Pedagogika fani va uning maqsad va vazifalari

Pedagogika fani va uning maqsad va vazifalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogika fani va uning maqsad va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Pedagogika fani va uning maqsad va vazifalari Reja Pedagogika so'ziga ta'rif Pedagogika fani tushunchasi Pedagika fanining vazifalari Pedagogika fanining maqsadi Pedagog kim? Pedagogika (yun. paidagogike) - tarbiya, ta'lim hamda ma'lumot berishning nazariy va amaliy jihatlarini o'rganuvchi fanlar majmuasi. Ped. institutlari va ayrim boshqa o'quv yurtlarida mutaxassislik dasturi asosida o'rganiladigan o'quv predmeti ham pedagog deb yuritiladi. Pedagogika fan sifatida bola tarbiyasining nazariy asoslari bilan shug'ullangan Pedagogika tushunchasi Pedagogikada ta'lim va tarbiya jarayonlarining qaysi jihatlarini o'rganishdan kelib chiqadigan bir qancha soha va bo'limlar mavjud. O'qitishning maqsadi, vazifalari, tamoyillari, usullari bilan shug'ullanadigan sohasi didaktikadir. Shaxsning axloqiy sifatlarini tarkib toptirish, unda e'tiqod, dunyoqarash, axloq singari ma'naviy jihatlarni shakllantirish masalalarini pedagogikaningning tarbiya nazariyasi va amaliyoti tarmog'i o'z ichiga oladi. Pedagogika fani vazifasi Pedagogika fanining vazifalari. Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta'minlashga alohida hissa qo'shadi.Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat rivojlanish strategiyasi, uning hayotida yetakchi o'rin tutuvchi g'oyalar mohiyati muhim ahamiyatga ega Pedagogika metodologiyasi Pedagogika fani metodologiyasi - jamiyatning rivojlanishi sharoitida uzluksiz taraqqiy etib boruvchi pedagogik muhit holatini haqqoniy aks ettiruvchi, pedagogika nazariyasi hamda amaliyoti, ta'lim olish hamda unga yondashuv mezonlari haqidagi bilimlar tizimi. Asosiy kategoriyalari Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Bizga yaxshi ma'lumki, xar bir fan o'zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e'tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning mohiyatini ochibberuvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta'minlash, ta'lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta'lim (o'qitish, o'qish), bilim, ko'nikma, malaka, ma'lumot, rivojlanish. Shaxs va tarbiya SHaxs - psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo'lgan jamiyat a'zosi. Tarbiya - muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni xar tomonlama o'stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Bilim, ko'nikma, malaka Ta'lim -O'quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko'nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o'stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo'naltirilgan jarayon. Bilim - shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma'lum obrazlar ko'rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma'lumotlar majmui. Ko'nikma - shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati. Malaka -muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 268.74 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:50 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 268.74 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga