Pedagogika fani, uning maqsadi va vazifalari ilmiy -tadqiqot usullari R e j a: 1.Pedagogikaning predmeti,maqsad va vazifalari 2.Pedagogikaning asosiy tushunchalari. 3.Pedagogikaning fanlar bilan aloqasi va pedagogika fanlari tizimi. 4.Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot usullari. Uzbekistan Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlisning ikkinchi chakirik birinchi sessiyasida kilgan ma'ruzasida xur O'zbekistonda demokratik tuzumni barpo etish bilan birga, amalga oshirilayotgan ulkan o'zgarishlarning asosiy ishtirokchilari bo'lgan jamiyatimiz aozolarining maonaviyatini butunlay yangicha karor toptirish lozimligini taokidlagan edi. Kelajagi buyuk davlatni kurayotgan kishilarning tafakkuri, axloqi yangi iqtisodiy munosabatlarin tiklashga,moddiy neomatlar ishlab chiqarishga astoydil kirishib doimo yonib yashash xissi bilan sugorilgan bo'lishi lozim. Mana shunday ijobiy xislatlarga boy insonni tarbiyalash pedagogika o'quv yurtlarining, maktab, litsey, gimnaziya, kollej,institut va universitetlarning asosiy vazifasi hisoblanadi. Tarbiya jamiyat vazifasi bo'lib, u fakat ishlab chiqarish munosabatlarini taosirida emas, balki turli tarixiy davrlarda ilgari suriladigan g'oyalar taosirida aniq shaklga ega bo'ladi,shuning uchun xam ko'p jihatdan maorifatchi va pedagoglar faoliyatining natijasini ifodalaydi. Agar tarbiya alohida mustaqil vazifa sifatida kishilik jamiyati paydo bo'lishi bilan birga tarkib topgan bulsa, taolim nazariyasi fan sifatida birmuncha keyinrok shakllangan. Tarbiya jamiyat hayotida sezilirli rol uynaydi. Jamiyatda tarbiya jarayonida tuplangan tajribani umumlashtirish ehtiyoji tugilib, usib kelayotgan yosh avlodni hayotga durustrok va rejali asosda tayyorlash imkonini beradigan maxsus o'quv yurtlarini ochish zaruriyati paydo bo'lishi bilan birga,taolim nazariyasi xam fan sifatida rivojlana boshladi. Ibtidoiy jamoa davrida xam ijobiy tarbiya tajribasini ommalashtirishga urinish kurtaklari bo'lgan. Masalan, kattalar va yoshlar o'rtasidagi munosabatlar bilan,keyinrok turli odat va marosimlar bilan bog'liq o'zini tutishning baozi bir shakllari shakllana boshlagan. Tarbiyada nazariy umumlashtirishning ildizini falsafa kaxridan axtarmoq darkor. Falsafa kadim zamonlardan boshlab davr va hayot mazmuni, borliqning birligi, uning jamiyatdagi o'rni va roli,odamlarning hayotda belgilangan vazifasi nimalardan iborat,degan savolga javob izlash va tayyorlash bilan shugullangan. Kadimiy va o'rta sharq adabiyoti namoyondalari orasida nazariy-pedagogik tusga ega kator ilmiy qarashlar mavjud bo'lgan. Ular orasida Al-Forobiy,Alisher Navoiy va boshqalarning asarlarini misol keltirish mumkin. Pedagogika fanining predmeti bo'lgan ilmiy bilish asosida jamiyatning alohida funksiyasi-tarbiya mazmuni yotadi. «Pedagogika» atamasi kadimiy Yunonistondan kelib chikkan.Bu yerda kuldorlar bolalarini maktabga kuzatib kuyadigan,olib bordigan odamlarni «pedagog»deb atashgan.Keyinchalik bu atamaning maonosi bir muncha uzgardi. Maxsus tayyorgarlik kurgan va tarbiya bilan shugullanadigan shaxslar «pedagog» deb atala boshladi. ko'p vaqtlar pedagogika ilmiy fan sifatida fakat usib kelayotgan yosh avlodning tarbiyasini o'rganadi, deb karalgan.Ammo hayot amaliyoti tarbiyaning umumiy prinsiplari fakat bolalar tarbiyasiga emas, balki kattalar tarbiyasiga xam taallukli ekanligini kursatdi.Shuning uchun xam keyingi paytlarda pedagogikaning yosh avlodni va katta yoshdagi odamlarni tarbilash va o'qitish,ularga maolumot berish qonuniyatlarini o'rganuvchi fan deb belgilash odatga aylangan. Kishilik ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.35 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:50
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.35 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:50 ]
Arxiv ichida: doc