Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot usullari

Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot usullari

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot usullari - rasmi

Material tavsifi

Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot usullari R e j a : 1. Bolalar ijodini o'rganish usuli. 2. Maktab hujjatlarini tahlil qilish usuli. 3. Bolalarning yosh davrlari. 4. Statistika ma'lumotlarini tahlil qilish usuli. 5. Matematika va kibernetika usullari. 1. Pedagogik tadqiqot usullari ichida bolalar ijodini tabiiy holatda o'rganish va ilmiy xulosalar chiqarish usuli mavjud. Bunda maktab o'qituvchilarining o'ziga xos individual tartibdagi faoliyatlariga doir omillar tahlil qilinadi, muayyan xulosalarga kelinadi. Maqsad mustaqil O'zbekistonimiz yoshlarining tipik obrazlari va ularda ijobiy xislatlarni shakllantirishdir. Shu sababli yoshlarning turli yozma daftarlari, tutgan kundaliklari, yozgan xatlari, sher va hikoyalari, hayotiy rejalari, insholari, turli yozma hisobotlari ular ma'naviyatini o'rganish uchun manba bo'lib xizmat qiladi. Oqibatda, maktab o'quvchilari orasidan etishib chiqayotgan qobiliyatli, talantli yoshlarni ertaroq aniqlash, ularning istedodlarini namoyon bo'lishi uchun reja va sharoitlar yaratish imkoni paydo bo'ladi. Bolalar ijodini o'rganish manbai ko'p bo'lib, ular quyidagicha nomlanadi: fan olimpiadalari, mavzular bo'yicha konkurslar, maktablar bo'yicha ko'rgazmalar, musobaqalar, sayohatlar va hokazo. 2. Respublikamiz rahbariyatining xalq ta'limi yuzasidan qabul qilingai qaror va yo'l-yo'riqlari asosida maktabda bajarilgan va bajarilayotgan ta'lim-tarbiya ishlarini yuritilgan hujjatlar orqali aniqlash usuli ham mavjuddir. Maktab hujjatlarini tekshirish orqali o'qituvchilar va o'quvchilar jamoasi, ularning pedagogik faoliyati haqida aniq ma'lumotlar olindi. Umuman, maktab hujjatlari deyilganda, o'qituvchi va o'quvchilarning soni, o'quvchilarning shaxsiy hujjatlari, sinf jurnallari, kundalik daftarlari, buyruq daftarlari, pedagoglar kengashining qarorlari daftari, maktabning rejadagi pul hisobi va uning sarflanishiga doir hujjatlar, turli inventarlar daftari va boshqalar tushuniladi. Maktab hujjatlarini tahlil qilishda o'quvchilarning umumiy miqdori, uning o'sishi yoki kamayish sabablari tavsifi, o'quvchilarning fanlar bo'yicha o'zlashtirish darajasiga, sinfda qolishning oldini olish, rag'batlantirish va jazolash choralari turlariga, maktabning moddiy bazasiga etibor beriladi. Bu tadbir-hisobotlarni ko'zdan kechirish, to'g'ri yoki noto'g'riligini aniqlash, o'quvchilar faolliklarining o'sishi bilan taqqoslash, ilg'or pedagogik tajribalarning umumlashtirilishi, joriy etilishini va nihoyat, o'qituvchi-tarbiyachilarning ilmiy-pedagogik faoliyatlarini tekshirish, tegishli chora-tadbirlar belgilash maqsadida o'tkaziladi. 3. Bolalarni to'g'ri tarbiyalash, samarali o'qitish uchun bola rivojlanishiga doir o'zgarishlarni, yosh davrlariga xos xususiyatlarni bilish va hisobga olish lozim. Chunki ularning o'sishi, rivojlanishi, ruhiy jihatdan taraqqiy etishi turli yosh davrlarda turlicha bo'ladi. O'qituvchi, tarbiyachi bolani har tomonlama bilishi lozim. Bolaning yoshi, individual xususiyatlarini doimo o'sishda, rivojlanishda, o'zgarishda bo'ladi deb qarab fikr yuritish lozim. Tibbiyot, bolalar anotomiyasi, fiziologiyasi, psixologiyasi, pedagogika fanlari tavsiyalariga ko'ra bolalarning yosh davrlarini quyidagicha guruhlarga bo'lish qabul qilingan. 1. Go'daklik davri - tug'ilgandan to 1 yoshgacha bo'lgan davr. 2. Yasli davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha. 3. Maktabgacha tarbiya yoshi - 3 yoshdan 6-7 yoshgacha. 4. Maktab yoshidagi kichik o'quvchilar - 6-7 yoshdan 11-12 yoshgacha. 5. O'rta maktab yoshidagi o'quvchilar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.31 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:50 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.31 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga