Pedagogika fan sifatida oliy tibbiyot ta'limidagi o'rni Istiqlol sharofati bilan yosh avlod ta'lim-tarbiyasi davlat siyosati darajasiga ko'tarildi Ta'lim, ijtimoiy muhofaza, sog'liqni saqlash kabi sohalarda qabul qilingan davlat hamda umummilliy dasturlar bu yo'nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish va jadallashtirishda muhim huquqiy asos bo'lib xizmat qilmoqda. Mamlakatimizda har yili yangidan-yangi o'quv dargohlari, tibbiyot muassasalari, sport-sog'lomlashtirish majmualari barpo etilib, eng zamonaviy jihozlar, texnik uskunalar bilan ta'minlanayotir. Pedagoglar, murabbiy va tarbiyachilar, tibbiyot xodimlarining kasbiy mahoratini yuksaltirish, mehnatini har taraflama rag'batlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Mazkur hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash barobarida, yurtimizda ota-ona mehridan mahrum, alohida e'tiborga muhtoj bolalar va nogironlarni tarbiyalash, ularning bilim olishi, sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishi uchun katta e'tibor ko'rsatilayotgani xalqaro miqyosda ham e'tirof etilmoqda. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Bizga yaxshi ma'lumki, har bir fan o'zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e'tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta'minlash, ta'lim va tarbiya samaradorligiga erishishga haratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta'lim (o'qitish, o'qish), bilim, ko'nikma, malaka, ma'lumot, rivojlanish. Pedagogika fanlari tizimi. 1. Umumiy pedagogika - maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim berish masalalarini o'rganadi. 2. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi - maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularni intellektual, ma'naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o'rganadi. 3. Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi - boshlang'ich sinflar o'quvchilarini tarbiyalash, ularga ta'lim berish, ularning o'ziga hos psixologik hamda fiziologik xususiyatlarini tadqiq etish, shuningdek, ularni intellektual, ma'naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o'rganadi. 4. Korrektsion (maxsus) pedagogika - rivojlanishida turli psixologik va fiziologik nuqsonlari bo'lgan bolalarni tarbiyalash va o'qitish bilan bog'liq muammolarni o'rganadi. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi. 1. Falsafa - shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan pedagogik g'oya, qarash hamda ta'limotlarning falsafiy jihatlari kabi masalalarni tahlil etishga imkon beradi. 2. Iqtisod - ta'lim muassasalarining faoliyatini yo'lga qo'yish, o'quv binolarini qurish, ta'lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnika va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash kabi masalalarning iqtisodiy jihatlarini anglashga xizmat qiladi. 3. Sotsiologiya - ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etish shartlari xususida ma'lumotlarga ega bo'lish asosida ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o'zaro munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi. 4. Etika- shaxs ma'naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar, axloqiy ong va ma'naviy-axloqiy madaniyatni tarbiyalashda muhim o'rin tutuvchi nazariy g'oyalarni pedagogik jarayonga tatbiq etishda alohida o'rin tutadi. 5. Estetika - shaxs tomonidan go'zallikning his etilishi, unga intilishi, shuningdek, unda estetik didni tarbiyalashda muhim ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
193 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:50
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
193 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:50 ]
Arxiv ichida: pptx