyorlash

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogika didaktika metodika sohasida mavjud amaliy va nazariy tushunchalarga asoslanib bo'lajak mutaxassislarni tayyorlash - rasmi

Material tavsifi

Pedagogika didaktika metodika sohasida mavjud amaliy va nazariy tushunchalarga asoslanib bo'lajak mutaxassislarni tayyorlash Reja: ta'lim tizimiga pedagogik texnologiyani tatbiq etishning zarurati O'quv jarayonini pedagogik texnologiya asosida tashkil qilish uslublari ta'lim tizimiga pedagogik texnologiyani tatbiq etishning zarurati XX asr kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixidan fan va texnika sohasida yuz bergan inqiloblar davri sifatida joy oldi. Ilm-fan va texnika rivo - jining yuksak surati moddiy ishlab chiqarish jarayonini nazariy (g'oyaviy) hamda amaliy jihatdan boyitib borish bilan birga ijtimoiy munosabatlarning yangicha mazmunini amalga oshirishni ta'minladi. Xizmat ko'rsatish sohalarining paydo bo'lishi, yangicha turmush tarzi kishilarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarining yangilanib hamda ortib borishi o'z navbatida zamin etuvchi faoliyatning yo'lga qo'yilishini taqozo etdi. Ijtimoiy zarurat mahsuli bo'lgan texnologiya sohasi va jismoniy kuch sarflangan holda yuksak sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi. Moddiy ishlab chiqarish, xomashyoni qayta ishlash sohalari (xususan, qishloq xo'jaligi sanoat, transport maishiy xizmat ko'rsatish va h.k.) da yondashuv an'anasi yuzaga keldi. Ishlab chiqarish jarayo - niga texnologik yondashuv ushbu jarayonning umumiy tavsifini yoritishga xizmat qiladi, yani muayyan mahsulotni ishlab chiqarish maqsadida xom ashyoni tanlash (dastlabki bosqich) dan mahsulotni iste'molchiga yetkazib berishgacha bo'lgan (so'ngi bosqich) davrni o'z ichiga olgan jarayon texnologik jarayon sifatida etirof etiladi. Ishlab chiqarish jarayoniga nisbatan texnologik yondashuv muayyan sohalarda islohotlarni tashkil etish, ularning muvaffaqiyatini ta - minlash va ularni boyitib borish kabi maqsadlarga erishishning samarali omili sifatida tashkil etildi. Moddiy ishlab chiqarish sohalariga zamonaviy, ilg'or, yuksak texnologiya larning qo'llanish shartlaridan biri - malakali mutaxassislarni tayyorlash, ularning kasbiy mahoratini doimiy ravishda oshirib borishni yo'lga qo'yish ekanidan ham anglanadiki, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayot bir-biri bilan uzviylik, aloqadorlik hamda yaxlitlik tamoyili asosida rivojlanib boradi. Jamiyat ijtimoiy hayotida yetakchi o'rin tutgan g'oya va qarashlar iqti -sodiy ishlab chiqarish rivojiga o'z ta'sirini o'tkazsa, o'z navbatida iqtisodiy o'sish aholi madaniy turmush tarzining yaxshilanishiga olib keladi. ta'lim-tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyani tadbiq etish yuqo - rida qayd etilgan dolzarb muammoni ijobiy xal etishga xizmat qiladi. Ishlab chiqarish sohalari uchun malakali kadrlarni tayyorlab berish bora - sidagi ijtimoiy buyurtma mohiyati o'z-o'zidan ta'lim-tarbiya tizimiga taaluqli. Ushbu tizim doirasida faoliyat ko'rsatuvchi ta'lim muassasa - larining faoliyati mazmuni tubdan yoki qisman o'zgaradi. O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ta'limiy islohotlar hamda kadrlar tayyorlash borasidagi ijtimoiy buyurtma mohiyatiga ko'ra, 1997 yil 29 avgustda oliy majlisning IXsessiyasida qabul qilingan yangi taxrirdagi «ta'lim to'g'risida» gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida uzluksiz ta'lim tizimi yaratilib, aniq vazifalarni bajaruvchi bosqichlar belgilandi. Shuningdek, yangi turdagi ta'lim muassasalari faoliyat yurita boshladi. Uzluksiz ta'lim tizimining shakllanishi o'z-o'zidan kadrlar tayyor - ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.77 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:50 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.77 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga