Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari va ularning tavsifi Reja: Pedagogika fan sifatida Ijtimoiy tarbiya va uning bosqichlari Pedagogika fanining vazifalari Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi Pedagogika fanlari tizimi Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari Pedagogika (yunoncha paidagogike bo'lib, paidagogos «bola» va «etaklayman») ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta'lim berishning mohiyati va muammolarini o'rganadigan fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni milliy istiqlol g'oyalari asosida tarbiyalash, unga ta'lim berish muammolarini o'rganadi. Didaktika ((ta'lim nazariyasi, yunoncha didaktikos «o'rgatuvchi», didasko «o'rganuvchi») ta'limning nazariy jihatlari, ta'lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o'qituvchi va o'qituvchi faoliyatlari, ta'limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta'lim jarayonini takomillashtirish yo'llari va hokazo muammolarni tadqiq etadi. Tarbiya nazariyasi - pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo'lib, tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish muammolarini o'rganadi. Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o'stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayonidir. Ijtimoiy tarbiya va uning bosqichlari Ibtidoiy jamoa tuzumida odamlarning guruh-guruh bo'lib hayot kechirishi sababli bolalarga tirikchilik o'tkazish yo'lidagi faoliyat (o'simlik mevalari, ildizlarini terish, hayvonlarni ovlash)ni tashkil etish borasidagi tajribalarni o'rgatish guruh a'zolari tomonidan birdek amalga oshirilgan. Bilimlar, aksariyat hollarda, mehnat va o'yin jarayonlarida o'zlashtirilgan. Mehnat faoliyatini tashkil etish jinsiy xarakterga ega bo'lganligi bois o'g'il va qiz bolalarni tarbiyalashda o'ziga xos jihatlar ko'zga tashlangan. Quldorlik tuzumi o'rnida shakllangan feodal tuzumda pedagogik g'oyalar feodallar manfaatini ifoda eta boshladi. Mazkur davr pedagogik jarayonni tashkil etishda diniy g'oyalar yetakchi o'rin egallashi bilan tavsiflanadi. Ijtimoiy hayotda diniy muassasalar (G'arbda cherkov, Sharqda esa machitlar)ning roli osha borib, bolalarni o'qitish va tarbiyalash ishlari asosan shu maskanlarda tashkil etildi. Garchi dunyoviy g'oyalarni ilgari surish, ilmiy nazariyalarni yaratish va targ'ib etishning din peshvolari tomonidan qoralanishi kabi holatlar ham ko'zga tashlangan bo'lsa-da, ammo savdo-iqtisodiy aloqalar ko'lamining kengayishi, tabiiy ofatlarga harshi keskin chora ko'rish ehtiyoji ilmiy bilimlarning rivojlantirish hayotiy zaruriyat ekanligini isbotladi. Insoniyat tarixidan mustahkam o'rin olgan Sharq Uyg'onishi deb nom olgan tarixiy jarayon aynan feodal tuzumi - o'rta asrlar davrida sodir bo'ldi. Sharqda buyuk allomalar - Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayqon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad al-Farg'oniy, G'arbda esa T.Mor, T.Kampanella, E.Rotterdamskiy, F.Rable, M.Monten va boshqalar tomonidan har tomonlama rivojlangan, ruhiy va jismoniy jihatdan sog'lom, antik dunyo va burjaziya davri yutuqlari asosida ilmiy bilimlarni o'zlashtira olgan shaxsni tarbiyalash g'oyasi ilgari surildi va puxta asoslab berildi. Sobiq Sho'ro davrida pedagogika fani mazmunan ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
131.94 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:50
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
131.94 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:50 ]
Arxiv ichida: pptx