Pedagogika fanini o'qitishning metodologik asoslari

Pedagogika fanini o'qitishning metodologik asoslari

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogika fanini o'qitishning metodologik asoslari - rasmi

Material tavsifi

Pеdаgоgikа fаnini o'qitishning mеtоdоlоgik аsоslаri Rеjа: Pеdаgоgikа fаnlаrini o'qitishning mаqsаd vа vаzifаlаri. Mustаqillik shаrоitidа tа'lim sоhаsidаgi o'zgаrishlаr. Pеdаgоgikа fаnining ilmiy-tаdqiqоt mеtоdlаri vа bоshqа fаnlаr bilаn аlоqаsi. O'quvchilаrning yoshigа ko'rа o'qitish mеtоdlаri. XXI asr bo'sag'asida ijtimoiy iqtisodiy munosabatlar rivojida inson aql-zakovati va ma'naviyati asosiy muvofiqlashtiruvchi, rivojlantiruvchi omil va vosita ekanligi tobora namoyon bo'lmoqda. Shuning uchun insonparvarlik bozor iqtisodiyoti asosidagi huquqiy, demokratik davlat erkin fuqarolik jamiyati qurilishining bosh tamoyili sifatida qabul qilinmoqtsa. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi qonunida (1997 y.) ta'lim davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e'lon qilinishi Pedagogika fani zimmasiga juda katta mas'uliyatli ulug'vor vazifalarni yukladi. Juda boy ilmiy, ma'naviy, madaniy, diniy merosimizni qayta tiklaniish ularni zamon ruhi talabi bilan uyg'unlashtirib faqat shaxsiy, milliy manfaat kasb etilib qolmasdan umumjahon ma'naviy, ijgimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ulkan hissa bo'lib qo'shilmoqda. Chunki jahonda hali xorijiy davlatchilik bozor iqtisodiyotiga o'tish tajribalarida ma'naviyat ijtimoiy-iqgisodiy taraqqiyot bilan uyg'un holda rivojlantirilmayapti. Prezidentimiz mа'nаviyatni аql, аxlоq, оngli аmаliy fаоliyatdа shаkllаiib rivоjlаnishi hаqidа gаpirib: Ma'naviyat - taqdirning ehsoni emas. Ma'naviyat inson qalbida kamol topishi uchun u qalban va vijdonan aql va qo'l bilan mehnat qilishi kerak, degan edilar. Ma'naviyat insonda shakllanishi lozim bo'lgan aqliy, axloqiy, intellektual, amaliy, jismoniy sifatlar majmuasi bo'lishi bilan bir qatorda olamning ruhiy energetik, botiniy quvvati bilan ham uyg'undir. Buni Prezidentimiz o'zlarining Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch nomli asarlarida quyidagicha juda yaqqol asoslab berdilar: Ma'naviyat haqida gap ketar ekan, men avvalo insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da'vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon-irodasi, e'tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg'otadigan kudratli botiniy kuchni tasavvur kilaman. Xuddi ana shu yangi, keng qamrovli, chuqur ilmiy g'oya, yangicha fikr, ta'lim-tarbiyani yangicha metodologik asosini boshlab beruvchi yunalinshdir. Har bir mustaqil fan o'zining predmeti (mavzusi) va metodologik asoslariga egadir. Jumladan, Pedagogika ham fan sifatida shakllanib, o'zining predmetiga ega buldi. Boshqa fanlar kabi Pedagogika ham fan sifatida paydo bo'lar ekan, u avvalo jamiyatning talab va ehtiyojlari asosida paydo bo'ldi. SHu sababli tarbiya jarayonini ijtimoiy hayotning ajralmas qismi, deb karash lozim, chunki tarbiyaviy ishlarni olib bormasdan turib jamiyatni, uning rivojlanishini tasavvur qilish qiyin. Mutafakkir A.Avloniy ta'kidlaganidek, Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir. Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, hamma davrlarda pedagogik faoliyag ham mavjud bo'lgan. Insonni dunyoga kelishi, faqat tug'ilishidan iborat tabiiy-biologik hodisa emas, balki tug'ilgandan keyin o'z zamonasining taraqkiyoti darajasiga ko'tarilishi, mavjud ijtimoiy-tarixiy tajribani egallashi, jamiyatda o'z o'rnini belgilab olishi, tarixiy jarayonning faol ishtirokchisiga aylanishi, ya'ni tarbiya olishi kerak. Bu jarayonda katta avlod o'zining yashash, kurash va mehnat tajribasini, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.01 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:50 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.01 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga