Pedagogika fan sifatida Company name Reja: Predmetning obyekti va predmetining takomillashganligi. Ma'rifiy fikrlar taraqqiyoti va ularning tarixiyligi. Pedagogikaning maqsad, vazifalari va asosiy kategoriyalari. Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati - uni o'qitish va tarbiyalashga asosiy e'tiborni qaratganligi bois didaktika (ta' lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. Didaktika (ta'lim nazariyasi, yunoncha didaktikos o'rgatuvchi», didasko «o'rganuvchi») ta'limning nazariy jihatlari, ta'lim jarayonining mohiyati, qonun va qonuniyatlari, tamoyillari,o'qituvchi va o'qituvchi faoliyati, ta'limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta'lim jarayonini takomillashtirish yo'llari kabi masalalarni tadqiq etadi. Tarbiya nazariyasi - pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo'lib, tarbiya jarayonining mazmuni, tarbiya turlari, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish masalalarini o'rganadi. Ijtimoiy tarbiya fuqarolik, aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, huquqiy, iqtisodiy, ekologik tarbiya kabi yo'nalishlarda tashkil etiladi. Pedagogika fanining obyekti - yaxlit pedagogik jarayon. Pedagogika fanining predmeti - ta'lim-tarbiya jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalari. Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta'minlashga alohida hissa qo'shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat rivojlanish strategiyasi, uning hayotida yetakchi o'rin tutuvchi g'oyalar mohiyati muhim ahamiyatga ega. O'zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, ilg'ot xorijiy tajribalar asosida ta'lim va tarbiya nazariyasini rivojlantirish vazifasini hal etadi. Abu Nasr Forobiyning asarlaridagi pedagogik fikrlar. Asarlari: «Baxt saodatga erishuv to'g'risida», «Fozil odamlar shahri», «Aql ma'nolari haqida», «Shaharni o'rganish haqida» va boshqalar. Forobiy birinchi bo'lib ta'lim va tarbiyaga ta'rif bergan olimdir: Ta'lim - so'z va o'rganish bilangina amalga oshiriladi. Tarbiya - esa amaliyot, ish-tajriba bilan amalga oshiriladi. Ta'lim-tarbiya ikki yo'l bilan amalga oshiriladi: qanoatbahsh, ilhomlantiruvchi so'zlar va majbur etish. Har kimki ilm, hikmatni desa, uni yoshligidan boshlasin, so'zining ustidan chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan bo'lsin, hiyonat, makr va hiylalardan uzoq bo'lsin, diyonatli bo'lsin, ilm va ahli ilmdan mol-dunyosini ayamasin. Abu Nasr Forobiy Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-pedagogik qarashlari. Beruniy insonni tabiatning eng oliy kamoloti deb qaraydi. U insonning ma'naviy qiyofasidagi barcha axloqiy xislatlarni yaxshilik va yomonlik kabi ikki turga bo'ladi. Beruniy ta'limotiga ko'ra inson kamolotida uch narsa muhim rol' o'ynaydi: 1.Irsiyat. 2.Muhit. 3.Tarbiya. Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo'llari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. Asarlari: «Minerologiya», «Geodeziya», «Hindiston», «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Saydana» va boshqalar. Abu Rayhon Beruniy Ibn Sino bilim olishda bolalarni jamoa bo'lib maktabda o'qitish zarurligini ko'rsatadi va ta'limda kuyidagilarga rioya etish zarurligini ta'kidlaydi: 1) ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
876.83 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:50
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
876.83 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:50 ]
Arxiv ichida: pptx