Pedagogika fanining rivojlanish tarixi Pedagogika tarixi qadim zamonlardan tortib, to hozirgi kungacha bo'lgan turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogika nazariyalarining taraqqiyotini davrlar talabi asosida o'rganib keldi. Har bir ijtimoiy tuzum, uning kelajagi, insoniyat istiqboli, kishilarning hayot va turmush darajasi fan va madaniyat taraqqiyoti bilan bevosita bog'liqlir. Axloqan pok va yetuk insonlarni tarbiyalash masalasini muvafaqiyatli hal etishda xalqimizning tarixiy an'analari, ma'naviy boyliklari, ajdodlarimizning bizga qoldirgan ilmiy me'roslari va tarixiy - tarbiyaviy tajribalarini o'rganib chiqish, ularning yutuqlarini hayotga, ta'lim - tarbiya ishlariga tadbiq etishning ahamiyati kattadir. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti A.I.Karimovning qo'yidagi so'zlari alohida e'tiborga loyiqdir. «Naslu nasabini bilmagan kishi inson sanalmaydi. Necha yillar bizni tariximizdan, dinimizdan, ma'naviy merosimizdan g'ofil etishga urindilar. Ammo biz hurriyatni orzu etishdan, hurriyat uchun ko'rishishdan charchamadik. Maslagimizni naslu nasabamizni doimo yodda saqladik. Ulug' bobokalonlarimiz ruhiga, bashariyat tarixi va madaniyati xazinasiga katta xissa qo'shgan ulug' ajdodlarimizga, ular qoldirgan ulkan merosga munosib bo'lish istagi jamiyatimiz a'zolari orasida keng yoyilishi, har bir fuqaroning ongidan mustahkam joy olishi - bu ham yangi zamonning muhim xususiyatidir». 1991 yilga kelib O'zbekiston xalqi mustaqillikka erishgach, o'zining yangi milliy Qomusi asosida hamma sohada bo'lganidek, o'zbek milliy fani va madaniyati, «Pedagogika tarixi»ga ham yangicha yondoshish imkoniyati tug'ildi. O'tmishda progressiv pedagoglar va atoqli mutafakkirlar pedagogikaga doir muhim fikrlarni aytib qoldirganlar, bularni o'rganish pedagogika tafakkurining o'sishiga, pedagoglik madaniyatining ortishiga imkon beradi. Pedagogika tarixi jamiyat taraqqiyoti qonunlariga suyangan holda turli pedagogik nazariyalarni, ta'lim-tarbiyaning mazmuni va metodlarini o'rgatadi. O'tmishning pedagogik sistemalarida bo'lgan ilg'or va progressiv fikrlarning hammasidan ijodiy foydalanadi. Pedagogika tarixan ijtimoiy fandir. U tarixiy pedagogika hodisalariga davr talabi asosida yondoshadi, tarbiya nazariyasi va amaliyotini turli bosqichlarda xilma-xil bo'lganligini ochib beradi, ilg'or qarashlarning taraqqiyot yo'lini ko'rsatib beradi. Pedagogika tarixi fani quyidagi fanlar bilan uzviy aloqadadir: 1.pedagogika 2.psixologiya 3.madaniyat tarixi 4.O'zbekiston tarixi 5.jahon xalqlari tarixi 6.falsafa 7.etnografiya 8.arxeologiya 9.axloqshunoslik Biz pedagogika tarixi fanini o'rganish va tahlil qilishda : 1.qadimgi yozuvlar, 2.bitiklar, 3.qo'lyozma yodgorliklari, 4.sharq mutafakkirlarining ilmiy - ma'naviy me'rosi, xalq og'zaki ijodi, 5. muqaddas kitoblar, 6. pandnomalar, 7.dasturlar, 8.o'quv qullanmalari va darsliklar, 9.xalq maorifi masalalariga oid materiallar, matbuot materiallari, 10. prezident Islom Karimovning ta'lim-tarbiyaga, oir asarlariga asoslanamiz. Eramizdan oldingi ming yillik o'rtalarida oromiy, Aleksandr Makedonskiy istilosidan so'ng esa yunon, shuningdek, forsiy mixxat yozuvlari ham ma'lum vaqtlarda qo'llanilib kelgan. Eramizdan oldingi birinchi ming yillik o'rtalariga kelib, oromiy yozuvi negizida Avesto, Xorazm, So'g'd, Kushon, Run (Urxun-Enisey), uyg'ur va boshqa yozuvlar paydo bo'ladi va ta'lim-tarbiyaning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
151.76 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:50
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
151.76 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:50 ]
Arxiv ichida: pptx