Pedagogika fan sifatida. Pedagogik tadqiqot metodlari Reja: Pedagogikaning predmeti, maqsad va vazifalari. Pedagogikani fan sifatida shakllanishi. Pedagogikaning asosiy tushunchalari. Pedagogikaning metodologik asoslari. Pedagogika fanlari tizimi va boshqa fanlar bilan aloqasi. Tayanch tushunchalar Pedagogika, pedagog, ta'lim, tarbiya, pedagogikaning predmeti, fanning maqsadi va vazifalari, milliy tarbiya, umuminsoniy tarbiya, pedagogik texnologiya, axloq, Sharq uyg'onish davri, jadidchilik, ma'lumot, shaxs kamoloti, pedagogik mahorat, dunyoqarash, metodologiya, islom falsafasi, materializm, idealizm, progmatizm, pedagogika fanlari tizimi, maxsus pedagogika, oligofrenopedagogika, surdopedagogika, tiflopedagogika, logopediya, psixologiya, o'quvchilar gigiyenasi. Kirish Mustaqillik barcha jabhalarda bo'lgani kabi xalq ta'limi sohasida ham katta o'zgarishlar yasadi. ta'lim samaradorligini oshirish, davlat ta'lim standartlarining bajarilish sifatini ta'minlash, hozirda pedagogikaning oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. «ta'lim to'g'risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ni amalga oshirish jarayoni sifat bosqichga kirdi. Yangi o'quv dasturlari, o'quv rejalari, yangi avlod darsliklari, ta'lim standartlariga muvofiq holda ta'lim muassasalariga taqdim etildi. ta'lim oldida turgan vazifalarni hal etish bevosita o'qituvchi faoliyatiga bog'liqdir. O'qituvchi o'quvchilarni bilim egallashda faollashtiradigan, barcha uchun qulay bo'lgan yo'llarni, usul va uslublarni, ta'limning turli xil vositalarini va vaziyatlarini izlaydi. Ulardan foydalangan holda pedagogik jarayonining samaradorligini oshiradi. Talabalarni mustaqil fikrlashga o'rgatib, ijodiy izlanishga, egallayotgan kasbining sirlarini bilib olishga yo'naltiradi. Pedagogika fani jamiyatning rivojlanish qonun-qoidalariga tayangan holda taraqqiy etadi. Kuchli davlatdan kuchli jamiyatga o'tish yo'lida amalga oshirilayotgan ishlar milliy ong kun sayin yuksalayotganidan dalolat beradi. Inson ongi taraqqiy etmas ekan, ijtimoiy hayot jabhalarida hech bir o'zgarish sezilmaydi. Ushbu ma'ruza matnida pedagogika fanidan o'tiladigan mavzular bo'yicha mustaqil ish topshiriqlari berilgan. Talaba har bir mavzu bo'yicha yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o'zlashtirish ko'nikmalariga ega bo'lishi, kerakli ma'lumotlarni izlab topishning qulay usullari va vositalarini aniqlashi, axborot manbalaridan unumli foydalanishi, an'anaviy o'quv va ilmiy adabiyotlar, me'yoriy hujjatlar bilan ishlashi, internet tarmog'idan maqsadli foydalanishi va berilgan topshiriqlarning yechimini belgilashi, topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondoshishlari zarur. To'plamda mavzularning nazariy asoslarini mukammal o'rganish, tahlil qilish, qiyosiy taqqoslashga mo'ljallangan vazifalar, ayrim jihatlarini chuqur egallashga qaratilgan topshiriqlar, olgan bilimlarni amalda tatbiq etish yo'l-yo'riqlari ishlangan. ma'ruza matni talabalarning pedagogika fanidan oladigan bilimlarini ko'nikma va malakaga aylantirish uchun, pedagogik kasb xususiyatlaridan voqif bo'lishlari hamda kafolatlangan natijaga erishishlariga hissa qo'shishga yo'naltirilgan va oliy o'quv yurtining barcha yo'nalishdagi talabalari uchun mo'ljallangan. Pedagogikaning predmeti, maqsad va vazifalari. O'qituvchining maqsadi: Pedagogika fani, predmeti haqida tushuncha berish, pedagogikaning ta'rifini izohlash, uni har bir talabaning o'zlashtirib olishiga erishish. Pedagogikaning maqsad va vazifalarini bayon etish. Talabalarda pedagogika fanini o'rganishga qiziqish hosil qilish. O'qituvchilik kasbini egallashga yo'naltirish. O'zining pedagogik mahoratini to'la ishga solgan holda ibrat-namuna ko'rsatish. Identiv o'quv maqsadlari: Pedagogika fanining mohiyatini ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.55 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:50
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.55 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:50 ]
Arxiv ichida: doc