Pedagogika fanining predmeti va ilmiy tadqiqot metodlari

Pedagogika fanining predmeti va ilmiy tadqiqot metodlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogika fanining predmeti va ilmiy tadqiqot metodlari - rasmi

Material tavsifi

Pedagogika fanining predmeti va ilmiy tadqiqot metodlari RYeJA: Pedagogika fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Pedagogikaning asosiy kategoriyalari. Pedagogika fanlar tizimi va uning boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Pedagogika fanining ilmiy - tadqiqot metodlari. Milliy g'oya va milliy mafkurani shakllantirishda pedagogika fanining tutgan o'rni. 1. XXI - asr aql zakovat, ma'naviyat, ma'rifat uzluksiz rivojlanib boruvchi asr desak adashmagan bo'lamiz. Bunda insonparvarlik, komillik iqtisodiy, siyosiy taraqqiyotning huquqiy, axloqiy estetik tamoyili sifatida erkin, demokratik fuqarolik jamiyatini ko'rishning bosh mezoni bo'lib koladi. Shunday jamiyat kishilarini, asosan yosh avlodda komillik, insonparvarlik his-tuyg'ularini shakllantirishi, hayotiy zaruriyatga aylanishi qonuniyat bo'lib koladi. Shunga asosan tarbiya to'grisidagi fan ijtimoiy siyosiy fanlar tizimida eng muhim fanlardan biriga aylanadi. Shu nuqtai nazardan yondashilganda pedagogika fani keng kamrovli, yangicha axloqiy estetik g'oya, tushuncha, fikr, ta'lim tarbiyaning yangicha metodologik asosini boshlab beruvchi fan sifatida maydonga keladi. Zero, pedagogika fani tarbiyashunoslik to'grisidagi fandir. Darxakikat, kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyoti davrida pedagogika fanning alohida o'rni, funksiyasi, ilmiy bilish sohasi bo'lgan va shunday bo'lib koladi. Chunki, pedagogika tarbiya to'grisidagi fandir. Tarbiya esa yosh avlodga ijtimoiy siyosiy tajribasini zarur bilimlar va amaliy ko'nikmalar ko'rinishida berish vositasini o'tagan, ularni mehnatga va hayotga tayyorlash omili bo'lgan. Shuning uchun xam yosh avlodni tarbiyalash pedagogika fanining predmeti bo'lib hisoblanadi. Tarbiya ijtimoiy hayotning tarixiga nazar tashlar ekanmiz, xamma davrlarda tarbiya jamiyat, ishlab chikaruvchi kuchlarini, mehnat jarayonlarini, insonni o'zini, uning ma'naviy va jismoniy imkoniyatlarini rivojlantiruvchi kuch bo'lgan. Shuning uchun jadid tarbiyashunosligining namoyondalaridan biri Abdullo Avloniy «tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot yo xaloqat, yo saodat, yo faloqat masalasidir», deb bejiz aytmagan. Shunday qilib, pedagogikaning predmeti (o'rganish sohasi, mavzusi) barkamol avlodni tarbiyalash, uni hayotga, mehnatga, ijtimoiy foydali faoliyatga tayyorlashdan iboratdir. Tarbiya xamma vaqt xam jamiyat uchun, ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyot uchun juda muhim vazifasini bajargan. Zero, u avvalo xar bir insonning o'ziga qaratilgandir. Ammo tarbiya xar bir taraqqiyot bosqichi uchun o'z maqsadi, vazifalari, mazmuni, shakl, metod va vositalari bo'yicha o'zgarib boradi. Bu o'zgarishlar ijtimoiy munosabatlarning shaxs munosabatlari bilan chambarchas boglanib borishi bilan bog'liqdir. Mamlakatda qanday ishlab chiqarish qurollarining xukmronlik qilishiga karab, ushbu jamiyat uchun mazkur ishlab chiqarish qurollari, vositalarini amalga oshiruvchi tayyorgarlikka ega bo'lgan kishilar talab etiladi. Bunday kishilarni tayyorlash uchun xar bir ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyot davrida tarbiya o'z tizimiga ega bo'ladi. Bu tizim mazkur jamiyat va davr talablarini hisobga olishga qaratilgan. Natijada tabiatdagi, jamiyatdagi muammolar insoniyatni ma'naviy axloqiy, ruhiy aqliy rivojlanishga yo'naltirib, unga o'zining yangi xazinalarini ochib beraveradi. Tarbiya xamma vaqt yosh avlodning barkamol ruhiy dunyosi, ma'naviy axloqiy yetukligi, jismoniy sog'lomligi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.72 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:50 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.72 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga