Mavzu: Pedagogika fanining mazmuni va ilmiy tadqiqot metodlar Pedagogikaning fan sifatida shakllanishi iqtisodiy-ijtimoiy hayotning talabi ekanligi. Pedagogika fanining vazifalaridan kelib chiqqan holda unga quyidagi ta'rifni berish mumkin: Pedagogika - ta'lim - tarbiyaga oid bilimlarni mushtarak holda jamlab, ularni saralab sinovdan o'tkazuvchi va bir tartibga keltiruvchi, ularni boshqalarga o'rgatuvchi fandir. Pedagogika fanining asosiy vazifasi butun dunyodagi ma'rifat sohasiga tegishli bilimlarni to'plab, ularni didaktika ko'rigidan o'tkazish. Didaktika ko'rigidan o'tkazish deganda, pedagogikaga tegishli maqola, risola va yirik asarlar mazmuni va mohiyatini didaktika tamoyilidagi talablarga solishtirib ko'rish tushuniladi. Pedagogika fanining predmeti. Pedagogika - tarbiya haqidagi fan. Pedagogikaning asosiy tushunchalari - tarbiya, o'qitish, rivojlantirish, ma'lumot va ularning o'zaro aloqasi. Pedagogika (paydagogos - grekcha «bola» va «etaklash» manosini bildiradi) insonni shakllantirishda muayyan tizim, faoliyat hamda ta'lim - tarbiyaning mazmuni, shaxsi va metodlari haqida bahs yuritadi. Pedagogikaning an'anaviy tushunchasi - o'sib kelayotgan avlodni tarbiyalash va o'qitish. Pedagogika fanining predmeti - o'qitishning, ta'lim - tarbiyaning zamonaviy qonuniyatlari, mazmuni, usullari, vositalari bilan insonlarni, yoshlarni, mutaxassislarni qurollantiruvchi fan. Pedagogika fanida tarbiya asosiy kategoriya hisoblanib, u jamiyat va oilada har tomonlama rivojlangan insonni shakllantirishdagi muayyan faoliyatni ifodalaydi. Tarbiyaning ilk shakllari ibtidoiy jamiyat davridayoq paydo bo'lgan. Pedagogika- tarbiya haqidagi fan. Pedagogikaning fan sifatida shakllanishi yosh avlodni hayotga tayyorlash, ular tarbiyasini samarali amalga oshirish ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Bu ehtiyoj tarbiya borasida orttirilgan tajribalar to'plangandan keyin ularni umumlashtirish, yoshlar tarbiyasi haqida qonun - qoidalarni ishlab chiqarish zaruratini taqozo etadi. Tarbiyaning ijtimoiy hodisa ekanligi. Tarbiya kishilik jamiyati ibtidosida paydo bo'lgan va bashariyat manfaatlari uchun xizmat qilib kelgan. Tarbiya avlodlar o'rtasidagi aloqani ta'minlaydi Asosiy pedagogik tushunchalar tarbiya, ta'lim, ma'lumot, o'quv jarayoni. ta'lim - tarbiya: o'qituvchi rahbarligida o'quvchilarni tarbiya vazifalariga muvofiq bilim, ko'nikma va malakalar bilan qurollantirish uchun muayyan maqsad asosida yo'lga qo'yilgan, rejali ravishda oshiriladigan ish jarayonidir. ta'lim maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida o'tkaziladigan, o'quvchilarni bilim, ko'nikma va malakalar bilan qurollantiradigan va shuning bilan birga, ularning bilish qobiliyatlarini tarkib toptiradigan jarayondir. Tarbiya - bola tug'ilgan vaqtidan boshlanib, maktabni bitirgandan keyin ham davom etadigan abadiy jarayondir. Tarbiya deganda olingan bilimlar, hayotiy tajribalar asosida kishida dunyoqarashning va xulqning tarkib topishi tushuniladi. ma'lumot ta'lim-tarbiya natijasida olingan va sistemalashtirilgan bilim, hosil qilingan ko'nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarashlar majmui tushuniladi Pedagogik tadqiqot metodlari. Pedagogika ilmining ilmiy tadqiqot usullari deganda yosh avlodni tarbiyalash bilimli qilish va o'qitishning real jarayonlarga xos bo'lgan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, bilish yo'llari, uslublari va vositalari majmui tushuniladi. Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot usullari qanchalik to'g'ri tanlansa, ta'lim - tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada rivojlanadi. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
96.99 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:50
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
96.99 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:50 ]
Arxiv ichida: ppt