Pedagogika fanining predmeti, maqsad va vazifalari

Pedagogika fanining predmeti, maqsad va vazifalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogika fanining predmeti, maqsad va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Pedagogika fanining predmeti, maqsad va vazifalari Reja: Jamiyat va olam rivojida pedagogikaning mohiyati. Jamiyat va olamning garmonik muvozanatida inson omili. Pedagogikaning obyekti va predmetining takomillashganligi. Pedagogikaning maqsad, vazifalari va asosiy tushunchalari (kategoriyalari). Milliy g'oya va milliy mafkurani shakllantirishda pedagogikaning tutgan o'rni. XXI asr bo'sag'asida ijtimoiy iqtisodiy munosabatlar rivojida inson aql-zakovati va ma'naviyati asosiy muvofiqlashtiruvchi, rivojlantiruvchi omil va vosita ekanligi tobora namoyon bo'lmoqda. Shuning uchun insonparvarlik bozor iqtisodiyoti asosidagi huquqiy, demokratik davlat erkin fuqarolik jamiyati qurilishining bosh tamoyili sifatida qabul qilinmoqda. O'zbekiston Respublikasining «ta'lim to'g'risida»gi qonunida (1997 y.) ta'lim davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb elon qilinishi Pedagogika fani zimmasiga juda katta mas'uliyatli ulug'vor vazifalarni yukladi. Juda boy ilmiy, ma'naviy, madaniy, diniy merosimizni qayta tiklanishi ularni zamon ruhi talabi bilan uyg'unlashtirib faqat shaxsiy, milliy manfaat kasb etilib qolmasdan umumjahon ma'naviy, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ulkan hissa bo'lib qo'shilmoqda. Chunki jahonda hali xorijiy davlatchilik bozor iqtisodiyotiga o'tish tajribalarida ma'naviyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bilan uyg'un holda rivojlantirilmayapti. Prezidentimiz ma'naviyatni aql, axloq, ongli amaliy faoliyatda shakllanib rivojlanishi haqida gapirib:ma'naviyat - taqdirning ehsoni emas. ma'naviyat inson qalbida kamol topishi uchun u qalban va vijdonan aql va qo'l bilan mehnat qilishi kerak, degan edilar. ma'naviyat insonda shakllanishi lozim bo'lgan aqliy, axloqiy, intellektual, amaliy, jismoniy sifatlar majmuasi bo'lishi bilan bir qatorda olamning ruhiy energetik, botiniy quvvati bilan ham uyg'undir. Buni Prezidentimiz o'zlarining O'zbekiston - XXI asrga intilmoqda nomli ma'ruzalarida quyidagicha juda yaqqol asoslab berdilar:ma'naviyat haqida gap ketar ekan, men avvalo insonni ruhiy poklanish va yuksalishga davat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon-irodasini, e'tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg'otadigan qudratli botiniy kuchni tasavvur qilaman. Xuddi ana shu yangi, keng qamrovli, chuqur ilmiy g'oya, yangicha fikr, ta'lim-tarbiyani yangicha metodologik asosini boshlab beruvchi yo'nalishdir. Har bir mustaqil fan o'zining predmeti (mavzusi) va metodologik asoslariga egadir. Jumladan, Pedagogika ham fan sifatida shakllanib, o'zining predmetiga ega bo'ldi. Boshqa fanlar kabi Pedagogika ham fan sifatida paydo bo'lar ekan, u avvalo jamiyatning talab va ehtiyojlari asosida paydo bo'ldi. Shu sababli tarbiya jarayonini ijtimoiy hayotning ajralmas qismi, deb qarash lozim, chunki tarbiyaviy ishlarni olib bormasdan turib jamiyatni, uning rivojlanishini tasavvur qilish qiyin. Mutafakkir A.Avloniy takidlaganidek, Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot: yo najot, yo haloqat: yo saodat, yo faloqat masalasidir. Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, hamma davrlarda pedagogik faoliyat ham mavjud bo'lgan. Insonni dunyoga kelishi, faqat tug'ilishidan iborat tabiiy-biologik hodisa emas, balki tug'ilgandan keyin o'z zamonasining taraqqiyoti darajasiga ko'tarilishi, mavjud ijtimoiy-tarixiy tajribani egallashi, jamiyatda o'z o'rnini belgilab olishi, tarixiy jarayonining faol ishtirokchisiga aylanishi, yani tarbiya olishi kerak. Bu ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.46 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:50 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.46 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga