MAVZU: PYeDAGOGIKA FAN SIFATIDA. UNING PRYeDMYeTI, MAQSAD VA VAZIFALARI. PYeDAGOGIK TADQIQOT MYeTODLARI Reja: 1.Pedagogika predmeti. 2.Ijtimoiy tarbiya va uning bosqichlari. 3.Pedagogika fanining vazifalari. 4.Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. 5.Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi. 6.Pedagogika fanlar tizimi. 7.Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari. Pedagogika predmeti. Pedagogika (yunoncha paidagogis bo'lib, paidagogis «bola» va «etaklayman») ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta'lim berishning mohiyati va muammolarini o'rganadigan fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni milliy istiqlol g'oyalari asosida tarbiyalash. unga ta'lim berish muammolarini o'rganadi Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati - uni o'qitish va tarbiyalashga asosiy etiborni karatganligi bois didaktika (ta'lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. Didaktika (ta'lim nazariyasi. yunoncha ditaktikos «o'rgatuvchi». ditakso «o'rganuvchi») ta'limning nazariy jihatlari, ta'lim jarayonining mohiyati, tamoyillari. qonuniyatlari, o'qituvchi va o'qituvchi faoliyatlari. ta'limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari. natijasi, ta'lim jarayonini takomillashtirish yo'llari va hokazo muammolarni tadqiq etadi. ta'lim uch mohiyatiga ko'ra umumiy va maxsus kabi turlarga ajratiladi Umumiy ta'lim har bir shaxsning kamol topishi hamda u tomonidan hayotiy faoliyatni tashkil eta olishi uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni berishga yo'naltiriladi. Umumiy ta'lim asosida o'zlashtirilgan ma'lumotlar kelgusida shaxsning kasbiy tayergarligini ta'minlashga imkon beruvchi maxsus ta'lim olishi uchun asos bo'ladi. Maxsus ta'lim - o'zida mutaxassislik xususiyatlarini namoyon qilib, shaxsga muayyan kasbiy faoliyatni tashkil etish borasida nazariy bilimlarni berish asosida amaliy ko'nikma hamla malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi. ta'lim. shuningdek, turli darajadagi ta'lim dasturlarini amalga oshirishiga ko'ra maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta ta'lim, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash hamda maktabdan tashqari ta'lim kabi turlarga bo'linadi. Tarbiya nazariyasi - pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo'lib, tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish muammolarini o'rganadi. Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni xar tomonlama o'stirish, unish ongi, xulk-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayonidir. Ijtimoiy tarbiya aqliy, axloqiy. jismoniy. mehnat, estetik, iqtisodiy, huquqiy, ekologik va jinsin tarbiya kabi yo'nalishlarda tashkil etiladi. Ijtimoiy tarbiya va uning bosqichlari. Insoniyatning yashash uchun kurashish va turli tabiiy ofatlardan himoyalanish no'lida olib borgan harakatlari tarbiya g'oyalarining shakllanishiga asos bo'lib xizmat kilgan. Ibtidoiy jamoa tuzumida odamlarning guruh-guruh bo'lib hayot kechirishi sababli bolalarga tirikchilik o'tkazish yo'lidagi faoliyat (o'simlik mevalari. ildizlarini terish. hayvonlarni ovlash)ni tashkil etish borasidagi tajribalarni o'rgatish guruh a'zolari tomonidan birdek amalga oshirilgan. Bilimlar, aksariyat hollarda mehnat va o'yin jarayonlarida o'zlashtirilgan. mehnat faoliyatini tashkil etish jinsiy xarakterga ega bo'lganligi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
417.09 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:50
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
417.09 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:50 ]
Arxiv ichida: pptx