Pedagogika fanining predmeti mazmun mohiyati va uning vazifalari Pedagogika predmeti. Pedagogika (yunoncha paidagogike bo'lib, paidagogos «bola» va «etaklayman») ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta'lim berishning mohiyati va muammolarini o'rganadigan fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni milliy istiqlol g'oyalari asosida tarbiyalash, unga ta'lim berish muammolarini o'rganadi. Ta'lim o'z mohiyatiga ko'ra umumiy va maxsus kabi turlarga ajratiladi. Umumiy ta'lim har bir shaxsning kamol topishi hamda u tomonidan hayotiy faoliyatni tashkil eta olishi uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni berishga yo'naltiriladi. Umumiy ta'lim asosida o'zlashtirilgan ma'lumotlar kelgusida shaxsning kasbiy tayyorgarligini ta'minlashga imkon beruvchi maxsus ta'lim olishi uchun asos bo'ladi. Maxsus ta'lim - o'zida mutaxassislik xususiyatlarini namoyon qilib, shaxsga muayyan kasbiy faoliyatni tashkil etish borasida nazariy bilimlarni berish asosida amaliy ko'nikma hamda malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Pedagogika fanining vazifalari. Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta'minlashga alohida hissa qo'shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat qurilishi, uning hayotida etakchi o'rin tutuvchi g'oyalar mohiyatini muhim ahamiyatga ega. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Bizga yaxshi ma'lumki, har bir fan o'zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e'tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta'minlash, ta'lim va tarbiya samaradorligiga erishishga haratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta'lim (o'qitish, o'qish), bilim, ko'nikma, malaka, ma'lumot, rivojlanish. Shaxs - psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo'lgan jamiyat a'zosi. Tarbiya - muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o'stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Ta'lim o'quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko'nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o'stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo'naltirilgan jarayon. Bilim shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma'lum obrazlar ko'rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma'lumotlar majmui. Ko'nikma shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati. Malaka -muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli. Ma'lumot - ta'lim-tarbiya natijasida o'zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko'nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui. Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o'sishida namoyon bo'ladigan miqdor va sifat o'zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon. Pedagogika fanlari tizimi. 1. Umumiy pedagogika - maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim berish masalalarini o'rganadi. 2. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi - ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
794.03 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:50
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
794.03 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:50 ]
Arxiv ichida: pptx